• Nazorat savollari
  • Mavzu: Sholi o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet23/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Hosilni yig‘ib olish. Silos uchun ekilgan ekilgan makkajo‘xori donining sut- mum pishish davrida o‘riladi. Bunda KSK-100, "Vixr" KS-1,8 rusumli kombaynlari ishlatiladi.

    Jorrjiyada makkajo‘xori yetishtirish mahsulotni ishlab chiqarishda cheklangan foyda xisobida ohirgi 10 yibl ichida ishlab chi qarish birojz susaydi. 1975 yilda kelib makkajo‘xori ekilgan maydon 1.64 million geklarni tashkibl qilgan 1980 yilga kelib taxminan makkajo‘xori tannarxining pasayib ketishi va qurhoqchilikni uzluksiz davom etishi hisobiga 50 % ga kamayib katdi. Xozirgi paytgacha 380 ming gektarni tashkil etmoqda. Biroq 2014-2015 yillardan boshlab yerr maydonining yana kamayishi kutilmoqda. Sababi agrotexnik xarajatlarini oshishi vamakkajo‘xori-ning tannarxa pasayishi.3


    Don uchun ekilgan makkajo‘xorining doni to‘la pishganda, so‘ta qobiqlari quriganda yig‘ishtirib olinadi. Bunda "Xersonets-200", "Xersonets-72" rusumli maxsus kombaynlar ishlatiladi. Bu kombaynlar bir yo‘la makkajo‘xorini o‘rish, poyasini maydalash, so‘talarni poyadan ajratib olish va ularni qobig‘ini archish ishlarini bajaradi. So‘talar esa xo‘jalikda oddiy molotilka yoki kombaynda yanchiladi.


    Nazorat savollari:


        1. Makkajo‘xori - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

        2. Makkajo‘xori biologiyasi va navlari

        3. Makkajo‘xori yetishtirish texnologiyasi






    3 A Guide to Corn Production in Georgia ( Develey 2015)
    1. Mavzu: Sholi o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi


    Reja:


