Elongatsiya RNK polimeraza promoterga birikkach, transkripsiyaning keyingi bosqichi – elongatsiya boshlanadi. Elongatsiya




Download 0.93 Mb.
bet4/7
Sana14.09.2022
Hajmi0.93 Mb.
#25902
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Genetika
UQMtMUsNqBy0QW3WcMzECCMcLoqbnpomSQMzTiQa, Feruza operatsion amaliy 1, Insoniyat taraqgiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning-kompy.info
Elongatsiya
RNK polimeraza promoterga birikkach, transkripsiyaning keyingi bosqichi – elongatsiya boshlanadi. Elongatsiya bosqichida RNK zanjiri asosan yangi nukleotidlar qoʻshilishi hisobiga uzunlashadi.
Elongatsiya davomida RNK polimeraza andoza zanjir deb nomlangan DNK zanjiri boʻylab 3ʼ-5ʼ yoʻnalishda harakatlanadi. Andozadagi har bir nukleotid uchun RNK polimeraza RNK zanjirining 3ʼ oxiriga komplimentar nukleotidlarni biriktiradi.



RNK polimeraza DNK andoza zanjiriga komplimentar RNK transkriptini 5ʼ dan 3ʼ ga tomon sintez qiladi. U andoza zanjiri boʻylab 3ʼ-5ʼ yoʻnalishi boʻyicha oldinga siljiydi va DNK qoʻsh spiralini ochadi. Sintezlangan RNK qisqa vaqt davomida andoza zanjirga bogʻlangan holda qoladi, soʻngra polimeraza olib tashlanadi, bu DNKga zanjirlarni yopib, yana qoʻsh spiral hosil qilish imkonini beradi.
Bu misolda kodlovchi zanjir, andoza zanjir va RNK transkript ketma-ketligi:
Kodlovchi zanjir: 5ʼ - ATGATSTSGTAA-3ʼ
Andoza zanjir: 3ʼ-TASTAGAGSATT-5ʼ
RNK: 5ʼ-AUGAUS...-3ʼ (nuqtalar 3ʼ oxirga hali ham nukleotidlar birikayotganini bildiradi)
RNK transkript DNKning andoza boʻlmagan yoki kodlovchi zanjiri bilan bir xil. Lekin RNK zanjirida timin (T) oʻrnida uratsil (U) boʻladi, uglevodlari ham farq qiladi. Yuqorida keltirilgan rasmda kodlovchi zanjirdagi T oʻrniga RNK transkriptida U joylashganini koʻrishimiz mumkin.

Quyidagi rasmda DNK bir vaqtning oʻzida koʻplab RNK polimerazalari tomonidan transkripsiya qilingani va ularning har birida RNK “dumi” borligi tasvirlangan. Polimerazalarda genning boshlanish qismida kalta RNK dumlari boʻladi va u genlar transkripsiya qilingani sari uzayib boradi.



Bu yerda tasvirlangan mikroskopik tasvirda bir vaqtning oʻzida koʻplab RNK polimerazalari tomonidan gen transkripsiyasi amalga oshirilmoqda. RNK zanjirlari genning boshlanishida kalta boʻladi va polimerazalar gen oxiriga yaqinlashgan sari uzayib boradi. Ushbu shakl oʻziga xos xanjarsimon tuzilma boʻlib, DNK asosida sintezlangan RNK transkriptlari hisobiga yuzaga kelgan.

Download 0.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elongatsiya RNK polimeraza promoterga birikkach, transkripsiyaning keyingi bosqichi – elongatsiya boshlanadi. Elongatsiya

Download 0.93 Mb.