• Inson organizmida promoterlar
  • Qobulova moxlaroyning genetika va genomika asoslari fanidan




    Download 0.93 Mb.
    bet3/7
    Sana14.09.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #25902
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kurs ishi Genetika
    UQMtMUsNqBy0QW3WcMzECCMcLoqbnpomSQMzTiQa, Feruza operatsion amaliy 1, Insoniyat taraqgiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning-kompy.info
    Bakteriyada promoterlar
    Promoter qanday ishlashini bakteriya misolida koʻrib chiqamiz. Bakteriya hujayrasidagi tipik promoter ikkita muhim DNK ketma-ketligidan iborat: -101010 va -353535 elementlar.
    RNK polimeraza aynan shu qismlarni taniydi va ularga birikadi. Qismlar kerakli gen transkripsiyasini boshlash uchun polimerazani kerakli joyga joylashtiradi va uning toʻgʻri yoʻnalishda ekanini tekshiradi. 
    [Qanday qilib?]
    RNK polimeraza bogʻlangach, DNKni ochadi va ishni boshlaydi. DNKning ochilishi -101010 elementdan boshlanadi, u yerda zanjirlar A va T nukleotidlari koʻpligi tufayli oson ajraladi (ular oʻrtasida ikkita vodorod bogʻi mavjud).



    Bakterial promoter. Promoter transkripsion qismdan oldinroqda joylashadi, oʻzidan oldin kelgan DNKni oʻrab oladi va transkripsiyalanuvchi saytni maʼlum miqdorda qamrab oladi. Promoter ikkita elementdan, yaʼni -10 va -35 dan iborat. -35 elementi boshlangʻich nuqtadan (+1) 35 ta nukleotid oldinda joylashadi. -10 elementi esa 10 ta nukleotid oldinda joylashadi. Bu misolda -35 elementning ketma-ketligi (kodlovchi zanjirda) 5ʼ-TTGASG-3ʼ, -10 elementning ketma-ketligi 5ʼ-TATAAT-3ʼ. RNK polimeraza -10 va -35 elementlariga bogʻlanishi uchun maxsus nuqtalar mavjud.
    -101010 va -353535 elementlarining nomi ular initsiatsiya nuqtasidan (DNKda +1+1plus, 1) nechta nukleotid oldinda kelishiga bogʻliq. Manfiylik belgisi ular initsiatsiya nuqtasidan oldin kelishini bildiradi.

    Inson organizmida promoterlar
    Eukariot hujayralarda, masalan, inson hujayralarida RNK polimeraza bakteriya hujayrasining RNK polimerazasi kabi bevosita promoterga birikmaydi. Bunda promoterga birinchi boʻlib bazal (umumiytranskripsion faktor deb nomlangan yordamchi oqsillar birikadi va RNK polimeraza uchun tayanch nuqta hosil qiladi.
    Aksariyat eukariot hujayra promoterlari TATA boks deb nomlangan ketma-ketlikka ega. TATA boks bakteriyalardagi -101010 elementga qaraganda kattaroq vazifani bajaradi. Umumiy transkripsion faktorlar bu qismni taniydi va natijada RNK polimerazaning birikishi uchun sharoit yaratadi. TATA boks bundan tashqari koʻplab A va T nukleotidlarini tutadi, bu esa DNK zanjirlarining oson ajralishiga imkon yaratadi.


    Quyida eukariot gen promoteri tasvirlangan. Promoter transkripsiyaning boshlanish nuqtasidan (+1) oldinda joylashadi va transkripsiya boshlanuvchi saytni biroz qoplab turadi. (Kodlovchi zanjirda) 5ʼ-TATAAA-3ʼ ketma-ketlikni tutuvchi TATA boksni oʻz ichiga oladi. Oldiniga umumiy transkripsion faktor TATA boksga birikadi. Keyin boshqa umumiy transkripsion faktor birikadi. Oxiri RNK polimeraza II va boshqa qoʻshimcha transkripsion faktorlar promoterga bogʻlanadi.

    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qobulova moxlaroyning genetika va genomika asoslari fanidan

    Download 0.93 Mb.