• Transkripsion initsiatsiya Gen transkripsiyasini boshlash uchun RNK polimeraza DNKning promoter
  • Qobulova moxlaroyning genetika va genomika asoslari fanidan




    Download 0.93 Mb.
    bet2/7
    Sana14.09.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #25902
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kurs ishi Genetika
    UQMtMUsNqBy0QW3WcMzECCMcLoqbnpomSQMzTiQa, Feruza operatsion amaliy 1, Insoniyat taraqgiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning-kompy.info
    RNK polimeraza
    RNK polimeraza – DNKdan RNK transkripsiya qiluvchi ferment. RNK polimeraza andoza DNKdan foydalanib yangi RNK molekulasini sintezlaydi. Masalan, agar andozada G boʻlsa, RNK polimeraza yangi zanjirga S qoʻshadi.



    RNK polimeraza andoza DNK zanjiriga komplimentar RNK zanjirini sintez qiladi. Andoza DNK zanjiri 3ʼ- 5ʼ yoʻnalishda oʻqilganda, RNK zanjiri 5ʼ- 3ʼ yoʻnalishda sintezlanadi. Andoza DNK zanjiri va RNK zanjiri antiparalleldir.
    RNK transkript: 5ʼ-UGGUAGU...-3ʼ (nuqtalar 3ʼ oxiriga hali ham nukleotidlar qoʻshilishi davom etayotganini bildiradi) DNK andoza: 3ʼ-ASSATSAGTS-5ʼ
    RNK polimeraza yangi zanjirni doimo 5ʼ-3ʼ yoʻnalishida sintez qiladi. Bunda RNK nukleotidlari zanjirning 3ʼ oxiriga qoʻshilib boradi.
    Bakteriyalar kabi oddiy tuzilishga ega boʻlgan organizmlarda ham RNK polimerazalari mavjud va bir necha subbirliklardan iborat yirik fermentlar hisoblanadi. Odamlar va boshqa eukariotlarda uch xil RNK polimerazalari mavjud: I, II va III. Ularning har biri maʼlum bir gen sinflarini transkripsiya qilishga ixtisoslashgan. Oʻsimlikar maʼlum turdagi kichik RNKlarni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi ikki xil: IV va V chi qoʻshimcha RNK polimerazalarga ham ega.
    Transkripsion initsiatsiya
    Gen transkripsiyasini boshlash uchun RNK polimeraza DNKning promoter deb nomlangan qismiga birikadi. Polimerazaga DNKning qayeriga birikish kerakligini asosan promoter aniqlab beradi.



    Promoter transkripsiyalanuvchi qismdan biroz oldinroqda joylashadi. Bu qism RNK polimeraza taniydigan va yordamchi oqsillar bogʻlanishini taʼminlaydigan nuqtalarni oʻz ichiga oladi. DNK promoter qismidan ochilib, transkripsiya uchun tayyor holatga keladi.
    Har bir gen (yoki bakteriya hujayrasida birgalikda transkripsiyalangan har bir genlar guruhi) oʻz promoteriga ega. Promoterda RNK polimeraza yoki uning yordamchi oqsillari birikadigan maxsus DNK ketma-ketligi mavjud. Transkripsiya pufakchasi hosil boʻlgach, polimeraza transkripsiyani boshlaydi.

    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qobulova moxlaroyning genetika va genomika asoslari fanidan

    Download 0.93 Mb.