    1. Sholining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Sholining biologiyasi va navlari

    3. Sholining yetishtirish texnologiyasi



    Sholining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi Ahamiyati. Bu qimmatbaxo yorma ekini dunyoda bug‘doy ekinidan keyingi
    ikkinchi ekin maydoni bo‘yicha va hosili bo‘yicha bug‘doydan yuqori o‘rinda turadi. Sholi dunyoning 115 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi xamda qariyb 3 mlrd. kishining asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Xar yili o‘rtacha 600 mln tonnagacha yalpi sholi maxsuloti yetishtirilib, dunyo buyicha xisoblanganida kishi boshiga taxminan 100 kg gacha miqdorni tashkil etadi.
    Sholi yetishtirishning yalpi maxsuloti buyicha jaxonda birinchi o‘rinda Xitoy (193,3 mln tonna yoki 31,8%), ikkinchi o‘rinda Xindiston (148,0 mln tonna yoki 22,4%), uchinchi o‘rinda Indoneziya (60,2 mln tonna yoki 8,5%) mamlakati turadi. Sholi guruchi Osiyo mamlakatlarida ko‘p ishlatiladi, aholining har biriga
    Yaponiyada 104 kg, Xitoyda-120, Pokistonda-98, Xindistonda-66, AKSh-2,5, Angliyada-1,1kg.dan to‘g‘ri kelar ekan. Bir kilogramm guruch tarkibida 4000 kaloriya bo‘lar ekan. Sholini oqlaganda o‘rtacha 48% guruch, 16% maydalangan don, 13% qoldiqlari, 3% un va 20% qipiq chiqadi. Sholini oqlab guruch olganda don ishqalanadi natijada guruchning sifati o‘zgaradi. Ishqalanish natijasida oqsil kamayadi: 8,44 dan 7,75% gacha, moy 1,82 dan 0,53% gacha, kul 1,29 dan 0,64
    %gacha, to‘qima 0,35 dan 0,18 % gacha.(Kozmina N.P.,1976).Guruchning o‘zlashtirilish koeffitsiyenti eng yukori — 96% ga, kaloriyaliligi 3594 ga, bug‘doyniki esa 3610 ga teng. Bir kilogramm guruch tarkibida 4000 kaloriya bo‘lar ekan.
    Guruch qaynatmasi davolash maqsadida ko‘p ishlatiladi tabobatda. Guruch bilan parxez yuqori qon bosimida foydalaniladi. Guruchning kraxmali to‘qimachilik sanoatida, parfyumer, meditsina sohasida ko‘p ishlatiladi. Sholi somonini yemxashak sifatida chorvachilikda ishlatiladi, 1 kg somonda 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi mavjud. Bundan tashqari sholi somoni kiyim kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qog‘oz va kompas tayyorlashda ishlatiladi. Sholi somonida 1% protein, 0,55 moy, 30% uglevod bor. Sholi somoni o‘g‘it sifatida ham ishlatiladi, chunki 1 t somonda 8 kg azot, 1 kg fosfor va 12 kg kaliy mavjud.
    Sholining maxsus turidan (glyutinozli sholidan) koreys xalqi non tayyorlaydi. Yaponiya xalqi «moti» noni va choy marosimi uchun uchun maxsus shirinlik tayyorlaydi. Guruchning kraxmali to‘qimachilik sanoatida, parfyumer, meditsina sohasida ko‘p ishlatiladi.
    Tarixi. Sholi eng qadimgi ekin hisoblanadi. Ekin qatoriga neolit zamonida kiritilgan. Olimlarning fikricha sholi ekini birinchi Hindistondan kelib chiqqan yoki
    Hindi-Xitoy va Xitoyda shu bilan birga Janubiy va Janubiy Sharkiy Osiyodan kelib chiqqan. Hindistonda sholining yovvoiy shakllari topilgan. Tarixiy arxeologik qazilmalardagi ma’lumotga qaraganda sholining vatani Hindistonning yarim oroli deyish mumkin, chunki bu yerda ko‘p miqdorda yovvoiy xolda o‘sib yotgan sholi ekini topilgan.
    Sholining kelib chiqish markazi Janubiy Osiyo hisoblanadi. Akademik N.I.Vavilov sholi Hindistondagi madaniy o‘simliklardan kelib chiqqanligi to‘g‘risida yozadi. Hindistonda sholining yovvoyi shakllari topilgan. Tarixiy arxeologik qazilmalardagi ma’lumotga qaraganda sholining vatani Hindistonning yarim oroli deyish mumkin, chunki bu yerda ko‘p miqdorda yovvoyi xolda o‘sib yotgan sholi ekini topilgan.Mashhur sholikor olim G.G.Gushchin ham, sholi kelib chiqqan dastlabki mamlakat markaziy Hindistondir, degan xulosaga keladi. NyuYork universiteti olimlari sholining kelib chiqishini aniqlashib, sholining vatani Hindiston emas, balki Xitoy ekanligini va sholi Xitoyda 9 ming yil oldin madaniylashtirilganlagini isbotlashgan.
