• Almashlab ekishdagi o‘rni
  • Yerni ekishga tayyorlash
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet20/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Kasallik va zararkunandalar. Makkajo‘xori boshqa donli ekinlarga nisbatan kasallik va zararkunandalarga ancha chidamli.
    Kasalliklardan so‘ta mog‘orlanishi va qorakuya hamda zararkunandalardan makkajo‘xori parvonasi va g‘o‘za tunlami zzarar keltiradi.


    Makkajo‘xori yetishtirish texnologiyasi


    Almashlab ekishdagi o‘rni. Makajo‘xori yer tanlaydi. Uni har qanday ekindan bo‘shagan yerga ekish mumkin. Makajo‘xoriga g‘o‘za, don va ayniqsa, dondukkakli ekinlar yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi.Makkajo‘xorini makkajo‘xoridan keyin v uni takroriy ekin sifatida ekilganda ham yaxshi natija beradi.
    O‘g‘itlash. Makkajo‘xori yuqori hosilli o‘simlik bo‘lganligi uchun tuproqdan juda ko‘p oziq moddalar oladi va boshqa o‘simliklarga nisbatan u butun o‘sish davrida o‘g‘itni talab qiladi. O‘g‘itning asosiy qismi ekishdan oldin, qolgan qismi ekish bilan bir vaqtda va o‘simliklarning o‘sish davrida beriladi.
    Kuzgi shudgoran oldin organik va mineral o‘g‘itlar beriladi. Organik o‘g‘it- go‘ng kuzda gektariga 10-20 tonnadan solinadi. Bundan tashqari, kuzda har gektar ekin maydoniga 50-80 kg fosfor va 30-50 kg kaliy o‘g‘itlari solinadi. Ekish vaqtida gektariga 10 kg fosfor va 10 kg kaliy solinadi.O‘g‘it uyalab brilganda makkajo‘xorining hosili 15-20% ga oshadi.Oziqlantirish ham makkajo‘xori hosilini oshiradi.O‘sish davrida makkajo‘xori ikkinchi otalik to‘pguli hosil bo‘lishiga 8-10 kun qolganda oziqlantiriladi. Birinchi oziqlantirishda gektariga 60-80 kg azotli
    o‘g‘itlar beriladi. O‘g‘it SUZ, NKU, OUK-4,6 rusumli maxsus mashinalarda solinadi.
    Yerni ekishga tayyorlash. Makkajo‘xori ekish uchun yer kuzda shudgor qilinadi. Tuproqning xususiyatiga qarab shudgorlash chuqurligi 28-30 sm va undan ham chuqur bo‘lishi mumkin.Ko‘p yillik begona o‘tlar bosgan dalalarga kuzgi shudgorlashdan so‘ng richagli, prujinali borona -kultivator yoki chizel yordamida ildiz qoldiqlari yig‘ib olinadi.
    Sho‘rlangan yerlarda tuproq sho‘ri yuviladi. Yer chimqirqar yoki yarusli plug yordamida shudgorlanadi. Erta bahorda tuproqda nam saqlash maqsadida shudgor borona qilinadi. Ekishga qadar shudgorda begona o‘tlar paydo bo‘lsa, 8-10 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, keyin boronalanadi va ketma-ket mola bostiriladi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.