• Bedani- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet46/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    jadval


    Yem xashak o‘tlarining to‘yimliligi

    Ozuqa va ekin turlari



    1 kg ozuqa tarkibida

    Oziqa birligi,
    kg

    Xazm bo‘ladigan
    oqsil, g

    Kalsiy, g



    Fosfor, g



    Karotin, mg

    Ko‘kat beda

    0,21

    27

    3,8

    0,7

    40

    qizil sebarga

    0,17

    36

    6,4

    0,6

    50

    Bargak

    0,18

    28

    2,4

    0,6

    65

    Pichan beda

    0,52

    79

    9,3

    2,2

    25

    qizil sebarga

    0,49

    116

    17,7

    2,2

    45

    Bargak

    054

    106

    11,0

    2,5

    25

    Dehqonchilikda o‘tlarning axamiyati ham katta, chunki bu o‘simliklar dala ekinlari uchun eng yaxshi o‘tmishdosh bo‘la oladi, tuproqda chirindi ko‘payadi, tuproqning suv-fizikaviy, kimyoviy holati yaxshilanadi, sho‘rlanish kamayadi, tuproq yemirilishini xam kamaytiradi.


    Urug‘chiligi qiyin bo‘lganligi tufayli dukkakli o‘tlarning ekin maydonini kengaytirish ancha murakkab. Dukkakli o‘tlar urug‘i bir vaqtda yetilmaydi, erata yetilgani to‘kiladi. Hosilni yig‘ish muddati ekinlar bo‘yicha har xil bo‘ladi, qizil sebargani, bargakni urug‘i aksariyat holda ikki bosqichli usulda yig‘iladi, qashqarbedaning hosilini yig‘ishda kombayn deyarli ishlatilmaydi.
    Dukkakli o‘tlarning urug‘ unuvchanligi saqlash davri har xil bo‘ladi. Bargakning ayrim turlarida urug‘ unuvchanligi 1-2 yil saqlanadi, sariq qashqarbeda 16-17 yil saqlanishi mumkin.
    Dukkakli o‘tlarda toshsimon urug‘lar mavjud. Urug‘ qobig‘idan suv o‘tmaydi, urug‘ bo‘rtmaydi, unib chiqmaydi. Bunday urug‘lar ko‘p yildan keyin unib chiqishi mumkin. Bu xususiyat dukkakli o‘tlarni tabiatdi saqlanishini ta’minlaydi.


