• 2. Kompyuter grafikasi turlari.
  • BOB. KOMPYUTERDA GRAFIK OBYEKTLAR BILAN ISHLASH MAVZUSINI ÓQITISHDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIY TAHLILI




    Download 1,46 Mb.
    bet5/16
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,46 Mb.
    #239888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    PKJ ulgi

    BOB. KOMPYUTERDA GRAFIK OBYEKTLAR BILAN ISHLASH MAVZUSINI ÓQITISHDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIY TAHLILI
    1.1. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi.
    Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham tólaqonli grafik tizimlar mavjud bólgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi va kompyuter animatsiyasi atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha kórinishlari óz ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik ózgaruvchi tasvirlar Bilan ishlaydi. Kompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik obektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, ózgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bólib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari ѐrdamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini órganadi. Virtual fazoda xajmli obektlarni yaratish usullarini órganuvchi soha uch ólchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
    2. Kompyuter grafikasi turlari.
    Tuzilishiga kóra tasvirlar rastrli ѐki vektorli bólishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni kópgina mayda elementlar (piksellar)ga bólib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
    Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bólib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning malum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bóyicha (800) va vertikal bóyicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik kóp bólsa tasvirning ekrandagi va qoǵozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bóladi.
    Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bóyalish rangini kórsatish orqali xosil qilinadi. Maslan oq fondagi qizil ellips bor yóǵi ikki formula – tóǵri tórtburchak va ellipsning ranglari, ólchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan kóra kamroq joy egallaydi.
    Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Rang modellari. Kompyuter grafikasida rang juda muxim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini óynaydi. Biz kóraѐtgan ѐritilgan buyumdan qaytgan ѐruǵlik kóz qorachiǵi orqali kózimizga ótadi va kóz ichidagi asab xójayralarini qózǵatadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boǵlanganligi tufayli kóz ѐruǵligi miyaga ótadi va ongimizda buyumni kórish tuyǵusi paydo bóladi. Biz buyumni kóramiz. Atrof muhitni bunday kórish qobiliyati kórish deb, kórish azosi esa kóz deb ataladi. Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda kóp malumot olamiz. Bu malumotlarning 90% ni kórish orqali qabul qilamiz. Yoruǵlik oqimi bu malumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning kózimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali boǵlangan. Agar kózning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida óxshashlik borliǵini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bólmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va kók ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bóladi.

    Rasm. 1.1. RGB modeli.
    Rang modellari. RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – kók birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bólib, ushbu ranglarning turli proportsiyalarda aralashtirish natijasida kórinuvchi spektrning turli xil boshka ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yeloó) ranglar xosil bóladi.

    Rasm. 1.2. CMYK modeli.
    Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yelloó) ranglar aralashmasidan paydo bóladi. Ularning tóliq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bóladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. HSB modeli. Model nomi unga asos bólgan uch komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni; Saturation - tóyinganlik; Brightness - ѐrqinlik. Model odam kózining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan. Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi Bilan tavsiflanadi. Tóyinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – tóla tóyingan rang). Rangning ѐrqinligi 0 dan 100 gacha ózgarishi mumkin.


    Download 1,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOB. KOMPYUTERDA GRAFIK OBYEKTLAR BILAN ISHLASH MAVZUSINI ÓQITISHDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIY TAHLILI

    Download 1,46 Mb.