|
Lalmikorlikda ko‘k no‘xat yetishtirish
|
bet | 39/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Lalmikorlikda ko‘k no‘xat yetishtirish. O‘zbekiston sharoitida lalmikorlikning tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarida ko‘k no‘xat yuqori hosil beradi. Tekis-tepalik mintaqalarda ko‘k no‘xat hosili atmosfera yog‘ingarchiliklari miqdoriga bog‘liq. Lalmikorlikda ko‘k no‘xat o‘rtacha gektaridan 6-8 ts don va 6070 ts yashil massa hosili beradi. Ko‘k no‘xat lalmikorlikda don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. U asosan almashlab ekishning chopiq qilinadigan dalasiga ekiladi va undan keyin kuzgi don (bug‘doy, arpa ekinlarini joylashtirish ma’qul). Uning azot to‘plovchi ekin sifatida keyingi ta’siri 1-2 yilga yetadi. Lalmikorlikda ko‘k no‘xatning Vostok- 55, Vostok -84 va Xashaki 24, Ramonskiy 77 navlari ekiladi. Shulardan Vostok-55 bahorda va kuzda, Xashaki–24 va Ramonskiy–77 navlari bahorda ekish uchun Davlat reyestridan o‘tkazilgan. Xashaki no‘xatning Vostok–55 va Xashaki-24 navlari qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamli, hasharotlardan kam zararlanadi va ular oziqa uchun ekiladi. Ko‘k no‘xat kech kuzda ekilganda bahorda ekilgandagiga nisbatan ikki baravar ko‘p hosil olinadi. Lalmikorlikda noyabr, dekabr oylarida ekish optimal muddat hisoblanadi. Bunda qishning iliq kunlarida maysalar hosil bo‘ladi. Bahorda ekish fevralda o‘tkaziladi. Bahorda ekishni kechiktirish hosilining kamayishga olib keladi. Ko‘k no‘xat kuzda ekiladigan bo‘lsa yer, dastlabki ekin hosili yig‘ishtirib olinishi bilan haydalishi tavsiya etiladi. Bahorda ekish uchun kuzgi shudgor 20-22 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Yerni shudgorlashdan oldin fosforli, kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yori R40-50, K30-40 kg/ga beriladi. Ekish bilan yoki ekishdan oldin gektariga 20-30 kg azot solinadi.
Lalmikorlikda ko‘k no‘xat qatorlab, qator orasi 15 sm, keng qatorlab 30 sm ekiladi. Seyalkalar sug‘oriladigan yerlardagi singari. Ko‘k no‘xat lalmikorlikning tekisliktepalik mintaqasida gektariga 60-80 kg, tog‘ va tog‘ oldi mintaqasida 80-100 kg me’yorlarda ekiladi. Ekish chuqurligi tuproq mexanik tarkibi, namlikka bog‘liq holda 5 -10 sm o‘zgaradi. No‘xat maysalari hosil bo‘lguncha va maysalar paydo bo‘lgandan keyin 1-2 boronalanadi yoki rotatsion motiga bilan ishlanadi. Begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash sug‘oriladigan yerlardagi singari. Hosilni yig‘ishtirib olish. Ko‘k no‘xat donlari bir vaqtda yetil- maydi. Avval pastki dukkaklar keyin ustidagilar pishadi. Shuning uchun hosilni ikki fazali usulda yig‘ishtirish yaxshi natija beradi. Dukkak- larning 60-75 % i qo‘ng‘ir tusga kirishi bilan ko‘k no‘xat o‘rib dastalanadi. Bu paytda donning rangi shu nav uchun xos bo‘ladi, namligi 35–40 % ni tashkil qiladi. O‘rim 3–4 kunda tugallanishi lozim. O‘rim JRB–4,2, KS–2,1 o‘roq mashinalarida PB–2,1 va PBA–4 moslamalari bilan jihozlab o‘tkaziladi. Dastalardagi hosil SK–5, SK–4, Keys kombaynlarida maxsus moslamalar qo‘yib yanchiladi. Don yanchilishida namligi 16– 19 % bo‘ladi. Dondagi namlik 15 % dan kam bo‘lsa donlar maydalanib ketishi kuchayadi, 20 % da donlar ezilib jarohatlanadi. Don yanchilishi ham 3–4 kundan oshmasligi lozim. Don nobudgarchiligini kamaytirish maqsadida o‘rim ertalab salqinda o‘tkaziladi. Barabanlar aylanish tezligi minutiga 400–500 gacha kamaytirilib, barabanlar oralig‘i kengaytiriladi. Ko‘k no‘xat bir tekis yetilsa bir yo‘la kombayn bilan o‘rib– yanchib olish mumkin. Poxoli hosil yig‘ishtirilgandan keyin darhol g‘aramlanadi yoki makkajo‘xori, lavlagi barglari bilan qo‘shib silos tay- yorlashda ishlatiladi. Urug‘lar 14–16 % quritilib, tozalanib xaltalarda yoki uyumlarda saqlanadi. Ko‘k no‘xat yashil massasi uchun yetishtirilganda dukkaklari yoppasiga o‘rim mashinalarida o‘riladi.
Yashil massa hosili 350 ts/ga ga yetadi. Yashil o‘g‘it sifatida o‘simlik yoppasiga gullaganda, o‘simliklar ustida g‘altak bosiladi, keyin dala uzunasiga va ko‘ndalangiga diskalanadi, massa maydalanadi, 28-30 sm chuqurlikda haydab bir yo‘la borona qilinadi.
|
| |