• Ekish me’yori.
  • Parvarishi.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet38/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Urug‘larni ekishga tayyorlash. Ekish uchun yirik, to‘la, dorilangan 1 va II sinf talablariga javob beradigan urug‘lardan foydalaniladi. Urug‘lar tozaligi 98 %, unuvchanligi 95 % dan kam bo‘lmasligi lozim. Urug‘lik uchun ekilmagan maydonlarda tozaligi 96 %, unuvchanligi 90 % dan kam bo‘lmagan III sinf urug‘larni ham ishlatish mumkin. Urug‘lar ekishdan oldin 3–7 kun oftobda yoyib, vaqti–vaqti bilan aralashtirilib quritiladi.
    Ekish. Ko‘k no‘xat erta ekiladigan ekinlar guruhiga kiradi. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida yanvarda va fevralning boshlarida, qolgan viloyatlarda fevralda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart oyida ekiladi. Ko‘k no‘xat erta ekilganda yozning jazirama issiqlaridan kam zararlanadi, yaxshi hosil beradi. Yozgi o‘ta issiq harorat uni me’yorida changlanishiga to‘sqinlik qiladi. Erta muddatda ekilgan ko‘k no‘xat kasalliklardan, zararkunandalardan kam zararlanadi, erta pishadi, sifatli va yuqori hosil beradi. Ang‘izga ekilganda iyulning ikkinchi yarmi, avgustning birinchi yarmida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Ayni shu muddatlarda harorat va havo namligi ko‘k no‘xat rivojlanishi uchun juda mos. Yashil massasi uchun sentyabrda ekish mumkin. Xashaki ko‘k no‘xatni oktyabrning ikkinchi yarmi yoki sentyabrda, oktyabrning boshida ekish uning sovuqqa chidamliligini keskin pasaytiradi, sovuq boshlanguncha u shonalay boshlaydi, hatto gullaydi. Bunday o‘simliklar sovuqdan nobud bo‘ladi. Ko‘k no‘xat ko‘pincha tor qatorlab, qatorlab urug‘lik uchun keng qatorlab ekiladi. Ekish SZ-3,6, SZA-3,6, SZP-3,6 seyalkalarida o‘tkaziladi.


    Ekish me’yori. O‘zbekistonda Ye.S.Bayramyan tajribilarida xashaki no‘xatning Vostok-55 navi hamma ekish muddatlarida gektariga 120 kg ekilganda eng yuqori hosil bergan. Ekish me’yorining 80 kg/ga gacha ka- maytirish yoki 160200 kg/ga
    gacha oshirish don hosilini kamaytirgan. Uladovskiy-303 navi uchun optimal ekish me’yori 300 kg/ga. Ekish chuqurligi. Og‘ir tuproqlarda 4-5 sm, o‘rtacha mexanik tar- kibli tuproqlarda 6-8 sm, tez qurib qoladigan yengil tuproqlarda 9-10 sm.
    Parvarishi. Ko‘k no‘xat urug‘larining bir tekis unib chiqishiga qatqaloq to‘sqinlik qilishi mumkin. Ekishdan oldin va maysalar hosil bo‘lgandan keyin birikki boronalash 60-80 % bir yillik begona o‘tlarni yo‘qotadi va qatqaloqni yumshatadi, nam yo‘qolishining oldini oladi. Maysalar hosil bo‘lgandan keyin boronalash uchta- beshta barglar paydo bo‘lishi bilan kunning ikkinchi yarmida, o‘simlikda turgor holati susayib, ular mo‘rt bo‘lmaganida o‘tkaziladi. Boronalardan ZBP-0,6A, BZSS-1,0 qo‘llaniladi. Begona o‘tlarga qarshi Prometrin (50 %) ko‘k no‘xat maysalari paydo bo‘lguncha gektariga 2-3,5 kg, trixloratsetat natriy (90 %) ko‘k no‘xat ekilguncha gektariga 5-10 kg me’yorida 300-400 l suvga aralashtirilib purkaladi. Gerbitsidlardan 2M-4XM 80 % va Bazagran 48 % ko‘k no‘xat o‘suv davrida, o‘simlik 3-5 barg hosil qilganda muvofiq holda 2-3 kg/ga va 3-4 l/ga me’yorlarda qo‘llaniladi. 2M-4XM gerbitsidi havo harorati 18-240S bo‘lganda qo‘llanilishi yaxshi samara beradi. Juda issiq ob-havo sharoitida Bazagran samaradorligi keskin kamayadi, yaxshisi uni kechki soatlarda qo‘llash ma’qul. Bruxus qo‘ng‘izi, trips va boshqa zararkunandalarga qarshi gektariga Detsis 0,35 kg, Karate 0,15-0,25 kg zalon, 0,25 kg me’yorlarida gullash fazasida purkaladi. Ko‘k no‘xat 2-3 marta sug‘oriladi. Sizot suvlar yaqin joylashgan joy- larda 1 marta sug‘oriladi. Ang‘izga yozda ekilganda egatlar olinadi yoki taxtalab sug‘orish o‘tkaziladi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.