|
Informatika fanini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish
|
bet | 6/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #239888 |
Bog'liq PKJ ulgi1.2. Informatika fanini óqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanish
Multimеdia vоsitalari asоsida óquvchilarga tálim bеrish va kadrlarni qayta tayyorlashni yólga qóyish hоzirgi kunning dоlzarb masalaridandir. Multimеdia tushunchasi 90 – yillar bоshida hayotimizga kirib kеldi. Uning ózi nima dеgan savоl tug`iladi? Kópgina mutahisislar bu atamani turlicha tahmin qilishmоqda. Bizning fikrimizcha, multimеdia – bu infоrmatikaning dasturiy va tехnikaviy vоsitalari asоsida audiо, vidiо, matn, grafika va animatsiya (оb’еktlarining fazоdagi хarakati) effеktlari asоsida óquv matеriallarini óquvchilarga еtkazib bеrishning mujassamlangan hоldagi kórinishidir. Amaliyot shuni kórsatmоqdaki, multimеdia vоsitalari asоsida óquvchilarni óqitish ikki barоbar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimеdia vоsitalari asоsida bilim оlishda 30 % tеjash mumkin bólib, оlingan bilimlar esa хоtirada uzоq muddat saqlanib qоladi. Agar óquvchilar bеrilayotgan matеraillarni kórish (videо) asоsida qabul qilsa, aхbоrоtni hоtirada saqlab qоlinishi 25-30 % оshadi. Bunga kóshimcha sifatida óquv matеriallari audiо, videо va grafika kórinishida mujassamlashgan hоlda bеrilsa, matеriallarni hоtirada saqlab qоlish 75 % оrtadi.
Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimedia loyihasini yaratish. Bu yerda har kim ózining bor ijodiy óziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma'lumotlar bazasi yaratish bilimlariga ega bólmasdan multimediali loyiha tayyorlab bólmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy vositalar borki, ularning ishlash texnologiyasini órganib, kópfunksiyali ishlash vositalariga ega bólish mumkin. Biz sizga namunali dasturiy vositalar yordamida amalda shunday qilishni órgatamiz. Vositalarni qanday ózlashtirishingiz emas, balki multitimedia mahsulotini yaratish texnologiyasining ózi muhim hisoblanadi. Multimedia mahsuloti ózi nima? Bu hujjatli filmga juda óxshash, faqat kompyuterda mavjud mahsulot. Bu yerda musiqa, rang effektlari, harakat (animatsiya), ovoz bor. Multimedia mahsulotida asosiy narsa nima? Har bir filmda bólgani kabi bu – ssenariy. Siz bir vaqtning ózida ham ssenarist, ham rejissyor, ham rassom, ham operator bólishingiz kerak. Faqatgina óz mavzusini óylab topish emas, balki uni kompyuter ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga bólib taqdim etishni ham órganish kerak. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir kadr bezagi va ularning ózaro aloqasini óylab topishingiz kerak. Alohida slaydlar, fragmentlar, ma'lumotlar bazalari yaratish bóyicha oldindan kóp ishlash talab qilinadi. Faqat shundan keyingina avvaldan tayyorlangan barcha fragmentlarni birlashtirishga kirishish mumkin. Kompyuterdagi ensiklopediyalar, elektron darsliklar, dam olish va bilim olish uchun zarur dasturlar va boshqalar haqida gap ketganda hozirgi vaqtda asosan multimedia mahsuloti yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Multimedia mahsuloti ózi nima? Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya'ni inson va kompyuter órtasida komandalar va javoblar almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga ózicha u yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofilmni juda eslatadi. Multimedia mahsuloti – tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar, animatsiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bólgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulot. Multimedia mahsulotlarini quyidagilarga bólish mumkin:
- ensiklopediyalar;
- órgatuvchi dasturlar;
- ongni rivojlantiruvchi dasturlar;
- bolalar uchun dasturlar;
- óyinlar.
