OzR 2006 yil 28 sentyabrdagi “Havfli ishlab chiqarish ob`ektlarining




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/56
Sana21.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#248692
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
OzR 2006 yil 28 sentyabrdagi “Havfli ishlab chiqarish ob`ektlarining 
sanoat xavfsizligi to`g`risida”gi Qonuni 
havfli ishlab chiqarish ob`ektlarining 
sanoat xavfsizligi sohasidagi munosibatlarni tartibga soladi. Sanoat xavfsizligi 
shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarning havfli ishlab chiqarish
ob`ektlardagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan 
himoyalanganlik holatidir.
Kimyo zavodlari joylashgan shaqarlardagi ba'zi KTZM (kuchli ta'sir etuvchi 
zaxarli modda)larning fuqarolarga bo‘lgan havfi 
Jadval N1 
Sh A XA R OBÚEKT KTZM 
Mintaqadagi
zaqarlanishi mumkin 
bo‘lgan odamlar soni 
Navoiy azot I.Ch.B. 
Ammiak, xlor 
9250 
Samarqand Mineral o‘g‘it I.Ch. zavodi 
Ammiak, xlor 55130
Olmaliq 
Kimyo zavodi 
Ammiak, xlor 
1710 
Angren 
Tilla koni Ammiak, xlor 
450 
Chirchiq 
Elektrokimyosanoat I.Ch.B. 
Ammiak, xlor 39400
Farqona 
Farqona azot Ammiak, xlor 607300 
Kuchli ta'sir etuvchi zaqarli moddalar bilan ishlaydigan sanoat tarmoqlarida 
nafaqat avariya oqibatidan fuqarolarga qavf-xatar keltirishi mumkin, balki shu 
tarmoqlardan chiqindi maqsulotlar xam (atmosferaga yoki suv qavzalariga chiqarib 
yuborilishi) atrof muqitni va tabiatni ifloslantirishi oqibatida insonlar qayotiga 
jiddiy xavf soladi. Bu borada ayniqsa, metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, 
rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta'siri 
juda kattadir. Respublikamizdagi ayrim sanoati rivojlangan ayrim shaqarlarda, 
jumladan, Samarqand, Farqona, Andijon, Qo‘qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq


Navoiy va boshqa shaxarlarda havoning ifloslanish darajasi me'yoridan 1,5-2 marta 
xatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq.
Markaziy Osiyoda havoni eng ko‘p iflostantiruvchi Tojikistonning 
Tursunzoda shaxridagi alyuminiy zavodi havoga belgilangan miqdordan 2 barobar 
ortiq zaxarli modda chiqarib kelmoqda. Shamolning yo‘nalishiga ko‘ra ftor 
birikmasining 80% Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov , Oltinsoy 
tumanlariga tushadi. Yana u yerdagi havoning ifloslanishiga Sharundagi briket 
fabrikasi va g‘isht zavodining ta'siri xam kattadir. Bulardan chiqadigan zaxarli 
moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Kimyo sanoati 
korxonalari ko‘p joylashgan Chirchiqdagi "Elektrokimyo" Farg‘onadagi "Azot", 
"Farg‘ona neftsintez", Navoiydagi "Elektrokimyo", "Azot" va boshqa sanoat 
birlashmalaridan juda xam xavfli zaxarli KTZM tashqariga (atrof-muqitga) 
chiqarilib yuborilmoqda.
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi -250 mln.t., yoqilg‘i 
kukuni -100 mln.t., uglevodorod -88 mln.t., azot (II) oksidi -53 mln.t., ammiak 4 
mln.t., oltingugurt vodorodi -3 mln.t., qo‘rg‘oshin birikmalari -1 mln.t., ftor -0,4 
mln. t. chiqariladi.
Bunday sanoat korxonalarining chiqindi maxsulotlari insonlar hayotiga katta 
xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda,umrni qisqartirmoqda xamda 
atrof muqitni, yerlarni qavoni va suv qavzalarini jiddiy zararlantirmoqda.
Yuqorida aytilganidek, respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarining ko‘p 
qismida (KTZM) zaharli moddalar ishlatiladi, saqlanadi va tashiladi. Shunday 
korxonalarda birorta ta'sir ko‘rsatilsa, masalan dushman tomonidan bo‘ladigan 
ta'sirlarda, tabiiy ofat zilzila oqibatida, ishlab chiqarish tarmoqlarida bo‘ladigan 
avariya, temir yo‘l transportlaridagi avariyalar tufayli KTZM to‘kilishi yoki 
tashqariga chiqib ketishi atrof-muqitni, havoni zaxarlaydi.Kimyoviy zaxarlanish 
o‘chog‘i deganda kimyoviy zaxarli modda (kimyoviy qurol) ta'siriga uchragan 
barcha odamlar, xayvonlar, obektlar, inshootlar, texnikalar, atmosfera, o‘simliklar 
bo‘lgan xududni tushuniladi. Kimyoviy zaxarlangan o‘choqni o‘ziga xos xususiyati 
qaysi zaxarli modda bilan zararlanganligi, shuningdek uni qanday sodir bo‘ligani, 
yil fasliga, ob-havo sharoitiga va ba'zi bir boshqa omillarga bog‘liq. Albatta, 
bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o‘chog‘idagi va unga yaqin bo‘lgan 
atrofdagi fuqarolar jabrlanadi va KTZM xususiyatlariga qarab kimyoviy 
zaqarlanish xar xil darajada bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta'sir 
qiluvchi zaxarli moddalar bo‘lgan 89 ta obekt bor bo‘lib, 6ta kimyoviy xavfli 
shaxarlar Samarqand, Chirchiq, Farg‘ona, Navoiy, Angren, Olmaliq mavjud.Bu 
shaxarlarda quyidagicha miqdorda zaxarli moddalar saqlanadi: 
Chirchiqda-1050 tonna ammiak. 
Olmaliqda-2500 tonna amiak va yana shuncha tonna sulfat kislota. 
Angren-14 tonna xlor. 


