Malaka ishining maqsadi va vazifalari




Download 1,46 Mb.
bet4/16
Sana17.05.2024
Hajmi1,46 Mb.
#239888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
PKJ ulgi

Malaka ishining maqsadi va vazifalari.
Malaka ishining maqsadi Multimediya texnologiyalaridan foydalanib “Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash” mavzusini óqitish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Kasb-hunar maktablarida asosiy adabiyotlar bóyicha informatika kursidagi kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash” mavzusini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish mazmunini qisqacha tahlil qilish, an’anaviy óqitish metodikasi asosida darslarni tashkil etish va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan óqitish metodikasi asosida tashkil etish usullarini ozaro taqqoslash, tahlil qilish va amaliy darslarni kichik guruhlarda óqitish uslubi asosida tashkil etish samaradorligi toǵrisida metodik fikrlarni tavsiya etish;
Informatika kursidan kompyuter grafik obektlari bilan ishlash mavzusini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish mavzusini óqitishda nazariy, amaliy masalalar ishlash hamda laboratoriya mashǵulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol usullardan foydalanib tashkil etish metodikasiga oid takliflar tayyorlashdan iborat.
Mavzu bóyicha adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar sharhi (tahlili). Ózbekiston Respublikasining «Tálim tóǵrisida»gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Ózbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2018-yil, 28-dekabr) kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Ózbekistonda uzluksiz tálim tizimida informatika va axborot texnologiyalarini óqitish muammolari bóyicha rivojlanishining nazariy, nazariy-metodik va ijtimoiy pedagogik asoslari respublikamizning bir qator olimlari tomonidan órganilgan.
Jumladan, tálimda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning nazariyasi va metodik masalalari quyidagi olimlar tomonidan órganilgan: - uzluksiz tálim tizimida «Informatika va axborot texnologiyalari»ni óqitishning ilmiy metodik muammolari M.Ziyaxodjaev, T.Azlarov, A.A.Abduqodirov, M.Aripov, A.B.Ahmedov, N.I.Taylaqov, R.Boqiev, B.Boltaev, U.Yuldashev, M.Mamarajabov, F.Zakirova, A.Ǵ.Hayitov va boshqalar; Sagatov M.V., Asqarxójayev B.S. Kopyuter grafikasi, zamonaviy tálim tizimining metodologik asoslari U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, S.T.Turǵunov, A.R.Xodjabaev va boshqalar; pedagogik dasturiy vositalar va elektron óquv uslubiy adabiyotlar yaratish muammolari F.Zakirova, N.I.Taylaqov, A.Ǵ.Hayitov va boshqalar. Mazkur ishlarda tálim jarayonini axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishda óziga xos usullardan foydalanish nazarda tutilgan.
Malaka ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Malaka ishining nazariy ahamiyati innovatsion texnologiyalarni qollab námunaviy óquv mashǵulotlarini óqitish tálim tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi va egallashi uchun xizmat qilishdan iborat.
Malaka ishining amaliy ahamiyati esa Kasb-hunar maktablarida óqituvchilarga informatika kursining informatika fanini óqitishda kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash” mavzusini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish darslarni tashkil etishda hamda amaliy mashǵulotlarni ótkazishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Malaka ishining tuzilmasining tavsifi. Malaka ishning umumiy hajmi 50 betdan iborat bólib, shundan kirish, I bob, II bob xulosa va adabiyotlar róyxatidan iborat. Malaka ishida 3 ta rasm va 6 ta jadvaldan iborat.
I
Download 1,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malaka ishining maqsadi va vazifalari

Download 1,46 Mb.