Sónggi yillarda multimedia mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin bólgan darajaga keldi. Ularning ishlatilishi har doim ham bir xil emas. Turli multimedia jihozlarini sotib olishda quyidagi kórsatkichlarga ahamiyat berish kerak:
- berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi;
- berilayotgan grafik materialning sifati;
- ovoz jórligi (matn, musiqiy bezak va b.);
- videomaterial mavjudligi va ularning sifati;
- interfaollik imkoniyatlari (turli yónalishlarda kórish, materialni chuqur órganish, chop etish imkoniyati va boshqalar);
- dóstona interfeys.
Har bir tayyor multimedia mahsuloti ham ushbu talablarga javob beravermaydi, qolaversa, sizning shaxsiy qiziqishlaringiz mualliflar tomonidan taklif qilingan yónalishdan farq qilishi mumkin. Bu holatda siz tanlagan mavzuingizni ochib beradigan óz dasturiy mahsulotingizni ishlab chiqishingiz va xususiy interfeysingizni yaratishingiz mumkin.
Multimedia mahsuloti ishlab chiqish qiyin va qimmat turadigan jarayon bólishiga qaramasdan nafaqat dasturchilar, balki kóplab rassomlar, dizaynerlar ushbu óziga tortuvchi ishga qól urmoqdalar. Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagilarni jalb qilish mumkin:
Butun malakali dasturchilar guruhi bilan ishlashni talab qiluvchi
dasturlash tili.
Instrumental vositalar, ya'ni Macromedia Director, Formula Graphics
Multimedia System, Multimedia Creator, Asymetrix ToolBook, AuthorWare Professional va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. Bu shaklda yaratilgan loyihalar birmuncha arzon, shu bois unchalik universal emas, qóllanilgan instrumentlar imkoniyatlari cheklangan bólsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositalar yordamida ishlay oladilar.
Ta'lim berish maqsadida multimedia mahsulotini Microsoft Office dasturlari asosida ishlab chiqish mumkin, materialni tayyorlash uchun esa PhotoShop (rasmlarni qayta ishlash), Adobe Premier yoki Vstudio2 (videokliplarni qayta ishlash), Stoik Software (tasvirlarni qayta ishlash va morfing yaratish), fonograf Windows 95 (ovoz yozish va uni qayta ishlash uchun) kabi qóshimcha dasturlardan foydalaniladi.
Multimediali dasturiy mahsulot kópincha ishlatish mumkin bólgan ma'lumotlar bazalaridan tarkib topadi, masalan, Access yoki Works yordamida. Rasmlar yoki kliplar namoyishi PowerPoint dasturi yordamida amalga oshiriladi. Interfaollik rejimini yaratish uchun tóliqroq izohga murojaat qilishga yordam beradigan gipermurojaatlardan foydalaniladi. Birinchi navbatda ta'lim beradigan multimediali loyihani yaratib, uning asosida belgilangan mavzular bóyicha darslar yoki tematik ensiklopediyalar ishlab chiqishingiz mumkin (musiqa yónalishlari, sevimli qóshiqchilar, mashhur artistlar, kino yangiliklari va b.). Buning uchun ikki xil dasturiy vositalarga ega bólish lozim:
- multimedia mahsulotiga qóshilishi kerak bólgan materialni tayyorlash;
- mahsulotning ózini yaratish.
Material tayyorlash uchun móljallangan dasturiy mahsulotlarning umumiy sharhi
Multimedia mahsulotiga qóshiladigan material rasmlar, audio va videoyozuvlar, matnlar holida berilishi mumkin. Bular ishlash uchun munosib instrumentlarga ega bólgan óz dasturiy vositalari mavjud ma'lumotning turli kórinishlaridir. Quyida ma'lumotning turli shakllari uchun nisbatan mashhur dasturiy mahsulotlar keltiriladi. Grafik ob'yektlarni qayta ishlash Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash).
Skanerlash deganda qoǵoz kórinishidagi ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik óqilishi va kompyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi.
- PhotoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yoruǵlik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini ózgartirish).
- PhotoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur (tózatish, rang ózgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan tóyinganlik va b. ni ózgartirish). Rasm yaratish va tahrirlash sizga tanish. Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta'rif berib ótamiz:
- PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot. Ushbu tahrir dasturi kópgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan (qayirish, bórtma kórinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) ótkazishga imkon beradi.
- Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga óxshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybóyoqda, óyma naqsh, emal va b.
- Paint – rasm oriyentatsiyasini ózgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan ishlaydi.
Videoyozuvlarni qayta ishlash.
Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni oldindan raqamli kórinishga ótkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli shaklga ótkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish mumkin bóladigan raqamli shaklga ózgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga ótkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh bólgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga ótkazilgan videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bólishi yetarli:
- Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga ótkazish uchun ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi.
- Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida kóplab ótishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar ólchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati trayektoriyasini) ózgartirishi mumkin.
- MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam ózgarib ótishi tushuniladi.
Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl yaratiladi.
Tovushni qayta ishlash. Fonograf – Windows 95ning (CD-disklar, mikrofon va chiziqli) ovoz yozishga va uni tahrirlash (ovozni kótarish/pasaytirish, tezlikni kótarish/pasaytirish, exo effekti yaratish)ga imkon beradigan standart dasturi.
Matnni qayta ishlash.
Matn bilan ishlashda uning qaysidir qismini bevosita klaviatura yordamida kompyuterga kiritish mumkin, katta hajmdagi ózgarmaydigan matnlarni keyinchalik maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida qayta ishlashni kózda tutib
skaner yordamida kiritish qulay. FineReader – keyinchalik matn muharrirlarida tahrirlash uchun skanerlangan materiallarni matn shakliga ótkazuvchi dastur. Multimedia mahsulotlari yaratishga móljallangan dasturlar sharhi - Macromedia Director – taqdimot va multimedia mahsulotlari yaratishga xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar, slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi. - Formula Graphics Multimedia System – interfaol rejimda shlovchi multimedia dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi. Sanab ótilgan dasturlar qimmat turadi, shuning uchun foydalanuvchilar orasida bular kam ishlatiladi. Litseyda multimedia loyihalarni ishlab chiqish uchun nima qilish kerak, buning uchun keng imkoniyatlarga ega bólgan Microsoft Office dasturlaridan foydalanish yetarli. Agar loyihangizga ma'lumotlar bazasi qóshishni istasangiz, sizga Access, animatsiya effektlari bilan taqdimot tayyorlashingiz uchun esa PowerPoint dasturi kerak bóladi. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari Multimedia loyihasini ishlab chiqishda órtacha holatdagi mahsulotdan a'lo darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e'tibor qaratish lozim bóladi. Birinchidan, e'tiborga olinishi kerak bólgan narsa – bu loyihaning mavzusi. U kópchilik foydalanuvchilarga qiziqarli bólishi kerak, shundagina ushbu mahsulot tanila boshlaydi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi, kórib chiqilayotgan masalalarning ótkirligi, ijodiy va madaniy rivojlantirish imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham óta muhim sanaladi. Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat bóladigan amaliy maqsadidir:
- qandaydir axborotni namoyish etishda (masalan, yoqtirgan qóshiqchilaringizni tanlash);
- qaysidir malakalarga órgatishda (masalan, sochni qanday turmaklash yoki ovqat tayyorlash);
- qaysidir soha bóyicha bilimlarni berish (masalan, óquv fanlari bóyicha multimedia darslari yoki ma'lumotnoma yaratish).
Loyihani yaratishda e'tibor qaratilishi lozim bólgan uchinchi narsa yaxshi yozilgan ssenariy va ish jarayonida kórsatilayotgan xizmatlarning sifatidir. Sizning loyihangizga bólgan talab siz taqdim etayotgan axborotlar bilan ishlashning qulayligiga boǵliq. Grafik va videomateriallarning sifati tórtinchi muhim narsa hisoblanadi. Videomateriallarning mavjudligi har qanday axborotni ózlashtirishni yaxshilaydi, grafikaning yuqori sifatliligi esa rasm va slaydlarni zavqlanib kórish imkoniyatini beradi, sifatning past bólishi noqulaylik tuǵdiradi va materialning ózlashtirilishiga xalaqit beradi. Bunday sifat loyihaga jalb etilgan matnlarga ham taalluqli. Hech qanday orfografik yoki stilistik xatolarga yól qóyib bólmaydi. Axborotlarning tezkorligi, tóliqligi va haqqoniyligi ham muhimdir. Loyiha ustida ish boshlaganda ma'lumotlarni taqdim etish modelini tanlash lozim va u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- axborotlar taqdim etilishining kórgazmaliligi;
- axborotlar kiritishning soddaligi;
- axborotlarni qidirish, kórish va tanlash qulayligi;
- boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati;
- loyihani qayta tózatish imkoniyati (yangi ma'lumot qóshish yoki óchirish);
- interfaol rejimni ta'minlab beruvchi yaxshi interfeys.
