o‘choqlarida bo‘lishlari mumkin bo‘lgan holda , ularning himoyalanishini
tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi.
Kimyoviy holatni baholashda bashorat usuli bo‘yicha zaxarlangan
havoning tarqalishi uchun qulay bo‘lgan sharoitda (inversiya, shamol tezligi
1m/sek.da) ob'ektdagi barcha KTZM zaxiralarining
tashqariga chiqib ketishi
(to‘kilish) oqibatlarini o‘rganish orqali aniqlanadi. ng falokatini baholash,
xaqiqatda sodir bo‘lgan vaziyatda o‘tkaziladi.Bunda zaxarli moddalarning aniq
miqdori va ob-havo sharoitlari xisobga olinadi.Shunga xam axamiyat berish
lozimki, qaynash xarorati 20
0
C dan past bo‘lgan zaxarli moddalarni (masalan
,fosgen,vodorod ftorid va shunga o‘xshashlar) to‘kilishi bilan juda oz vaqt
maboyinida bug‘lanib ketadi va bug‘langan
zaxarli modda miqdori, uning
to‘kilgan suyuq miqdoriga teng bo‘ladi.Agar qaynash xarorati 20
0
Cdan yuqori
bo‘lgan (uglerod IY culfid, sinil kislotasi va boshqalar) va qaynamaydigan zaqarli
suyuqliklar (ammiak,xlor,oleum va qokazolar)o‘sha ob'ekt xududi bo‘ylab
tarqaladi va havoning yer ustki qatlamini zaxarlaydi.
KTZM bo‘lgan joylardagi kimyoviy xolatni boholashda , kimyoviy
zaxarlangan xudud o‘lchamini, kimyoviy shikastlanish o‘chog‘ini,
zaxarli
havoning xududga yetib kelish va shikastlash vaqtini xamda kimyoviy
shikastlanish o‘choqlarida fuqarolarni talofatlanish ehtimollari ko‘zda tutiladi.
Degazasiya
– zaxarlangan obektlardagi zaxarlovchi moddalarni
zararsizlantirish demakdir.Joylarda zaxarlovchi moddalar kimyoviy, fizik va
mexanik usullar yordamida zararsizlantiriladi.
Kimyoviy
degazasiya
qilish degazasiyalovchi
eritmalar
va
ularni
resepturalarini zaxarlovchi zaxarlovchi modda bilan reaksiyaga
kirishishi tufayli
zaxarsiz birikmalar xosil qilishiga bog‘liq. Zararlangan joylarga, yo‘llarga,
inshootlarga va boshqalarga degazasiyalovchi eritmalar sepiladi, quruq
moddalardan tayyorlangan suyuq bo‘tqa (suspenziya , kashisa) surkab chiqiladi.
Fizik usulda degazasiya qilishda yuqori xaroratdagi gaz oqimlar ta'sirida
zaxarlovchi moddalar joylarda qisman parchalanib ketadi va tezda bug‘lanadi.Bu
usul bilan yo‘lging asfalt qoplamasi va qattiq joylar zararsizlantiriladi.
Mexanik usul bilan degazasiya qilishda zararlangan joylarni yuqori qavati
kesib olinadi yoki shu joylar sirtiga zaxarsiz tuproq tashlab tekislanadi.Odatda
zaxarlangan joylar yuzasi 3-4 sm qalinlikda, qorni 20 sm qalinligi olinadi yoki shu
joylarga 8-10 sm qalinlikda tuproq sepiladi.