Tuproqning namligi va havo rejimi




Download 1,15 Mb.
bet59/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

Tuproqning namligi va havo rejimi. Kartoshka – tuproq namligigatalabchan o‘simlik. Uning namlikka bo‘lgan talabi fazalar bo‘yichao‘zgaradi. Kurtaklarning o‘sishi va maysalarning hosil bo‘lishi uchunsuvga bo‘lgan talabini deyarli to‘la yana tuganak hisobidan qondiradi.
Shonalash va gullashning boshlanishi bilan kartoshkaning namlikkabo‘lgan talabi keskin ortadi. Bu davrda namlikning yetishmasligi turgorning pasayishiga, barglarning so‘lishiga sabab bo‘ladi. Gullash davridadavomli qurg‘oqchilik erta va o‘rtapishar navlar hosilining keskin pasayishiga va urug‘lik tugunaklar mahsuldorlik sifatlarining pasayishiga olib keladi.
Tuganaklarning hosil bo‘lish davrida harorat 19-20 0S tuproq namligi ChDNS ning 100 % i atrofida bo‘lsa tuganaklar hosili eng yuqoribo‘ladi (Pisayev B. A).
Gullash boshlanishidan poya va barglarning o‘sishi to‘xtaguncha bo‘lgandavrda kartoshkaning namlikka bo‘lgan talabi eng yuqori bo‘ladi. Bu davrda tuproq optimal namligi eng past chegarasi ChDNS 70 % dan yuqorisi100% darajada ushlanadi.
Tuproq namligi me’yoridan ortiq holda uzoq davom etsa, tuganaklarkislorodning yetishmasligi natijasida dimiqishi va chirishi mumkin.
Tuproq namligining me’yoridan ortiq bo‘lishi va kislorodning yetishmasligining birinchi belgisi – tuganak yuzasida g‘ovak oq dog‘lar paydo bo‘lishidir. Ayniqsa, suvni ko‘llatish juda xavfli.
Poya va barglar so‘lib, tuganaklar o‘sishi pasayganda kartoshkaningnamlikka talabi kamayadi. O‘suv davrining oxirida quruq va issiq ob-havosharoitid,a tuganaklarda qalin, mustahkam po‘st hosil bo‘ladi, ularhosilni yig‘ishtirish paytida tuganaklarni mexanik jarohatlanishdansaqlaydi va ularning qish davrida yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.
Yomg‘irli ob-havo pishish davrini uzaytiradi, hosilni yig‘ishtirish davrida osongina jarohatlanadigan nozik po‘stning shakllanishiga olib keladi.
Kartoshkaning transpiratsiya koeffitsiyenti 400-500 va u o‘sish sharoitiga bog‘liq holda 230-700 gacha o‘zgarishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida 25-30 t/ga tuganak hosili olish uchun 2000-12000 t/ga suv sarflanadi.
Issiq kunlari bir tup o‘simlik bir sutkada 4 l suv bug‘latishi mumkin.Kartoshka tuproqning havo rejimiga juda talabchan, ayniqsa, tuganaklarning hosil bo‘lish davrida. Yosh tuganaklarning nafas olish faol- ligi yuqori, ular nafas olish jarayonida har bir gramm quruq modahisobida 7-7,6 mg SO2 ajratadi. O‘sish davrining oxiri, tuganaklarnipishishida bu ko‘rsatkich 8-8,5 baravar kamayadi.
Tuproqdagi havo miqdori uning g‘ovakligiga bog‘liq. Yaxshi ishlangan,strukturali, yuqori me’yorlarda organik o‘g‘itlar solingan tuproqda, tuproq g‘ovakligi uning hajmining 65% iga yetadi. Ammo tuproq quruqbo‘lgandagina bu hajmni havo egallashi mumkin, amalda uning bir qisminam bilan to‘lgan bo‘ladi va tuproq namligi qancha yuqori bo‘lsa havo uchunshuncha kam joy qoladi. Namligi me’yoridan ortiq joy va botqoq tuproqlarda kartoshka uchun noqulay havo rejimi hosil bo‘ladi, shuning uchunular kartoshka o‘stirishga yaroqsiz.
Tuproqning havo rejimi uning zichligiga bog‘liq. Tuganak hosilbo‘ladigan qatlamida tuproq zichligi qancha kam bo‘lsa, ildiz tizimi kislorod bilan shuncha yaxshi ta’minlanadi, hosil ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Kartoshka uchun eng qulay tuproq zichligi o‘rtacha 0,9-1,2 g/sm3.
Bundayholda tuproq va atmosfera havosining almashinuvi faollashadi.
Namlik ortiqcha, kuchli zichlashgan tuproqlarda kislorod miqdori 2% kamayadi, karbonat angidrid gazi keskin ortadi. Gaz almashinuviqoniqarsiz bo‘lganda, ildizlar yomon o‘sadi, ularning so‘rish qobiliyati pasayadi. Tuproq havosida kislorod miqdorining 4% kamayishi, amalda ildizlar va yosh tuganaklarning nafas olishini to‘xtatadi va ular chiriyboshlaydi. Zich tuproqlarda maysa hosil bo‘lishi kechikadi, tuganaklar kechhosil bo‘ladi, hosil ertaroq shakllanmaydi, bu ayniqsa, ertagi kartoshkauchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hol. Mo‘l hosilni faqat tuproqni butuno‘suv davrida g‘ovak holda saqlagandagina olish mumkin.

Download 1,15 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Download 1,15 Mb.