|
Qoraqolpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|
bet | 3/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #239888 |
Bog'liq PKJ ulgiXULOSA..................................................................................................
|
47
|
|
ADABIYOTLAR RÓYXATI...............................................................
|
48
|
KIRISH
Malaka ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi.
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yólida borayotgan mamlakatimizning uzluksiz tálim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichgi kótarish, unga ilǵor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda tálim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga kótarildi. Ózbekiston Respublikasida “Tálim tóǵrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz tálim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashningasosi yaratildi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning óquv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog óqituvchi óz kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi.
Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazidagi masalalar qatoriga tálim jarayonini axborotlashtirish masalasi ham kirib, ushbu masalani hal etish bóyicha qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Bu qonun va qarorlarning asosini óquv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi biladigan va óz kasbiy faoliyatida ulardan samarali foydalanadigan yuqori malakali, axboriy madaniyatga ega mutaxassislarni tayyorlash tashkil etadi.
Ózbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak mánaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga kótarish maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, márifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif berdilar.
Ózbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Butun tálim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-óqituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta tálim berish, ularni jismoniy va mánaviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir” deb kórsatgan edi.
Bugun har bir óqituvchi óziga ishonib topshirilgan har bir soat darsni muqaddas deb bilishi va unga zarracha xiyonat qilib bólmasligini his etishi lozim. Óqituvchining darsga puxta tayyorgarligi tálim muvaffaqiyati va samarasi garovidir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish uzluksiz talim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni kózda tutadi. Buning uchun, avvalo, talim tizimining barcha shakldagi muassasalarida talim jarayoniniilǵor, ilmiy – uslubiy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy uslubiyat bilan amalda taminlash lozim. Yosh avlodga talim – tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga kóra fan, texnika va ilǵor texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi talim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahon miqyosida tálim sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, zamonaviy óquv loyihalari negizida ishlab chiqilib, mamlakatlarning milliy kasbiy malaka talablarini xalqaro andozalarga moslashtirish asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda ilǵor pedagogik tadqiqotlar bilan shuǵullanuvchi University of the West of England (Angliya), Curtin University (Avstraliya), Emily Carr University of Art and Design (Kanada), Art Center Colleje of Design (AQSH) kabi nufuzlitálim muassasalarida kasb-hunar tálimi mazmunini modernizatsiyalash ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jahon andozalariga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash kóp jihatdan tálimning barqaror rivojlanishiga hamda uni táminlovchi pedagog kadrlarni tayyorlash bilan boǵliqdir. Óz navbatida bu óquv jarayoniniilǵor pedagogik texnologiyalar talabi asosida tashkil qilish orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi. Bu esa tálim jarayonini bozor iqtisodiyoti talablariniinobatga olgan holda tashkil etish, unga tegishlióqitish texnologiyalarni joriy qilish, tálim mazmunini doimiy ravishda yangilab borishga qaratilgan uslubiy táminotni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Xususan, Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Ózbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bóyicha Harakatlar strategiyasi tóǵrisida”gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan “Uzluksiz tálim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli tálim xizmatlariimkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” vazifalarini amalga oshirishda tálim muassasalari faoliyatining sifatihamda samaradorligini oshirish va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish..., 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy tálim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tóǵrisida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy tálim muassasalarida tálim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovliislohotlarda faol ishtirokini táminlash bóyicha qóshimcha chora-tadbirlar tóǵrisida”gi qarorlarida tálimniinnovatsion texnologiyalari asosida rivojlantirish, yangi paradigmalariniishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlari orqalióqitishning an’anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish hamda didaktik vositalarning integrativ imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali tálim sifatini oshirish kózda tutilmoqda.
Tálim muassasalaridagi óquv jarayonini davlat tálim standartiga mos ravishda, kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlashni óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanishda tálim texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish óqituvchilardan yuqori malakani talab qiladi.
Ishlab chiqarish texnologiyalarining yangilanayotganligi, fan kashfiyotlari va texnikani bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib borishi mutaxassis kadrlardan óz bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda chuqurlashtirib, yangilab, tóldirib va kengaytirib borishni talab etadi.
Informatika faninida kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlashni óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanishda zamonaviy texnolagiyalar asosida órganish zamon talabiga aylanib ulgurdi. Kasb-hunar maktablarida informatika fani ótiladi. Bu fandagi olingan bilimlar óquvchilarga har bir mavzuni chuqur órgatish zarur xisoblanadi.
Malaka ishining obyekti: Kompyuter grafik obektlari bilan ishlash mavzusini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish jarayoni.
Malaka ishining predmeti: Kasb-hunar maktablarida informatika fanida kompyuter grafik obektlari bilan ishlash mavzusini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish yóllari va usullari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qoraqolpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
|