|
Ko‘k no‘xat yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 37/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Ko‘k no‘xat yetishtirish texnologiyasi Ko‘k no‘xatning almashlab ekishdagi o‘rni. Ko‘k no‘xat o‘g‘itlangan yaxshi o‘mishdoshlardan keyin
joylashtiriladi. O‘zbekistonda ko‘k no‘xat g‘o‘za, kartoshka, qand lavlagi, kuzgi g‘alla ekinlari, makkajo‘xoridan keyin joylashtiriladi. Ko‘k no‘xatning kungaboqardan keyin joylashtirish yaramaydi. Kungaboqarni to‘kilgan urug‘lari unib chiqib, ko‘k no‘xat hosilini yig‘ishtirishni qiyinlashtiradi. Ko‘k no‘xatni ko‘p yillik, dukkakli o‘tlar (beda, sebarga), g‘alladosh o‘tlar, don dukkakli ekinlardan keyin joylashtirish mumkin emas. Bir marta ko‘k no‘xat ekilgan maydonga uni 5-6 yildan keyin qayta ekish mumkin. Almashlab ekishda u ekilgan maydonga ko‘rsatilgan muddatdan erta qaytarilsa ildiz chirish kasali bilan zararlanadi. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda odatda ko‘k no‘xat uchun maxsus, alohida dala ajratilmaydi. Uni kuzgi don ekinlari, ertagi sabzavot hosili yig‘ib olingandan keyin ang‘izga takroriy ekin sifatida ekiladi. Ko‘k no‘xatni o‘sayotgan g‘o‘za qator oralariga yoki g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olingandan keyin ham ekish mumkin. Makkajo‘xori, oqjo‘xori hosili avgust, sentyabr oylarida yig‘ishtirilgandan keyin ham ko‘k no‘xat ekiladi.
Tuproqni ishlash. Ko‘k no‘xat sug‘oriladigan yerlarda erta bahorda ekiladigan bo‘lsa, tuproq kuzda 27-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Bahorda nam saqlaydigan yerning yuza qismini yumshatadigan boronalash SBTS-1,0Rda yoki frezerlash 8-10 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlar, hosil yig‘ishtirib olinishi bilan sug‘oriladi, keyin 25-27 sm chuqurlikda yer haydaladi, bir yo‘la boronalanadi va mola bosiladi. G‘o‘za qator oralariga ekishdan oldin kultivatsiya o‘tkaziladi, keyin ko‘k no‘xat urug‘lari ekiladi. Kech kuzda ekiladigan bo‘lsa, dala 27-28 sm chuqurlikda shudgor qilinadi, chizellanadi, boronalanadi. Sho‘r tuproqlarni ko‘k no‘xat ekish oldidan sho‘ri yuviladi.
O‘g‘itlash. Ko‘k no‘xat o‘g‘itlashga ta’sirchan. U 1 ts don va shunga mu- vofiq vegetativ massa hosil qilish uchun 4,5–6,0 kg azot, 1,7–2,0 kg fos- for, 3,5– 4,0 kg kaliy o‘zlashtiradi. Mikroelementlardan molibden va borni qo‘llash yaxshi natija beradi. O‘g‘itlar samaradorligi tuproq- iqlim sharoitiga, nam bilan ta’minlanganlikka bog‘liq. Ko‘k no‘xat o‘zining azotga bo‘lgan ehtiyojining asosiy qismini sim- bioz yo‘li bilan azotni o‘zlashtirish hisobidan qondiradi. Bu jarayon ikki uch barg hosil bo‘lgandan boshlanib, shonalash-gullash boshlanishi- gacha jadal davom etadi. Eng qulay tuproq muhiti rN – 5,6 -6,0. Rejalashtirilgan hosilni olish uchun fosforli kaliyli o‘g‘itlar to‘la me’yorda solinadi. Azotli o‘g‘itlarga talabni 5070 % atmosfera azotni fiksatsiya qilish hisobiga qondirilsa, qolgani tuproqdan, o‘g‘it hisobidan o‘zlashtiriladi. Biz 30-35 ts/ga hosil olishni mo‘ljallasak ko‘k no‘xat 150180 kg azot o‘zlashtiradi, shundan 105-126 kg simbioz hisobiga qolgan 45-54 kg o‘g‘it sifatida solinishi lozim Ekish paytida 10-20 kg/ga granullalangan superfosfat solinadi. Qo‘llanilgan superfosfat molibdenlashtirilgan bo‘lgani ma’qul. Bir kg tuproqda 0,3 mg dan kam molibden, bor elementlari bo‘lsa, ularni qo‘llash maqsadga muvofiq. Odatda 1 ts urug‘ 10-15 g ammoniy molibden bilan ishlanadi. Bu miqdordagi o‘g‘it 2 l suvda eritilib qo‘llaniladi. Yerni haydash oldidan 10-15 t/ga chirigan go‘ng solish yaxshi natija beradi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar yillik me’yori muvofiq holda 60- 100 va 40-50 kg/ga ni tashkil qiladi. O‘tkazilgan tajribalarda 90 kg/ga fosfor solinganda ko‘k no‘xat don hosili 5,7 ts/ga, yashil massa
74 ts/ga, 45 kg fosfor va 30 kg azot solinganda doni 7,9 ts/ga, yashil massa 96 ts/ga, na- zoratga nisbatan ortgan. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida ko‘k no‘xatni ekishda nitraginni qo‘llash 4,7 ts/ga qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlangan. Nitragin bevosita ekish oldidan 1 gektarga ekiladigan uruqqa 200 g me’yorda qo‘llaniladi. Urug‘ nitragin bilan ishlashdan ikki hafta oldin Ponaktin bilan, 2 kg/ga me’yorda ishlanadi.
|
| |