|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 22/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Ekinni parvarish qilish. Makkajo‘xorini parvarish qilish tuproq qatqalog‘iga qarshi kurash, qator oralarini ishlash, yaganalash, oziqlantirish, sug‘orish va urug‘lik maydonlarida qo‘shimcha changlashdan iborat.
Urug‘ unib chiqish davrida tuproq qatqalog‘ini va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida qatorlar qo‘ndalangiga qarab yengil baronalar bilan boronalanadi.O‘suv davrida makkajo‘xori 3 marta kultivatsiya qilinadi. O‘simlikda o‘rtacha 3-4 ta barg hosil bo‘lganda, birinchi kultivatsiya qilinadi, uyalar atrofidagi begona o‘tlar chopiq qilinib yo‘qotiladi. Birinchi kultivatsiyadan so‘ng 10-15 kun o‘tgach ikkinchi kultivatsiya qilinadi. Bundan 15-20 kun o‘tgach uchinchi marta kultivatsiya qilinadi O‘simliklarning bo‘yi 50-60 sm.ga yetganda kultivatsiya qilishni tamomlash lozim. qatorlarni uzunasiga kultivatsiya qilganda 14-15 sm. himoya zona qoldirish kerak. Birinchi kultivatsiyada qator oralari 6-8 sm. chuqurlikda, keyingi kultivatsiyalarda 10-12 sm. chuqurlikda ishlanishi kerak.
Makkajo‘xori qator oralari KRN-4,6; KRX -2,8 A rusumli kultivatorlarda ishlanadi. Keyingi yillarda beona o‘tlarga qarshi kurashda gerbitsidlardan keng foydalanmoqda. Buning uchun 2,4D gerbitsidi ishlatiladi. Gerbitsidlar urug‘ unib chiqmasdan oldin yoki o‘simliklarda o‘rtacha 3-5 ta barg hosil bo‘lganda ishlatiladi. Begona o‘tlarni yo‘qotishga hozirgi vaqtda ekishdan oldin agelon (4-6 kg.ga), atrazin (3-8 kg.ga, treflan (1-2 kg.ga), ishlatiladi. Maysalanish davrida 2,4 D amin tuzi 2 kg/ga, 2,4D butil efiri (0,4-1,2 l/ga ) qo‘llaniladi, bu gerbitsidlar yaxshi natija bermoqda. Makajo‘xori suvga talabchan ekin. Makkajo‘xori naviga, tuproq sharoitiga qarab 3 martadan 6 martagacha sug‘oriladi.1-2 suv o‘simlik to‘pgul
chiqarmasdan oldin beriladi. Birinchi suv maysa paydo bo‘lgandan so‘ng 20-25 kun o‘tgach va ikkinchi suv 20-25 kundan keyin beriladi. Bu sug‘orishlarda gektariga 700- 800m3 suv beriladi.To‘pgul chiqarish davrida va don yetilish davrida makkajo‘xorining suvga talabchanligi yana ham ortadi. Bu davrda tez- tez suv berib turish kerak. Har 12-15 kunda 80- 900 m3 miqdorda suv beriladi. Yer osti suvlari chuqur joylashgan
yerlarda bahorda ekilgan makkajo‘xori o‘suv davrida 5-6 marta yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda esa 3-4 marta sug‘oriladi. Har sug‘orishdan keyin qator oralari kultivatsiya qilinadi.
Don uchun ekilgan makkajo‘xori sun’iy ravishda qo‘shimcha changlatiladi. Makkajo‘xorini gullash davrida o‘simliklar ustida n arqon sudrab o‘tish va ularni silkitish bilan daladagi chang soni ko‘paytiriladi. Buning natijasida onalik (so‘taning) guliga chang ko‘p tushadi va u yaxshi otalanadi. Makkajo‘xorini sun’iy changlatish har gektaridan olinadigan don hosilini 2-3 ts.ga ortishiga olib keladi.
Makkajo‘xorini beda bilan dukkakli-don ekinlari bilan birga qo‘shib ekish ham mumkin. Makkajo‘xori va dukkakli-don ekinlari poyalaridan tayyorlangan silos
tarkibida hazm bo‘ladigan oqsil moddasi ko‘payadi va dukkakli ekinlar hisobiga azot moddasi to‘planadi.
Makkajo‘xorini takroriy ekin sifatida kuzgi ekinlardan bo‘shagan yerlarga alohida o‘rin tutadi. Bu holda kuzgi ekinlar tez muddatda yig‘ib olinadi, yer ekishga tayyorlaadi va urug‘ ekilgandan so‘ng sug‘oriladi. Umuman, makkajo‘xori tak roriy ekin sifatida ekilganda uning agrotexni kasi, bahorda ekilgandagi makkajo‘xori agrotexnika sidan kam farq qiladi. Faqat makkajo‘xorining ertapishar nav va duragaylari takroriy ekin sifatida ekilishi kerak.O‘zbekistonda hozirgi vaqtda "Perekop TV" va "O‘zbekiston-306 AMV" ertapishar duragaylari ekilmoqda. Bu duragaylar takroriy ekin sifatida ekilganda gektaridan 35-50 ts.gacha hosil beradi.
|
| |