    Bedani- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


    O‘zbekistonda beda asosiy yem- xashak ekinlaridan biri va almashlab ekishda tumanlarda asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri g‘o‘zaning asosiy, doimiy o‘tmishdoshidir. Beda chorva mollari uchun erta bahordan kech kuzgacha oziqa beradigan ekin. O‘zbekiston sharoitida beda havo harorati 70 dan oshganda jadal o‘sib boshlaydi.
    Bedadan senaj, pichan, silos, briket, granula, vitaminli o‘t singari oziqalar tayyorlash mumkin. Juda ko‘p mamlakatlarda bedani oziqa ekinlarining malikasi deb atashadi. Beda arabchada alfa-alfa yoki birinchi-birinchi deyiladi, xuddi shunday nomlanish ingliz tilida ham qo‘llaniladi.
    Ko‘p yillik o‘tlar orasida beda yashil massasi va pichani, granula, briket hamda vitaminli o‘t uni (talqoni) yuqori oziqaviy qimmatga egaligi, to‘yimliligi
    bilan ajralib turadi. Bir kg vitaminli o‘t unida 1kg suli donidagi oziqa birligi bor (0,8- 1,0).
    Beda sharbati dorivor sifatida odamlar tomonidan iste’mol qilinadi. Beda tuproqni suv va shamol eroziyasidan samarali himoya qiladi, oziqa moddalarning tuproq haydalma qatlamidan pastki, tuproqning ildiz tarqalmagan qatlamlariga yuvilib ketishidan saqlaydi.
    Bedadan keyin gumus moddasining miqdori ortadi, ko‘pincha uch yillik beda ekilgan 1 ga maydonda 60-70 t go‘ng tarkibidagi miqdorda azot to‘planishi kuzatiladi. Tuproqni azot hamda organik moddalar bilan boyitadi. Tarkibida gumus moddasi ko‘p bo‘lgan tuproqning fizik-suv xossalari yaxshilanadi, issiqlikni o‘tkazishi pasayadi hamda uning is- siqlikni yutish, ushlash hususiyati ortadi. Bu ayniqsa kontinental iqlim sharoitida yuqori issiq hamda sovuqning salbiy ta’sirini kamaytirishga imkon beradi. Ayniqsa kuzgi don ekinlarida bu ijobiy hol samarasi ko‘p kuzatiladi. Tarkibida gumus miqdori ko‘p bo‘lgan tuproqlarda suvning fizik bug‘lanishi kam bo‘ladi va namlik madaniy ekinlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Beda tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydi, sho‘rni kamaytiradi, sizot suvlar sathini pasaytiradi. Bu xususiyat bedaning kuchli rivojlangan ildiz tizimi bilan
    bog‘liq.
    Beda 1 ga maydonda 3 yil davomida 300-400 kg azot to‘playdi. Uning keyingi ta’siri uch yilga yetadi. O‘zbekistonda g‘o‘za maydonlarida vilt kasalligining oldini oladi va uni kamaytiradi. Bedadan keyin g‘o‘za hosildorligi oshadi, tola sifati yaxshilanadi.
    Bedaning 100 kg pichanida 48,8 o.b., shuncha ko‘k massasida 21 o.b. hamda 4 kg hazmlanadigan protein bor. Bir kg ko‘k massasida 50 mg karotin moddasi, shuningdek Sa, R, K va boshqa foydali elementlar ko‘p. Gullash fazasi boshlanishida o‘rilgan quruq yer usti massasida 19-21 % xom oqsil saqlanadi va uning hazmlanishi eng yuqori 78 % ni tashkil etadi. Pichanida 33,9 % AEM, 40 mg karotin moddalari saqlanadi. Ko‘k beda O‘zbekistonda 300 ming gektardan ortiq maydonga ekiladi. Yerlarning tuproq meliorativ sharoitiga qarab u almashlab ekishda 25- 35,4 % va sug‘oriladigan yerlarda 18-20 % maydonni band qilishi mumkin. Yerlarning unumdorligi past va meliorativ holati yomon bo‘lsa, almashlab ekishda beda ko‘proq maydonga ekilishi ma’qul. Beda serhosil ekin va u 1 gektardan 150-350 ts pichan va 400-800 ts yashil massa hosili berishi mumkin. Beda urug‘ining hosildorligi o‘rtacha 3-4 ts/ga, ilg‘or xo‘jaliklarda beda urug‘i hosili 8- 10 ts/ga ga yetadi.
    Kanadada sanoat texnologiyasi asosida, yovvoyi asalarilarni jalb qilish yo‘li bilan beda hosildorligi 18-22 ts/ga ga yetkazilgan.
    Beda dunyo dehqonchiligida juda keng tarqalgan. Lotincha bedaning avlodi Medicago grekcha so‘z μηδική (πόα), «midiyskaya (trava)» ma’nosini berib Midiyadan beda Gretsiyaga kelgan.
    Ilk bor beda eramizdan 6-7 ming yil ilgari O‘rta Osiyoda va Kavkazda ekilgan.
    Bu mintaqalardan 2-2,5 ming yil ilgari Xitoy, Hindiston, Eron, Gretsiya, Italiya va
    Shimoliy Afrikaga tarqalgan. Keyinroq bu o‘simlik Yevropaning boshqa zonalariga, Shimoliy va Janubiy Amerika va Avstraliyaga tarqalgan. O‘rta Osiyoga
    A. Makedonskiy yurishlari davrida keltirilgan degan taxminlar bor. Vatani O‘rta Yer dengizi mamlakatlari. Bedaning vatani Osiyo mintaqasi hisoblanadi.
    Beda 80dan ortiq mamlakatlarda 35 mln gektardan ortiq yerga ekiladi.
    Asosan AQSh, Argentina, Rossiya, Hindiston va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ekiladi
    O‘zbekistonda bir yillik o‘tlar 9600 ga, hosil 81,9 ts/ga, eski ko‘p yillik o‘tlar 12058,0, hosil 121,7 yangi ekilgan 6107,0 ga, hosil 98,6 ts/ga
    Beda (Medicago L.) avlodiga 100dan ortiq turlar kiradi. Uning bir yillik va ko‘p yillik, madaniy hamda yovvoyi turlari mavjud. Mamlakatimizda bedaning 36 turi uchraydi, shulardan 20 tur ko‘p yillikdir. Eng ko‘p ekiladigan va tarqalgan turlari: ko‘k beda – Medicago sativa L., sariq beda (o‘roqsimon) – Medicago falcata L., duragay beda – M.media L., zangori beda – M. coerulae L., xmelsimon beda- M. lupulina L.



    Download 1,15 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.