• Xulosa Translyatsiya
  • RNK transkriptining keyingi taqdiri nima boʻladi?




    Download 0.93 Mb.
    bet6/7
    Sana14.09.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #25902
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kurs ishi Genetika
    UQMtMUsNqBy0QW3WcMzECCMcLoqbnpomSQMzTiQa, Feruza operatsion amaliy 1, Insoniyat taraqgiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning-kompy.info
    RNK transkriptining keyingi taqdiri nima boʻladi?
    Terminatsiyadan keyin transkripsiya yakunlanadi. Tayyor boʻlgan RNK transkript informatsion RNK (iRNK) sifatida translyatsiyada ishtirok etadi. Bakteriyalarda RNK transkripti transkripsiya tugashi bilan translyatsiyaga tayyor holatda boʻladi. Aslida ular bundan biroz oldinroq tayyor boʻladi: hali transkripsiya davom etayotgan paytda translyatsiya boshlanishi mumkin!
    Quyidagi rasmda turli genlardan transkripsiya qilingan iRNK tasvirlangan. Transkripsiya davom etayotgan boʻlsa ham, ribosomalar har bir iRNKga birikib, undan oqsil sintez qila boshlaydi. iRNKni bir nechta ribosomalar translyatsiya qilganda, iRNK va ribosomalar birgalikda poliribosomani hosil qiladi.


    Rasmda iRNKning gendan ajralishi tasvirlangan. Ribosomalar iRNKga transkripsiya yakuniga yetmasdan oldin birikadi va oqsil sintezini boshlaydi.
    Nima uchun bakteriyalardagi iRNK uchun transkripsiya va translyatsiya bir vaqtning oʻzida roʻy berishi mumkin? Buning sababi shundaki, bu jarayonlar bir xil 5ʼ dan 3ʼ ga tomon yoʻnalishda sodir boʻladi. Bu yangi oqsil hali translyatsiya boʻlayotgan oqsilga “yetib olishi” ham mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari, bakteriyalarda transkripsiya va translyatsiya jarayonlarini ajratib turuvchi membrana yoʻq.
    Bu jarayon inson hujayralari va boshqa eukariotlarda bakteriyalarnikidan farq qiladi. Chunki transkripsiya inson hujayrasi yadrosida, translyatsiya esa sitozolda kechadi. Shuningdek, eukariotlarda RNK molekulalari translyatsiyadan oldin maxsus ishlov berish bosqichlaridan oʻtishi kerak boʻladi. Bu shuni anglatadiki, transkripsiya va RNKni qayta ishlash bosqichlari tugallanmaguncha translyatsiya boshlanmaydi.


    Xulosa
    Translyatsiya (biologiyada) - genetik kodga binoan, informatsion RNK asosida oqsil polipeptid zanjirlari sintezi; tirik qujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining 2bosqichi. T. jarayonida iRNK molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tarzida yozilgan oqsil molekulasi toʻgʻrisidagi axborot nukleotidlar kodidan sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning muayyan ketma-ketligi holatiga oʻtkaziladi. Boshqacha qilib aytganda, iRNKdagi axborot nukleotidlar tilidan aminokislotalar tiliga oʻtkaziladi. T.da i RNK dan tashqari ribosomalar, transport RNK (tRNK), oqsillarning aminoatsil—tRNKsintetaza, initsiatsiya (boshlovchi), elongatsiya (polipeptidni davom ettiruvchi), terminatsiya (tamomlovchi) va boshqa omillardan iborat murakkab makromolekulyar kompleks ishtirok etadi. Aminokislotalarni RNK ribosomalarga olib boradi. T.ning initsiatsiya bosqichida ribosomaning kichik subbirligi, tRNK va initsiatsiya omili iRNK dagi kodoninitsiatorni tanib oladi. Shundan soʻng ribosomaning katta subbirligi qoʻshilib, oqsil sintezi boshlanadi. Bu sintez 3 bosqich: tRNK ning qoʻshilishi, peptid bogʻ hosil boʻlishi va ribosomalarning 3 nukleotidga siljishi — translokatsiya orqali boradi; shundan soʻng barcha sikl yana takrorlanadi. Kodonterminatorlarni tanib olishda terminatsiyaning oqsil omillari polipeptid zanjirining ribosomadan ajralishini katalizlaydi. Oksil sintezida iRNK poliribosoma tarkibiga kiradi. Har bir poliribosomada bir vaqtning oʻzida 100 tagacha ribosomalar sintezni olib boradi. Prokariotlarda poliribosomalar transkripsiya davrida i RNK da (DNKdan ajralmasdan oldin) qosil boʻladi. Eukariotlarda oqsil sintezi sitoplazmada boradi.

    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    RNK transkriptining keyingi taqdiri nima boʻladi?

    Download 0.93 Mb.