«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




Download 1,15 Mb.
bet42/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

Tuproqni ishlash. Sug‘oriladigan yerlarda soya ekiladigan paykal- larni haydash chuqurligi tuproqning madaniy qatlami qalinligi, sizot suvlar, dalaning relefiga qarab o‘tkaziladi. Dala ajriq, g‘umay va boshqa ildizpoyali ko‘p yillik begona o‘tlar bilan ifloslangan bo‘lsa, tuproq otvalsiz plugda 16–18 sm chuqurlikda haydaladi. Keyin ildizpoyalar KPN-44 rusumli kultivator yoki VKU- 063V chizeli yordamida taroqlanib yig‘ib olinadi va yoqib yuboriladi. Begona o‘t ildizlaridan tozalangan dala 28–30 sm chuqurlikda haydaladi. Yerni haydash oldidan organik, kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yorlari, fosforli o‘g‘itning 70–80 % i beriladi. Sho‘r tuproqlarda yer haydalgandan keyin sho‘r yuviladi va organik va ma’danli o‘g‘itlar beriladi (asosan bahorda). Yerni haydash paytida shamol va suv eroziyasiga qarshi chora-tadbirlarga rioya qilinadi. Erta bahorda tuproqda namlikni saqlash maqsadida boronalash o‘tkaziladi. Tez quriydigan qumoq va yengil tup- roqlar erta bahorda
sug‘oriladi. Kuzda haydalgan yerlar yetilgach joriy tekislanadi, tuproq, sho‘r yuvish, nam to‘playdigan sug‘orish yoki yog‘ingarchiliklar ta’sirida zichlashib qolgan bo‘lsa chizellanadi yoki 10- 12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, borona bosiladi. Ayrim dalalarda mola ham bosilishi mumkin.
O‘g‘itlash. Soya organik va ma’danli o‘g‘itlarga talabchan. Go‘ng 1 ga maydonga 30-40 t solinganda soya hosili 5-6 ts/ga oshgan va keyingi 3-4 yilda ham uning ijobiy ta’siri saqlanib qolgan. Solinadigan go‘ng chi- rigan bo‘lishi lozim. B.Yenken (1991) tajribalarida gektariga 20 t chirigan go‘ngni solish, shuncha miqdordagi chirimagan go‘ngni solishga nisba- tan 3,9 ts/ga qo‘shimcha hosil olishga imkon bergan. Soya 20 ts/ga don hosili va shunga muvofiq o‘suv organlarini hosil qilish uchun tuproqdan 140–150 kg azot, 30–40 kg fosfor va 40–50 kg kaliy o‘zlashtiriladi. Soya gullashdan dukkaklarning to‘lishigacha oziqa moddalarni juda jadal o‘zlashtiradi. Azotli o‘g‘itlarni qo‘llashda soya o‘simligining biologik hususiyati e’tiborga olinadi. Azotli o‘g‘itlar gektariga 30-50 kg beriladi.
O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tekshirish instituti olimlari o‘z tajribalariga asoslanib bo‘z tuproqlarda tuganaklar hosil bo‘lguncha 50 kg azot solishni tavsiya etishadi. Azotli o‘g‘itlarni ko‘p miqdorda qo‘llash tuganak bakteriyalar faoliyatini susaytiradi, o‘suv davrining cho‘zilishiga olib keladi, ko‘pincha o‘simlikning yotib qolishiga sabab bo‘ladi. Soya gullashdan dukkaklar hosil bo‘lish fazasigacha fosforni jadal o‘zlashtiradi. Fosfor tuganak bakteriyalarning atmosfera azotini o‘zlashtirishini tezlashtiradi. Soyaga 90–100 kg/ga fosfor solinishi tavsiya etiladi. Uning 20–30 % i ekish oldidan yoki ekish bilan beriladi. Kaliy bir gektarga 40–50 kg solinadi. Shunday qilib sug‘oriladigan yerlarda soyaga ma’danli o‘g‘itlar yillik me’yori azot 30–50, fosfor 90–100, kaliy 40–50 kg/ga ni tashkil qiladi.
Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarda nitraginni qo‘llash O‘zbekistonning turli tuproq sharoitlarida gektaridan 6–11 ts qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlagan. Urug‘lar ekilishdan oldin nitragin bilan ishlanishi lozim. Urug‘larni ekishga tayyorlash. Ekish uchun saralangan, tozalangan, kasalliklarga qarshi dorilar bilan ishlangan, ekish oldidan nitragin bilan inokulyatsiya qilingan urug‘lardan foydalaniladi. Urug‘lar ekishdan 20–24 kun oldin panoktin, raksil preparatlari bilan muvofiq holda 2; 1,5 kg/ga me’yorda ishlanadi. Ekiladigan kuni nitragin yoki rizotorfin bilan yopiq binoda yoki soya joyda 200 g bir gektarga ekiladigan urug‘ inokulyatsiya qilinadi.

Download 1,15 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

Download 1,15 Mb.