|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 71/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Sug‘orish. Nam to‘playdigan sug‘orishlar kuzgi shudgordan 8-10 kunoldin 1200-1500 m3/ga me’yorda o‘tkaziladi. Ular ildizmeva hosilinio‘rtacha 20-30 % oshiradi. Dala bir tekis zaxlashi uchun nam to‘playdigansug‘orishlar egatlar olib o‘tkaziladi.
Qand lavlagi nisbatansho‘rga chidamli bo‘lsada sho‘ri yuvilgan maydonlarda eng yuqori hosil beradi. Sho‘r yuvish kuzgi shudgordan keyin gektariga 2-3 ming m3 me’yorda1-2 o‘tkaziladi. Sho‘r yuvish o‘tkazilgan maydonlarda nam to‘playdigansug‘orishlar o‘tkazilmaydi.
Yuqori hosil shakllanishi uchun tuproqdagi namlik ChDNS 70-75 %dan kam bo‘lmagan holda ushlanadi. Sug‘orish soni va me’yorlari tuproq–iqlim sharoitiga qarab belgilanadi. O‘zbekiston sharoitida sug‘orishlarsoni 8-10 taga yetadi. Egatlab sug‘organda sug‘orish me’yori 700-900 m3/ga,yomg‘irlatib sug‘orilganda 500 m3/ga. Sug‘orishdan keyin yer yetilishi bilan10 va 14 sm chuqurlikda kultivatsiya chuqurligi navbatlashtirilibo‘tkaziladi. Hosil yig‘ishtirishga 20-30 kun qolganda sug‘orishlarto‘xtatiladi va bu qand miqdorining oshishiga, hosilning fiziologiketilishiga yordamlashadi.
Hosilni yig‘ishtirish. Qand lavlagi texnikaviy yetilgandahujayra shirasi yengil tiniqlashadi, barglar jo‘yaklarni yopadi, barglaroqaradi, pastki barglar sarg‘ayadi, ildizmeva massasi va qandmiqdorining oshishi sekinlashadi. Ammo hosilni yig‘ishtirish ko‘pinchaqand zavodlarining ishga tushishi bilan bog‘liq. Qand lavlagi massasiva undagi qand miqdorining oshishi sentyabrda ham davom etadi. Hosilni yig‘ishtirishdan 2-3 hafta oldin, ildizmevalarning tozabo‘lishi uchun qator oralari 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi.Dastlab kasallangan hamda, qand
zavodidan uzoq, yo‘li yomon uchastkalardahosilni yig‘ishtirishga kirishiladi.Sug‘oriladigan yerlarda hosil ikki qatorli KST–3A, SKD–2 kombaynlari yordamida yig‘ishtiriladi. Hozirda mehnat unumdorligi yuqori4-qatorli BM-4 va RKS-4 kombaynlarida hosil yig‘ishtiriladi. Kombaynlarning ishini yengillatish uchun 21,6 m polosalar tayyorlanadi(qaytib olish uchun). Hosilni yig‘ishtirish konveyr usulida tashkilqilinadi.
|
| |