Multimedia loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma- ketligini saqlash kerak bóladi.
I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qóyilishi. Mavzu aniqlangandan sóng multimedia mahsulotini yaratish uchun aniq topshiriqlarni yozish kerak bóladi, u yerda maqsad va vazifalar kórsatilgan bólishi kerak.
II bosqich. Ob'yektni tahlil qilish.
Ushbu bosqichda loyiha qanday ob'yektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu ob'yektlar qanday parametrlar bilan ajralib turishi kórib chiqiladi. Agar siz biologiya bóyicha multimediali ensiklopediya yaratayotgan bólsangiz, ob'yekt sifatida har bir hayvon turi uchun alohida dasturiy mahsulotni kórib chiqish mumkin. Multimediali dars ishlanmasini tayorlashda tushuntirish qismi, materiallar bilan ishlash, nazorat qismi kabi tarkibiy tashkil etuvchilarni nazarda tótish kerak. Multimedia loyihasini tayyorlagandan sóng har bir ob'yektning alohida xususiyatlarini kórib chiqish kerak. Bu ma'lumotlarni alohida yozuv va jadvallar kórinishida joylashtirish mumkin.
III bosqich. Stsenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish.
Stsenariyni ishlab chiqishda mahsulot bilan ishlash ketma-ketligi, ishning ózgarishi mumkinligi va undan chiqish (ishni tugatish)ni nazarda tótish kerak bóladi. Avariya holatlarining oldini olish maqsadida ularni hisoblab chiqish muhim, shuningdek, ishning kóp variantlilik darajasini, ya'ni bir xil natijaga turli yóllar bilan erishish imkoniyatlarini tekshirib kórish kerak. Stsenariyda ish jarayoniga tovush jórligi kiritilgan bólishi, masalan, ekranda matn musiqiy yoki istalgan tovush jórligida paydo bólishi kerak. Bunda unisi ham, bunisi ham ishga xalaqit bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. Agar dastur imkoniyatlari yól bersa, tovushni óchirib qóyishni ham nazarda tótish mumkin. Ikkinchi bosqich tahlili natijalaridan foydalangan holda kelgusi loyihaning muayyan modelini tanlash kerak. Model tanlanganidan sóng ilovalar yoki bóǵinlar orasidagi boǵlanishlarni kórsatgan holda uning chizmasini chizish kerak.
IV bosqich. Axborotlarni taqdim etish shakli va dasturiy mahsulot- larni tanlash.
Stsenariy ishlab chiqilib, model yaratilganidan sóng loyihani realizatsiya qilish uchun dasturiy mahsulotni aniqlash kerak bóladi. Bu bosqichda ikki xil dasturiy mahsulotlar ta'minlangan bólishi kerak:
- proyektni tashkil etuvchi: grafik ob'yektlar, audio- va videoyozuvlar, matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun;
- multimedia mahsulotini yaratish uchun, ya'ni bevosita ish qurollari.
Dasturiy vositalar tanlab olingandan sóng axborotlarni taqdim etish shakli va uni realizatsiya qilish instrumentlarini tanlash zarur. Agar sizning loyihangizga Access ilovasida tayyorlangan ma'lumotlar bazasi kiritilgan bólsa, axborotlarni jadval yoki shakl kórinishida berish mumkin. Instrumentlar sifatida “Panel instrumentov” yoki shakl va tugmachalarni yaratish bóyicha masterlar xizmat qilishi mumkin. PowerPointda axborotlar alohida slaydlar yoki ob'yektlar (matnli yoki grafik) kórinishida bóladi. PowerPointda instrumentlar sifatida animatsiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi.