    Akademik P-M.Jukovskiy oddiy sholining (Ogiza sativa ) vatani janubiy Sharqiy Osiyoning tropik mamlakatlaridir, deb tasdiqlaydi. Lekin boshqa madaniy turi — Oriza glaberrina mustaqil ravishda Afrika tropiklarida madaniylashgan, deb hisoblaydi. Afrikada bundan tashqari sholining yovvoyi turlarini (Oryza punctata) va (Oryza barthii) oziq-ovqatda ishlatishadi.
    Sholi yetishtirish to‘g‘ricidagi dastlabki ma’lumotlar eramizgacha bo‘lgan 7000 yillarga taalluqli qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida uchraydi. Kavkaz orti mamlakatlarida va Markaziy osiyoda bizning eramizgacha II—III asrlarda ma’lum bo‘lgan. Arxeologlarning yozishicha Janubiy Sharqiy Osiyoda 5000 yil oldin sholi ma’lum bo‘lgan. Yevropaga Aleksandr Makedonskiy Osiyoga yurish qilganida guruchni olib kelgan. Rossiyaga 300 yil oldin Vengriya va Ukrainadan kirib kelgan.
    1493 yil Kolumb Amerikaga sholi urug‘ini olib kelgan.
    Lingvistik ma’lumotlar to‘g‘ri sholining kelib chiqishi bo‘yicha ma’lum bir joyni ko‘rsatib berolmaydi. Xitoy tilida« oulizz», bu degani « ovqatga yaroqli don», ba’zi bir xalklar «rishi”, “richi”, “arishi” atagan. Shundan ovropa xalqlarida shu nom kelib chiqqan: riso-italyancha, rice – inglizcha, reis – nemischa, riz – fransuzcha. Har bir xalq o‘zicha, masalan, misrcha-arro‘z, eroncha-aro‘z, o‘zbekcha,tojikcha sholi deb ataydi.Hindixitoyda har hil nomlanadi.
    O‘rta Osiyoda sholining eskittan ekilib kelayotgan rayoni O‘zbekiston va Tojikiston hisoblanadi. Bu mintaqalarda bizning eramizdan oldin sug‘orma dehqonchilik mavjud bo‘lgan (KUl.Flora) . Bu paytda Farg‘ona vodiysida sholi ekilib kelingan. Rossiyaning janubida 1927 yilda Astraxan viloyatida ekilgan.(K.F.,Lim) Markaziy Osiyoda sholining tarqalishi qadimgi Panjob (Hindiston)dan tarqalgan. Qoraqolpog‘istonda sholi taxminan 2000 yildan beri ma’lum.
    Sholi – botqoqlik g‘allasi. U «oyog‘i» suvda turishini, «boshi» esa quyoshda toblanishini yoqtiradi. Unga ham issiq ham namlik kerak. Iyul oyida sholi dalasidan minglab litr suv bug‘lanadi. Buni ko‘rishning imkoni bo‘lganida sholi dalasi qaynab
    turgan samovarga o‘xshagan bo‘lardi. Sholi nafaqat oq rangda balki, qora, binafsha, qizil, sariq va boshqa ranglarda ham bo‘ladi. Ammo bunday guruchlar bizning region uchun xushmanzara hisoblanadi.
    Sholi bug‘doydan keyingi ko‘p tarqalgan ekin. FAO ning 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra, sholi 153,5 mln.gektarni, o‘rtacha don hosili 38,63 ts/ga ni, umumiy don hosili 592873 ming tonnani tashkil etadi.



      1. jadval Yer yuzida sholi ekish maydoni, hosildorligi va yalpi hosili. ( FAO ma’lumotlari, 2000 yil)

    Davlatlar,
    Mintaqalar

    Ekin maydo ni,
    ming.ga

    Hosildorlik,
    ts.ga

    Yetishtirilgan
    don, ming.t.

    Yer yuzida

    153458

    38,63

    592873

    Afrika, shu j.

    7707

    22,06

    17004

    Nigeriya

    2011

    15,94

    3277

    Madagaskar

    1100

    20,70




    Osiyo, shu j.

    137035

    39,37

    539497

    Xitoy

    30508

    62,41

    190389

    Hindiston

    44600

    30,27

    135000

    Indoneziya

    11523

    44,26

    51000

    O‘zbekiston

    65

    26,92

    175

    Tajikisoan

    16

    23,75

    38

    Shim.Amerika

    1993

    55,60

    11081

    AQSh

    1249

    69,63

    8693

    Jan..Amerika

    5712

    35,45

    20249

    Ovropa, shu j.

    411

    62,02

    2548

    Rossiya

    187

    26,74

    500

    Ispaniya

    114

    66,97

    761

    Avstraliya

    145

    96,55

    1400




    Download 1,15 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.