|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 41/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Haroratga talabi. Yenken V. B., Yormatova D. ma’lumotlari bo‘yicha soyaning ertapishar navlarining pishib yetilishi uchun 1700-2200, o‘rta pisharlar 2600-2750, kech pisharlar uchun 3000-3200 0S faol harorat talab qilinadi. Urug‘lar 8 0S da una boshlaydi, unib chiqish uchun qulay harorat 12- 14 0S, maysalari 2-Z 0S sovuqqa bardosh beradi. O‘suv davri 80-160 kun.
Namlikka talabi. Soya nisbatan namga talabchan. Urug‘lari unib chiqishi uchun o‘z og‘irligiga nisbatan 90-150 % suv yutishi kerak. Suvga eng talabchan davri gullash-donning to‘lishi davrlariga to‘g‘ri keladi. I. P. Myakuщko ma’lumotlariga ko‘ra soya gullashgacha butun o‘suv davrida sarflagan suvning 29,8
%, gullash-pishish davrlarida 70,2 % ini sarf- laydi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 390-410.
Yorug‘likka talabi. Soya qisqa kun o‘simligi. U juda yorug‘sevar. Yorug‘likni kamaytirish gullash fazasini tezlashtiradi. Soyani yorug‘lik kunlari uzaytirilgan sharoitda o‘stirish gullashini kechiktiradi, gullari to‘kiladi, vegetatsiya davri cho‘zilib ketadi.
Tuproqqa talabi. U tuproq unumdorligiga o‘ta talabchan emas. Tup- roq muhiti rN–6,5-7 bo‘lganda u yaxshi o‘sadi. U kislotali, torf, botqoqlashgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Soya gullashdan 2-3 hafta oldin, gullashdan 2-3 hafta keyingi davrlarda azotga juda talabchan bo‘ladi. Fosforli o‘g‘itlarga ham vegetatsiya davrining birinchi oyida juda talabchan bo‘ladi. Kaliy yetishmasa o‘simlikning rivojlanishi sustlashadi, barglarining chetlari burishib, sarg‘ayadi, joylari uyilib tushadi. Soya tuproq aeratsiyasiga juda tyalabchan. Navlari: Uzbekskaya-2 Yulduz. Do‘stlik. Soyaning Uzbekskaya-6 navi ham Davlat reyestriga kiritilgan.
Soyani yetishtirish texnologiyasi. Soyaning o‘tmishdosh sifatida ahamiyati. Soya almashlab ekishlarda joylashtiriladi. O‘zidan keyin soya tuproqni unumdor, begona o‘tlardan toza, organik moddalar va azotga boyitgan holda qoldiradi. Tuproqning suv-fizik xossalari, biologik faolligi soya ekilgandan keyin sezilarli ortadi. O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za, sholi, makkajo‘xori, sabzavot ekinlari soya uchun yaxshi o‘tmishdosh. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar bug‘doy soya uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston sholichilik ilmiy tadqiqot institutida o‘tkazilgan tajribalarda soyadan keyin sholining hosildorligi 20–30 % oshgan. Soya bir maydonga surunkasiga 2–3 yil ekilganda hosildorligi sezilarli darajada kamayadi. D.Yormatova (1997) tajribalarida soya bug‘doydan keyin ekilganda 25,2 ts/ga don hosili olingan. Kuzgi bug‘doy hosili kungaboqar, makkajo‘xori, sulidan keyin ekilgandagiga nisbatan, soyadan keyin ekilganda 5,7– 7,1 ts/ga oshgan. Soya beda, sebarga, dukkakli don ekinlaridan keyin joylashtirilmaydi. O‘zbekistonda paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda soyani almashlab ekishlarga kiritish ekinlar hosildorligi, tuproq unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir gektarda mavsum davomida 150-250 kg azot to‘playdi.
|
| |