V bosqich. Ob'yektning kompyuter modelini sintez qilish. Kórib chiqilgan barcha imkoniyatlar tanlab olinganidan sóng loyihangizni kompyuterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kompyuter modelini yaratishda yana ikkita bosqichdan ótishga tóǵri keladi.
1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash. Bu bosqichda siz tanlagan dasturiy mahsulotlar yordamida grafik, matnli, audio, video materiallar tayyorlanadi. Grafik axborotlar bilan ishlashda shunga ahamiyat beringki, siz tanlagan rasmlarning sifati qancha yuqori bólsa, ular vinchesterda va kompyuter xotirasida shunchalik katta joyni egallaydi va sizning mahsulotingiz sekinroq ishlaydi. Videokliplarni yaratishda kadr ólchamlari va axborotlarning siqilish darajasiga e'tibor qarating. Kadr ólchami ekran kattaligida bólgan videokliplarni yaratishda faylning hajmi bir necha yóz megabaytlarni tashkil qiladi. Kadr ólchamlari katta bólganda va kam darajada siqilganda klipni namoyish qilish tezligi keskin pasayadi. U yoki bu parametrlarni tanlash kompyuteringizning imkoniyatlariga boǵliq. Materiallarni tayyorlash bóyicha ishlash tajriba orttirish orqali paydo bóladigan yuqori malakani talab etadi.
2-bosqich. Multimedia mahsulotini yaratish. Bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dasturiy vositalar yordamida multimedia loyihangizning kompyuter modeli yaratiladi. Keyingi mavzu bu jarayonlarning tóliq texnologiyasini kórib chiqishga baǵishlanadi.
VI bosqich. Multimedia mahsuloti bilan ishlash. Endi siz yaratgan multimedia mahsuloti bilan ishlash, ya'ni kórish, izlash, axborotlarni tanlab olish mumkin.
Raqamli multimedia va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol óquv qóllanmalari va taqdimotlarini yaratishda qóllash óquv jarayonida kuchli yordamchi vosita hisoblanadi. Óqitishning elektron vositalari arxitekturasi óqitish uslublariga boǵliq holda turlicha bólishi mumkin. Taqdimot yoki film xohishga kóra – axborot uchun ma'lumotlar, bilim berish, namoyish qilish vazifalarini bajarishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari real holatga óxshagan virtual modellarni yaratish imkonini beradi.
Kompyuter grafikasi yangilikdan zaruratga aylandi, lekin multimedia texnologiyalari turli Web-taqdimotlarni loyihalashtirishda alohida ahamiyatga ega, ma'rózalar, darsliklar va óquv qóllanmalari shular jumlasidandir. Ular loyihani yaratishda ijodiy yondashuvga e'tibor qaratishga yordam beradi. Óqituvchi yoki kursni loyihalashtiruvchi taqdimotlarni yaratishda turli murakkablikdagi vizual materiallarni taklif etishi mumkin. Bundan tashqari, yakuniy mahsulotga ta'sir etuvchi ishtirokchilarning aqliy rivojlanish darajasi, psixologik barqarorligi va shu kabi omillarni e'tiborga olish zarur. Va nihoyat, ehtimol, hal qiluvchi omil – vizual grafik animatsiyalar va interfaol ishlanmalar ish jarayoniga kólam va óziga yarasha joziba beradi.
Yuqorida kórib ótilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda ta'kidlash mumkinki, yuqori ilmiy-uslubiy saviyada elektron óquv nashrini yaratish óquv uslublarini takomillashtirish yóllaridan biri hisoblanadi. Elektron óquv nashrini loyihalashtirishning quyidagi asosiy bosqichlarini ajratish mumkin:
- óquv materiallari mazmuni modelini tózish;
- qóllanma uchun ssenariy ishlab chiqish;
- óquv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar tózish.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda elektron óquv nashrining axborot ta'lim muhiti óqitish vositalarining majmui bólishi mumkin. Uning vazifasi esa muayyan hajmdagi yangi bilimlarni mustahkamlash, kónikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bóladi.
|
| |