• Ma’danli
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet60/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Yorug‘lik. Kartoshka yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘lik yetishmasa u kam vasifatsiz tuganaklar hosil qiladi. Kuchsiz soyalangan joylarda poyalarcho‘ziladi, poya va barglar kuchsiz sarg‘ayib boshlaydi, tuganaklarninghosil bo‘lishi kechikadi. Kuchli soyalanganda poyalar nozik, mo‘rt, uzunbo‘ladi, tuproqda tuganaklar o‘rnida uchi yo‘g‘onlashgan uzun oq stolonlarhosil bo‘ladi.
    Tuganaklar ko‘kartirilayotganda yaxshi yoritilganlik kalta, yo‘g‘on,yashil yoki qo‘ng‘ir yashil o‘simtalarni hosil qiladi. Aksincha, yorug‘likbo‘lmasa yoki yetishmasa o‘simtalar oq, uzun, urug‘larni saralash va tashishdaoson sinadigan bo‘ladi.
    O‘zbekiston sharoitida quyosh yorug‘ligi ko‘p bo‘lishi va issiq harorato‘simlik rivojlanishini sekinlashtiradi, hosildorlikni kamaytiradihamda tuganaklarning urug‘lik sifatini yomonlashtiradi. Bunday holatdadaraxtlarning tabiiy soyasi kartoshka hosildorligiga ijobiy ta’sirko‘rsatadi.
    Havo issiq bo‘lganda qisqa kunda kartoshka tez pishadi uning qisqakunga ta’sirchanligi turli navlarda turlicha. Harorat 10-150C bo‘lgandao‘simlik uzun kun sharoitida tezroq yetiladi.
    Agrotexnik usullardan ekish usuli va me’yori barglarning yorug‘likbilan ta’minlanishini boshqarishda ahamiyati katta. Barglar yuzasiningkattaligi, ularning joylashishi, yorug‘lik energiyasini yutishi hamyorug‘lik bilan ta’minlanishida muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Kartoshka qatorlari janubdan shimolga qarab joylashtirilsa hosildorlik1,6-2 t/ga, tuganaklarning kraxmalligi 1-2 %, qatorlar g‘arbdan sharqqaqarab joylashtirilgandagiga nisbatan ortadi. Qator oralari 90 sm qilibekish 70 sm ga nisbatan o‘simliklarning yorug‘lik bilan ta’minlanishiniyaxshilaydi.
    Ma’danli oziqlanishi. O‘rtacha 10 t tuganak hosili uchun tuproqdan50 kg N,
    20 kg R2O5 va 90 kg K2O o‘zlashtiriladi.Azotli oziqlanish ekinning o‘sishi, rivojlanishi vamahsuldorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq muhiti neytralbo‘lganda kartoshka ammoniy (NH4+) ionlarini, kislotalida – nitrat(NO3-) ionlarini yaxshi o‘zlashtiradi. Nitratlar o‘simlikda ammiakli birikmalarga aylanadi.
    Azot yetishmasa poyalar kuchsiz shoxlanadi va o‘sadi,barglar rangi och- yashil bo‘lib pastkilari to‘kiladi, tuganaklargauglevodlarning kelishi kamayadi, hosil va tuganaklardagi quruq moda miqdori pasayadi.Azot me’yoridan ortiq yoki yetishmasa ham o‘simlikka salbiy ta’sirko‘rsatadi. Tuproqda yetarli miqdorda fosfor va kaliy saqlansa, azot bilan tegishli nisbatda bo‘lsa o‘simlik mo‘l hosil to‘playdi.Bir tomonlama mo‘l azotli oziqlanish o‘simlikning «semirib» ketishiga olib keladi, hosilga, kraxmal miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Bu hol gullashning boshlanishida hosil bo‘lgan tuganaklarda kuzatiladi. Keyinchalik pishishi boshlanishi bilan kraxmal to‘planishi ortadi, ammogullash davridagi yetishmaslikni qoplay olmaydi.
