Arpaning kelib chiqishi, tarqalishi




Download 1,15 Mb.
bet9/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

Arpaning kelib chiqishi, tarqalishi. Arpa bug‘doy kabi qadimgi eramizdan 10 ming yillardan oldin Yaqinsharqda madaniylashtirilgan.
Yovvoyi arpa Krit orollari va Shimoliy Afrikaning g‘arbidan boshlab sharqdagi Tibet tog‘larigacha tarqalgan. Falastinda arpa oziq-ovqat uchun eramizdan 17 ming yillar oldin ishlatilgan.
Madaniy arpaning qadimgi namunalari Siriyada topilgan. Shuningdek yegipet fir’avnlarning qabrlarida va qadimgi qurilmalarda ham topilgan.
Yevropaga Kichik Osiyodan eramizdan 6-7 ming oldin tarqalgan.Koreyaning yarimorollarida eramizdan 850-1500 yillar oldin paydo bo‘lgan. Arpa Amerikada yangi ekin bo‘lib, Yevropadan XVI—XVIII asrlarda
keltirilgan. Rossiyaga Osiyodan Sibir yoki Kavkaz orqali keltirilgan. Tibetda arpa uni eramizdan oldingi 5 asrda iste’molga kiritilgan.
Qadimgi Rimda gladiatorlarni gordeariyalar deb atashgan. (lat. hordearii) —
«arpa bilan oziqlanuvchilar», yoki «arpa erkaklar» ma’nosini beradi, chunki arpa gladiatorlarning muskulini tez rivojlantiradigan har kunlik asosiy yeguligi bo‘lgan.Yevropada o‘rta asrlarda arpa va javdar noni kambag‘al va dehqonlarning ovqati bo‘lgan, chunki bug‘doy nonini faqat yuqori martabali oqsuyaklar iste’mol
qilishgan. Faqatgina 19 asrga kelib kartoshka sekin-astalik bilan arpa o‘rnini egallagan.
1954 yilgi arxeologik tekshirish natijalariga ko‘ra, janubiy Turkmanistonning Joytun viloyatida topilgan arpa donining neolit davrida, ya’ni miloddan 5000 yil avval ekilganligi isbotlangan.Arpa ekini maydoni jaxon buyicha 80 mln.gektar atrofida bo‘lib, bug‘doy, sholi, makkajo‘xoridan so‘ng 4chi o‘rinni, O‘zbekistonda esa donli o‘simliklar orasida bug‘doydan keyin 2chi o‘rinni egallaydi.
Arpa doni ishlab chiqarish 2013-14 yillarda 144 mln.971 ming tonna bo‘lgan. Asosan Kanada, AQSh, Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya, Polsha, Ukraina,
Rossiya, Ispaniya, Avstraliya, Turkiya davlati ishlab chiqaradi.O‘rtacha hosili 1,9-2,3 t/ga, rivojlangan mamalakatlarda — 2,1-2,6 t/ga.
Arpa respublikamizning suvli va lalmikor yerlarida 20 ming/ga maydonga yetishtiriladi.Lalmida 4-7 ts/ga, suvlida 35-40 ts/ga (65-70 ts/ga) hosil beradi.



Download 1,15 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Arpaning kelib chiqishi, tarqalishi

Download 1,15 Mb.