|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 27/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Yorug‘likka bo‘lgan munosabati. Sholining hosildorligining shakllanishida kuyoshli kunlarning ya’ni yoritilganlikning ko‘p bo‘lishi juda katta ahamiyatga ega. Sholi qisqa kun o‘simligi, juda ko‘p navlar 11-12 soat yorug‘likni talab qiladi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan sholining navlari 9-12 soatli yorug‘likda yaxshi rivojlanadi. Sholida boshqa donli ekinlarga qaraganda fotosintetik faoliyati juda yuqori, xlorofillning maksimal konsentratsiyasi vegetativ xolatiga o‘tishida sodir bo‘ladi.
Past fotosintetik faoliyat sholida gullash va mum pishish davrida sodir bo‘ladi. Eng yuqori fotosintez jadalligi tuplanish davri- donning to‘lishish davrida kuzatiladi. O‘simlikning har hil barglari uning turli hil organlarini uglerod bilan ta’minlaydi.
Tuproqka munosabati. Sholi tuproq sharoitiga talabchan emas, uni botkoq, o‘tloq, torfli, sho‘rxoq va sho‘rtob tuproqlarda yetishtirish mumkin. Daryo qirg‘oqlaridan olib kelingan yoki oqib kelgan, mexanik tarkibi og‘ir, tarkibida yetarli darajada organik moddasi bo‘lgan qumoq tuproqlar yaxshi hisoblanadi.
Sholining tuproq sho‘rlanishiga munosabati turlicha. Yosh o‘simliklar tuzning dastlabki miqdori, 2-3% bo‘lganda xaloq bo‘ladi, jumladan natriy xlorid 3% dan ko‘proq, natriy karbonati 0,1% dan ko‘proq bo‘lganda xaloq bo‘ladi. Tuproqning reaksiyasi rN 5,6-6,5-juda yaxshi hisoblanadi.(3aurov)
Sholi oziq moddalarning tuproqdagi miqdoriga talabchan. Agar azotning miqdori yetarli bo‘lmasa sholi yomon tuplanadi, ro‘vakning o‘lchamlari kichrayadi, va don hosil bo‘lishi past darajada bo‘ladi. Unib chiqishdan to ro‘vaklashgacha azotni ko‘p talab qiladi. Fosforning yetishmasligi almashinuvchi fiziologik jarayonlarning bo‘zilishiga olib keladi, barglari juda qisqa bo‘lib qoladi.
Butun oziqa unsurlarining ichida sholi o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda kaliy olib chiqib ketadi. Tuplanish davridan to gullash davrigacha sholi o‘simligi juda ko‘p miqdorda talab qiladi. Bir tonna donning shakllanishi uchun azot o‘rtacha 2024 kg talab qilinadi, fosfor 8-13 kg va kaliy 25-32 kg talab qilinadi. Bo‘lardan tashqari sholiga unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda oltingugurt, temir, rux, mis, kaliy,molibden, marganets unsurlari talab qilinadi.
Navlar:O‘zbekistonda rayonlashtirilgan ertapishar Gulzar, Jayxun,Nukus-2; o‘rtapishar -Avangard, Alanga, Tolmas; kechpishar –Intensivniy, Lazurniy, UzROS-7-13 lar ekilmoqda.
Kasallik va zararkunandalar: Sholi hosiliga kasallik va zarakunandalar ancha zarar keltiradi. Kasalliklardan: pirikulyarioz, fuzarioz, ildiz chirishi. Zararkunandalar: sholichivini, sohiloldi mushkasi, hasva, shira, shilimshiq.
|
| |