    Tuganaklarda konserogen nitrozaaminlarni hosil bo‘lishi nitratlarto‘planishi bilan bog‘liq. Azotli o‘g‘itlar me’yori gektariga 135-150 kgoshirilsa nitratlar ikki baravar ko‘p to‘planadi. Oziq-ovqatga ishlatiladigan 1 kg tuganakda 80 mg, oziqa uchun ishlatiladiganida 300 mg dan ortiq nitrat bo‘lmasligi lozim.
    Fosforli oziqlanish uglevod va oqsil almashinuvini yaxshilaydi, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi, ildiz tiziminingyaxshi rivojlanishiga ko‘maklashadi, tuganaklarning erta hosil bo‘lishigava unda kraxmal to‘planishiga olib keladi. U o‘simlikning qurg‘oqchilikkachidamliligini oshiradi, suv rejimini yaxshilaydi.Fosfor yetishmasa o‘simlikning rivojlanishi sekinlashadi, barglarmayda, to‘q yashil rangga kiradi. Barglarda bezsimon dog‘lar paydo bo‘lishiham fosfor yetishmasligini ko‘rsatadi.
    Kaliy fotosintezni jadallashtiradi, uglevodlar harakatlanish initezlashtiradi, qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Kaliyoziqlanishda yetarli bo‘lsa, tozalanganda mag‘zi qoraymaydi, zamburug‘ vabakteriya kasalliklariga chidamli bo‘ladi.
    Fosfor va kaliy azotning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Kaliyetishmasa, ayniqsa, ammiakli azotning o‘zlashtirilishi yomonlashadi. Nitratli azotning o‘zlashtirilishi fosfor miqdoriga bog‘liq.
    Azotli birikmalar asosan o‘simlik vegetatsiyasining birinchi yarmida o‘zlashtiriladi. Poya va barglarning so‘lish davrida azotningo‘zlashtirilishi keskin kamayadi.
    Kartoshka tipik, kaliyni sevadigan o‘simlik. Tuproqda namlik qanchako‘p bo‘lsa o‘simlik o‘zlashtira oladigan kaliy miqdori ham shuncha ko‘pbo‘ladi. Shuning uchun kaliy yetishmasligi qurg‘oqchil sharoitda ko‘p kuzatiladi.
    Kartoshka uchun organik va ma’danli o‘g‘itlar me’yorini belgilashdatuproq unumdorligi undagi o‘zlashtiriladigan shakldagi oziqa moddalarmiqdori, kartoshka navi, o‘g‘itning kimyoviy tarkibi hisobga olinadi. Mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti hisobga olingan holda, bir gektarga solinadigan go‘ng me’yori 20-100 t bo‘lishi mumkin. O‘rtacha 1 t go‘nghisobiga 150-200 kg qo‘shimcha hosil olish mumkin. Kartoshkaga solishuchun yarim chirigan go‘ngdan foydalanish ma’qul. Yangi, chirimagan go‘ngnikartoshkaga solganda tuproqdagi mikroorganizmlar jadal rivojlanadiva ular nafaqat go‘ng tarkibidagi ammoniy azotini balki tuproqdagiazotni ham o‘zlashtira boshlaydi. U hol o‘simlik uchun azotning yetishmasligiga olib
    keladi.Hosildorlik yuqori bo‘lganda ma’lum birlikdagi hosilning shakllanishi uchun nisbatan kam oziqa moddalar sarflanadi.
    Navlar. O‘zbekistonda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan navlar: Sante, Aqrab, Alvara, Agane, Baqro 30, Beluga, Bimondo, Bolero,Viktoriya, Diamant, Quvonch 1656 M, Latona, Marfona, Palma, Umid,Hamkor-1150, To‘yimli, Fazan, Fresko, Esprit, Romano, Kardinal, Draga.Tezpishar navlar 60-65, ertagi-o‘rtacha 70-80, o‘rtapishar 90-100,o‘rtagi kechki 110-120, kechpishar 130-150 kunda pishib yetiladi.



    Download 1,15 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.