Mavzu: Kimyoviy zararlanish va ularni bartaraf etish Reja: 1. O’zbekiston respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan kimyoviy sanoat korxonalari. 2.Kimyoviy sanoat korxonalarida sodir bo’lichi mumkin xalokatlarda ko’riladigan chora - tadbirlar. 3. Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalar tasnifi va xususiyatlari. 4. Kimyoviy holatni aniqlash va baholash. XX asr poyonida xavfsiz hayotni ta'minlash masalalari eng dolzarb
muammoga aylanib qolgandi, chunki XIX asrning ikkinchi yarmida sanoatning
rivojlanishi va ishlab chiqarishda kimyoviy birikmalarning keng ishlatilishi tufayli
ushbu moddalar ishchilar organizmiga ta'sir kuchayishi, ishlab chiqarish
jarayonining misli ko‘rilmagan yuksak taraqqiy texnologiyalar bilan
ta'minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi
aholi salomatligi, atrof-muqit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga taxdid
solib turibdi.
Inson uchun xavfli bo‘lgan zaxarli moddalar bilan ishlaydigan korxonalarning
soni O‘zbekistonda yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bu korxonalar asosan
Toshkent, Samarqand, Farqona, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Angren va boshqa
shaxarlarda (SO
2
, NH
3
, Cl
2
, HNO
3
, H
2
SO
4
, CH
3
COOH va boshqa zaxarli
moddalar) joylashgan. xozirgi kunda Respublikada 300 dan ortiq ishlab chiqarish
korxonalarida zaxarli moddalar ishlatiladi (jadval N 1). Shuning uchun
respublikamiz aholisi, ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari
favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda to‘g‘ri ish tutishlari, fuqarolar muqofazasi
tomonidan beriladigan xar bir yo‘riqnoma, vazifalarni to‘g‘ri bajarishlari va
saqlanish qoidalariga rioya etishlari lozim. Buning uchun xar bir korxonada,
ayniqsa ishlab chiqarish korxonalaridagi fuqarolar muhofazasi xodimlari avariya
va xalokatlarni, uning oqibatlarini yo‘qotish chora-tadbirlarini, xamda ofat ro‘y
bergan joyda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish qoidalarini tushuntirishi zarur.