R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/56
Sana21.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#248692
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Tulyaremiya
-zoonoz kasalliklar guruqiga kiruvchi yuqumli kasallik
bo‘lib, umumiy zaqarlanish belgilari , isitma va o‘ziga xos limfadenitlar paydo
bo‘lishi bilan kechadi. Asosiy manba zararlangan suvdan foydalanganda, 
kasallangan kemiruvchilardan ba'zida quyonlardan yuqadi.Odamga muloqat yo‘li
bilan ,qon so‘ruvchi qashorotlar orqali (chivin, kana) yoki oziq- ovqat 
maqsulotlari orqali yuqadi. 
Kasallikning yashirin davri 3-6 kun. Kasallangan bemor 40-60 kunda ish 
faoliyatini yo‘qotadi. 
Kasallikdan keyin turgun immunitet koladi. 


Vabo
- bu o‘ta qavfli yuqumli kasallik bo‘lib, ingichkia ichak bo‘shliqida
vabo vibrionini tezlik bilan ko‘payishi natijasida kelib chiqadi.va keng 
tarkalishga moil xastalik qisoblanadi. 
Vabo odamzodga qadim zamonlardan ma'lum qindiston va Bangladesh
vaboning endemik o‘choqi qisoblanadi.Vaqti-vaqti bilan kasallik qo‘shni
davlatlarga ,qatto turli qit'alarga tarqalib, katta epidemiya va pandemiyalar
beradi. 1817 yildan 1925 yilgacha bo‘lgan davrda Yer yuzida vaboning 6 ta
pandemiyasi qayd etilgan. 
1961 yildan boshlab vaboning yangi -YII pandemiyasi boshlandi. xozirgi
tezyurar transport vositalari orqali vabo qisqa muddatda juda uzoq 
mamlakatlarga tarqalishi mumkin. Jumladan, 1965 yilda qoraqalpaqiston va 
Xorazmda ham vabo epidemiyasi kuzatilgan. 
90-yillardan buyon vabo Amerika , Yevropa, Osiyo, Afrika qit'asidagi 100 
dan ortiq mamlakatlarga kirib borgani qayd etilgan. o‘zbekistonga xam sayyox-
tijoratchilar vositasida vaboning qindiston va Pokistondan kirib kelish qollari
uchrab turadi.Zararlangan suv va ovqatdan yuqadi. Kasallikning yashirin davri 3 
kun. Kasallangan bemor 5-30 kunda ish faoliyatini yo‘qotadi.
Sariq bezgagi
- chivin chaqqanda kasallangan odam va qayvonlardan yuqadi. 
Kasallikning yashirin davri 4-6 kun. Kasallangan bemor 10-14 kunda ish 
faoliyatini yo‘qotadi. 
Bobir o‘zining "Boburnoma" asarida, o‘sha vaqtlarda insoniyatga qiron 
keltirgan bezgak kasalligi va uning yuzaga kelish sabablari qaqida ma'lumotlar 
keltiradi. Muallifning fikricha, bezgak kasalini yuzaga keltiruvchi vositalar ob-
qavo, bezgak chivinlarining ko‘pligi va ularning keng tarqalganligidir.
Suvchechak-
badanda o‘ziga xos toshmalar bilan kechadigan o‘tkir
yukumli kasallik bo‘lib, uni filtrlanuvchi viruslar ko‘zqatadi.Suvchechak keng 
tarqalgan , oson yuqadigan kasallik xisoblanadi.Kasallik asosan kichik
yoshdagi bolalarda uchraydi. Infeksiya manbai - bemor odam.Bu kasal yil
davomida uchrab tursa xam, qish oylarida ko‘proq qayd etiladi. Virus xavo-
tomchi yoli bilan tarqaladi va atrofdagilarga tez yukadi. Soqlom kishi 
organizmiga virus nafas yo‘llari orqali tushadi.Bolalar boqchasi , yaslilarda 
kasallik qayd etilgan qollarda u tezda shu jamoadagi ilgari kasallanmagan
bolalar orasida keng tarqaladi. Ushbu jamoada 21 kun karantin e'lon qilinadi.
Kasallikning yashirin davri 14-17 kun. Kasallangan bemor 12-24 kunda ish 
faoliyatini yo‘qotadi.
Botulizm
- ovkat toksikoinfeksiyalari ichida oqir kechadigan kasallik
qisobdanib, botulizm tayoqchasi va uning zaqari tushib qolgan ovqat
maqsulotlari iste'mol qilish natijasida kelib chikadi.Votulus- lotincha so‘z
bo‘lib, kolbasa deganidir.Kasallik asosan zararlanib qolgan konserva
maqsulotlarini iste'mol qilganda ro‘y beradi. 


