• Nazorat savollari.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet50/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Kanada fermerlari taklif qilishlari uchun xilma xil bozor talablaridan manfaatlanadilar. Bunday o‘zgaruvchan talabni qondirish maqsadida ular turlki xil maxsulot yetishtirish texnalogiyalaridan foydalandilar. Mazkur uslubiy qo‘llanma fermerlar uchun mana shunday murakkab marketing munosabatlarini muhokama qilishda va ayni vaqtda to‘g‘ri qaror qabul qilishda qo‘l keladi. Umumlashgan qo‘llanma dasturi fermerlarni Kanadada genetic o‘zgartirilgan beda navlari bilan ishlash va an’anaviy va alternative metodlar bilan uyg‘unlashgan tizimga asoslangan eng maqbul maxsulot yetishtirish texnalogiyasini ishlab chiqishdan iborat.7


    Nazorat savollari.

    1. Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati

    2. Bedani- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    3. Bedani biologiyasi va navlari

    4. Bedani yetishtirish texnologiyasi




    7 CОЕХИСТЕНCЕ ПЛАН фор Алфалфа Ҳай ин эастерн Cанада, 2013
    1. Mavzu: Qo‘ng‘irboshli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘ining – biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.




    Reja:

      1. Qo‘ng‘irboshli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati

      2. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘ini - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

      3. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘ini - biologiyasi va navlari.

      4. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘ini - yetishtirish texnologiyasi



    Qo‘ng‘irboshli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati


    Ko‘p yillik g‘allasimon o‘tlar qo‘ng‘irboshlar oilasiga kiradi. O‘zbekistonning tabiatida qo‘ng‘irbosh o‘tlar ko‘p tarqalgan, ammo kam ekiladi. Buning asosiy sabablaridan biri urug‘likni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi.
    Sug‘oriladigan yerlarda qo‘ng‘irbosh o‘tlar bedaga, qizil sebargaga qo‘shib yoki sof holda ekiladi.
    Dexqonchilikda ekiladigan qo‘ng‘irboshli o‘tlarning hammasi biologik azot o‘zlashtirmaydi, shuning uchun xosildorlik tuproq tarkibidagi azot miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Muqobil sharoitda qo‘ng‘irbosh o‘tlar bir yerda 5─10 yil yaxshi hosil berishi mumkin.
    Yer yuzida qo‘ng‘irbosh o‘tlar har xil maqsadda ekiladi:

    • to‘yimli ozuqa yetishtirish

    • yaylov barpo etish

    • tuproq va suv erroziyasini to‘xtatish

    • shaharlarda ko‘kalamzorlar yaratish

    Qo‘ng‘irboshli o‘tlarning g‘ovak tupli turlari ayniqsa yaxshi tuplanadi.
    O‘tlarning ikkinchi o‘rimidagi hosil tuplanish jarayonida hosil bo‘lgan poyalar evaziga olinadi.
    Qo‘ng‘irbosh o‘tlarning ildizi popuk ildiz bo‘lib har bir yangi poya o‘z ildiziga ega bo‘ladi. Boshoqlanish davriga yetganda ildizning quruq vazni poya va bargning 80─90% ni tashkil qiladi.
    Ko‘kat miqdorini eng tez ko‘payadigan davri─nay o‘rash davridan boshoqlanish (ro‘vaklanish) davrigacha. Bu davrdan oldin o‘rilsa hosil kam bo‘ladi, kech o‘rilsa sifati pasayadi.
    Qo‘ng‘irbosh o‘tlarning gullash davrini boshlanishidagi to‘yimliligi yuqori bo‘ladi ─ ko‘katida 8─11% oqsil bo‘ladi, shundan 49─67 % hazm bo‘ladi.
    Qo‘ng‘irboshli yem xashak o‘tlar 2 ta biologik guruhga bo‘linadi: Ko‘p yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlarga

    1. Ko‘p o‘rimli mastak (raygras)

    2. Erkak o‘t

    3. Oqso‘xta

    4. Bo‘ychan mastak

    5. Qo‘ng‘irbosh

    Bir yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlarga:

    1. Sudan o‘ti

    2. Bir yillik mastak 3.Qo‘noq




      1. Download 1,15 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.