• Rho ga bogʻliq terminatsiyada
  • Rho ga bogʻliq boʻlmagan terminatsiya
  • Transkripsion terminatsiya




    Download 0.93 Mb.
    bet5/7
    Sana14.09.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #25902
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kurs ishi Genetika
    UQMtMUsNqBy0QW3WcMzECCMcLoqbnpomSQMzTiQa, Feruza operatsion amaliy 1, Insoniyat taraqgiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning-kompy.info
    Transkripsion terminatsiya
    RNK polimeraza toʻxtash haqida signal boʻlmaguncha transkripsiyani davom ettiradi. Transkripsiyaning tugallanish jarayoni terminatsiya deb yuritiladi va bu jarayon polimeraza DNKning terminator deb nomlangan qismini transkripsiya qilganda sodir boʻladi.
    Bakteriyalarda terminatsiya
    Bakteriyalarda terminatsiyaning ikkita katta usuli bor: Rho ga bogʻliq va Rho ga bogʻliq boʻlmagan.
    Rho ga bogʻliq terminatsiyada RNK Rho faktor deb nomlanadigan oqsil uchun maxsus birikish nuqtasiga ega boʻladi. Rho faktor shu qismga birikadi va RNK boʻylab polimeraza tomon “sirgʻalib” chiqa boshlaydi.



    Rho ga bogʻliq terminatsiya. Terminator deb iRNKdagi Rho oqsili bogʻlanadigan qismni kodlovchi nukleotidlar ketma-ketligiga aytiladi. Bu transkripsiyaning toʻxtash nuqtasi hisoblanadi (chunki bu qism RNK polimerazani Rho faktori unga yetib olguncha toʻxtatib turadi). Rho iRNKdagi Rho bogʻlanadigan joyga bogʻlanib, RNK transkripti boʻylab 5ʼ dan 3ʼ ga yoʻnalishida polimeraza joylashgan transkripsiya pufagi tomon harakatlanadi. Oqsil polimerazaga yetganda transkriptning ajralishiga va transkripsiya yakunlanishiga sabab boʻladi.
    Rho transkripsion pufakda polimerazaga yetgach, RNK transkript va DNK zanjirini bir-biridan uzadi, RNK ajraladi va transkripsiya yakunlanadi. Keyinroq DNKda aniqlangan, transkripsion stop nuqtasi deb nomlangan qism RNK polimerazani toʻxtatadi va Rho ning unga yetib olishiga sharoit yaratadi.

    Rho ga bogʻliq boʻlmagan terminatsiya DNK andoza zanjiridagi maxsus qismga bogʻliq. Transkripsiya qilinayotgan gen tugashiga yaqin qolganda RNK polimeraza S va G ga boy qismga duch keladi. Bu qismdan transkripsiyalangan RNK qismi oʻraladi va komplimentar boʻlgan S va G oʻzaro bogʻlar hosil qiladi. Natijada polimerazaning toʻxtashiga olib keladigan stabil toʻgʻnagʻich hosil boʻladi.


    Rho ga bogʻliq terminatsiya. DNKdagi terminator RNKda toʻgʻnagʻich shaklini hosil qilib oʻraluvchi qismni kodlaydi. Bu qism RNKda koʻp takrorlangan U nukleotidlaridan keyin keladi. Toʻgʻnogʻich polimerazani toʻxtatadi, andoza DNKning A nukleotidlari va RNKning U nukleotidlari orasidagi kuchsiz bogʻlar RNKning oson ajralishiga va transkripsiyaning tugashiga sharoit yaratadi.
    Terminatorda DNK andozasidagi A nukleotidlari bilan mos keladigan, RNK tarkibidagi U nukleotidlarning qisqarishi kuzatiladi. RNK transkriptining bir-biriga komplimentar U-A qismlari andoza DNK bilan kuchsiz bogʻ hosil qiladi. Bu holat RNK transkriptini chiqarib yuborish uchun va toʻxtab qolgan polimeraza fermentini ajratishga yetarli boʻlgan beqarorlikni hosil qiladi.

    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.93 Mb.