 Kasallikning yashirin davri 0,5-1,5 kun. Kasallangan bemor 40-60 kunda ish 
faoliyatini yo‘qotadi. 
Botulizm bu kasallikni botulizm toksini tarqatadi. Bu toksin juda zaqarli 
qisoblanadi. Masalan, uning 0,00000012 g kristall qoldagi toksini odamni 
zaqarlashi mumkin. Botulizm kasalligi asosan oshqozon-ichak yo‘li bilan tarqalib, 
asosan markaziy asab tizimining, yurak, asablarini ishdan chiqaradi. Botulizm 
bilan kasallangan bemor qolsizlanadi, boshi oqrib, ko‘rish qobiliyati pasayadi. Til 
muskullari falajlanadi. Kasalning qarorati soqlom odam qaroratidan ancha past 
bo‘ladi va bu bemor o‘z vaqtida davolanmasa o‘lim bilan tugaydi. Botulizm
sporalari tuproqda doimo mavjud . Sporalar tuproqdan suv , o‘simlik, , sabzovotga 
tushadi tarqaladi. 
Go‘sht va sabzovot konservalari tayyorlashda sanitariya talablariga qat'iy
rioya qilish lozim.Uy sharoitida qishda iste'mol qilish uchun tayyorlanadigan
maqsulotlar yaxshilab yuvilishi shart.Bankalar yopilganida qavo qolmasligi
kerak. Sterilizasiya puxta o‘tkazilishi zarur. Tayyor maqsulotlarini salqin joyda 
saqlash lozim. Suyuklik tiniq bo‘lmagan maqsulotni to‘kib yuborish kerak. 
Konservalar qopqoqi qavarib chiqishi uning buzilganligidan darak beradi.Bunday
konserva yo‘q qilinadi. 
Respublikamizning ba'zi xududlarida ba'zi bir kasalliklarning tarqalish 
ehtimolligi yuqoridir. Buxoro viloyatida Qrim gemmoragik bezgagi kaslligi; 
Qashqadaryo viloyatida kuydirgi, Qrim gemmoragik bezgagi kaslligi; Andijon, 
Namangan, Sirdaryo, Surxandaryo, Toshkent Farg`ona va Xorazm viloyatlarida 
kuydirgi kaksalligi; Qoraqalpag`iston Respublikasida kuydirgi va kana entsafaliti 
kasalligi tarqalishi ehtimolligi yuqoridir. Qishloq xo‘jaligi qayvonlarining 
zararlanishi nafaqat hayvonot dunyosiga, balki insoniyat hayotiga ham katta xavf 
soladi. Masalan, 2001 
yilning 
dastlabki oylarida 
Buyuk 
Britaniyada
Qoramollarning oqsil kasalligi bilan kasallanishi keng miqyosda tarqalib, bu xavf 
boshqa Yevropa davlatlariga (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, 
va boshqa davlatlarga), xatto Markaziy Osiyo davlatlariga (Qozog`iston, 
Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Suriya davlatlariga) va Avstraliya 
qitasigacha tarqalganligi ma'lum bo‘ldi. Bu kasallikning tarqatuvchisi filtrlanuvchi 
virus xisoblanadi va ular kasallangan mollar so‘lagi, peshobi, ahlati bilan tashqi 
muqitga chiqarilib, atrofdagi barcha narsalarni, hayvonlarni, buyumlarni, joylarni 
fuqarolarni va ularning kiyim-kechaklarini bu kasallik viruslari bilan zararlaydi. 
Tashqariga chiqarilgan viruslar darhol nobud bo‘lmay, balki uzoq vaqt tirik qoladi, 
uzoq masofalarga tarqaladi va o‘sha yerlardagi xayvonlarning kasallanishiga olib 
keladi.
Kasallik tarqalishining asosiy manbai oqsil bilan kasallangan qayvonlar, qamda 
zararlangan joydan o‘tgan qayvonlar va transtport vositalari qisoblanadi.
Oqsil kasalligining boshlanish davrida qayvonlarning ishtaqasi yo‘qola boshlaydi, 
uning qarorati ko‘tarilib 40-42
o
C gacha chiqib ketadi, sigirlar beradigan suti keskin 
kamayib ketadi, mollarning og‘zidan ipsimon so‘lak oqadi, so‘ngra ularning 


oqzida, tilida va lablarida shishlar paydo bo‘ladi. Ular bir-ikki kundan keyin yorila 
boshlaydi va yarachalarga aylanadi. Shu vaqtda qayvonlar og‘zidan juda ko‘p 
ko‘piksimon so‘lak oqa boshlaydi. Oqsil kasalligiga qarshi uvoffaqiyatli kurashish 
uchun bu kasallik bo‘yicha karantinga rioya qilish, qamda kasallikka qarshi 
kurashish bo‘yicha vetenariya-sanitariya qoidalarini bajarish kerak. Kasallangan 
mollarning go‘shti, suti, terisini, yungini va boshqa xom-ashyolardan foydalanish 
man etiladi. Shuning uchun kasallangan mollarni yoqish yoki ko‘mish orqali yo‘q 
qilib yuboriladi. Zararlangan yem-xashaklar, atrof muqit va joylarni 
dezinfeksiyalash orqali epizootik vaziyatni tugatish imkoniyati yaratiladi. Qishloq 
xo‘jaligi o‘simliklarini zararlashda esa kartoshka chirishi, zambruqli kasallik tarq 
atuvchilari qamda qurt qumursqalar (Kolorado qo‘nqizi, chigirtka va boshqalar) va 
boshqa vositalar orqali amalga oshirilib, epifitotik vaziyat vujudga keladi. Agar bu 
vaziyat tezda tugallanmasa, katta iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirishi 
mumkin. 

Download 0,66 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish