|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 30/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Sholi zararkunandalari va kasalliklari. Sholida maysa zararkunandasi, sholini saqlashda tushadigan zararkunandalar, ildiz chirishi, fuzarioz, gelmintosporioz, pirikulyarioz kabi zararkunandalar va kasalliklar uchraydi.
Sholini ko‘chat usulida yetishtirish. Osiyo davlkatlarining asosiy qismida sholi yetishtirishda ko‘chat usuli muhim o‘rini egalaydi. Dunyo miqyosida ekiladigan sholi maydoning 85-90% ida shu usul qo‘llanildi.Sholi ko‘chat usulida yetishtirilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekkanga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega:
Sholi urug‘i ko‘chatxonalarda ekilishi munosobati bilan kech kuzga qolmasdan yig‘ishtirib olish imkonini yaratadi.
Ko‘chat usuli har bir yerdan unumli foydalanib, ikki marta (bug‘doy- sholi) g‘alla hosili olish imkoniyatini yaratadi.
Sholi urug‘ining 60-70% iqtisod qilinadi.
Sholining o‘suv davrining 30-35 kuni ko‘chatxonada o‘tishi munosoati bilan suv sarfi 20-25% ga qisqaradi.
Sholi hosildorligi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekkanga nisbatan 15-30% yuqori bo‘ladi.
Sholini ko‘chat usulida yeishtirishning asosiy kamchiligi qo‘l mehnatini ko‘p talab qilishidir.
Respublikamizda sholini bu usulda yetishtirish 1993-1995 yillarda ishlab chiqildi. A.A.Shokirov, G.N.Rahimov,U.X.Tilavov ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy ekin sifatida sholi ekiladigan maydonlar bo‘yicha quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilishi lozitm. Yerni 3 sm qilib tekislash kerak. Sholi ekishdan oldin yerga 40 kg/ga hisobida RK, go‘ngdan esa 40 t\ga hisobida solinadi va o‘g‘it tuproqning 5-7 sm yuza qatlamiga aralashtiriladi. So‘ngra sharoitiga qarab mexanizmlar yordamida yoki qo‘lda sholi ekiladi. Toshket, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Namangan, Far ona viloyatlarida "Avangard" navi,
+oraqalpog‘iston Respublikasida "Nukus" navi asosiy ekin sifatida ko‘chatxonalarga 1-10 mayda ekiladi. Asosiy maydonga 10-20 iyunda ko‘chat ko‘chirib ekiladi.
Takroriy ekin sifatida ko‘chatxonalarga 20-30 mayda urug‘ ekiladi. Asosiy maydonga 20-30 iyunda ko‘chat ko‘chirib o‘tqaziladi. Bunda ko‘chatxonalarga gektar hisobida 20-22 mln dona yoki 650-750 kg sholi urug‘i sepiladi, agar sholi qo‘lda ekiladigan bo‘lsa, urug‘lik sholini namlab ekiladi. Ko‘chatxonada sholi 3040 kunlik muddatda ko‘chat qilish uchun tayyor xolga keladi. Ko‘chatlar 25-30 kunligida 5 kg\ga hisobida azot o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Bir haftadan so‘ng ko‘chatlar asosiy maydonga o‘tqaziladi, ya’ni bu sholining tuplanish davrini boshlanishiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy maydondan donli ekin o‘rib-yig‘ib olingandan so‘ng, zudlik bilan yer 18-20 sm chuqurlikda haydaladi. Yerni haydaganda o‘simlik qoldiqlarini to‘la ko‘mishga erishish kerak. Ko‘chat ekishda yer tekisligi asosiy ko‘rsatgich bo‘lib yo 3 sm tashkil qiladi. Tayyor bo‘lgan sholipoyaga 5-7 sm suv qalinligida ko‘chatlar qo‘lda yoki ko‘chat o‘tkazish agregatlari yordamida 3-4 sm chuqurlikka o‘tkaziladi. Ko‘chatlar ko‘chatxonadan olinayotganda ildiz va barglarining 1\3 qismi kesib tashlanib, 150-200 ta o‘simlikdan iborat bog‘ tayyorlanadi. Tayyor bo‘lgan bog‘bog‘ ko‘chatlar sholipochda suvda turishi lozim. Ular asosiy maydonga keltirib o‘tkazgunga qadar ham suvda turishi kerak.
Ko‘chatlar asosiy maydondagi bir uyaga 1-2 ko‘chat ekiladi. Uya oralig‘i 1015 sm qilib ekish tavsiya qilinadi. Bunda gektariga 65-100 ming ko‘chat sarflanadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnik talablar asosida olib boriladi. Asosiy maydonga sholi ko‘chati o‘tqazilgandan so‘ng birinchi o‘g‘it 3-5 kundan keyin RK 40 kg\ga hisobida beriladi. 30kundan keyin, ya’ni sholi 7-9 bargli bo‘lgan davrida ikkinchi o‘g‘it beriladi, bunda 40 kg\ga hisobida beriladi. Suv rejimi sholi pishgunga qadar umumiy agrotexnik talablir asosida amalga oshiriladi
|
| |