Farg‘ona -700 tonna amiak. 
Samarqand-1000 tonna amiak. 
Navoiy-137 tonna xlor, 2000 tonna nitril akril kislotasi, 96 tonna fosgen va 
bulardan tashqari amiak va sinil kislotalar bor.Bu kuchli ta'sir qiluvchi zaxarli 
moddalarning saqlanishi ularni saqlashda ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-
tadbirlarini ko‘rib qo‘yilganligi uchun ancha katta xavf manbasi bo‘lmasada, lekin 
biron bir avariya sodir bo‘lsa yoki tabiiy ofatlar: masalan, yer qimirlashi yoki 
toshqinlar bo‘lishi natijasida bu zaxarli moddalar saqlanayotgan idishlar va boshqa 
saqlash anjomlariga zarar etkazilishi natijasida bu idishlar o‘z zich yopilganligini 
yoqotib qo‘ysa, unda zaxarli moddalar oqib ketishi ro‘y beradi va bu zaxarli 
moddalar suv havzalariga borib quyiladi va ularning xududimizdagi daryolar 
suvigi qo‘shilib ketishi juda katta maydonlarni zaxarli moddalar bilan zaxarlashda 
sababchi bo‘ladi. 
Shuni eslatib o‘tish joizki, bu zaharli moddalar saqlanayotgan shaharlarning 
aksariyati daryolarning boshlanish qismida joylashgan va bunda Chirchiq 
daryosining uzunligi 174km ni va Sirdaryo uzunligi 2790km ni tashkil qilishi 
qisobga olinsa, bu moddalarning ta'sir doirasini tasavvur qilish mumkin.KTZM 
qaynash xarorati 200S gacha bo‘lsa, u tezda buglanib, zaxarlanish vaqti qisqa, 
lekin ta'sir darajasi katta bo‘ladi. Agar KTZM ning qaynash xarorati 200
o
C dan 
yuqori bo‘lsa, buglanish sekinroq ketib, uning zaxarlash vaqti uzoqroq davom 
etadi, ammo tarqalish xududi kichik bo‘ladi.
KTZM lar nafas organlari va teri orqali ta'sir etadi. Shu nuqtai nazardan 
KTZM lar umumiy zaqarlovchi va qolsizlantiruvchi xillarga bo‘linadi. KTZM 
bilan zaxarlanganda bosh ogrigi, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, xolsizlanish, ko‘ngil 
aynishi, qusish, o‘qiy olmaslik kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli zaxarlanishda 
esa o‘lim bilan yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan zaxarlangan 
xududlarda xalqning xatti-qarakatlari xuddi kimyoviy qurollar bilan zaxarlangan 
joylarda ko‘riladigan chora-tabdirlarni o‘zginasidir, ya'ni himoya inshootlarida 
saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqa omillar 
qo‘llaniladi.Lekin bitta asosiy farqi borki, u xam bo‘lsa, ba'zi bir KTZMlar 
(masalan NH
3
,SO) ni yutiluvchanlik xususiyati past bo‘lganligidan ,ulardan 
saqlanishda maxsus sanoat va izolyasiyalovchi gazniqoblardan foydalanish kerak 
bo‘ladi.Agar avariya holatida bir qancha gazlar aralashmasi bo‘lsa, faqat 
izolyasiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlangan 
o‘choqdan odamlarni evakuasiya qilish tadbirlari ko‘riladi. KTZM chiqib ketgan 
joylarda avariyalarni tiklash ancha mushkul jarayonlardan xisoblanadi. Bunda 
asosiy ishlardan:

birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish;

KTZM tarqalgan xududni o‘rash (lokalizasiya qilish) xisoblanadi.
Avariyani tiklash ishlarini o‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi zaxarli 
gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak bo‘lsa fuqaro muxofazasining 
qutqaruv, medisina, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini saqlash tizimlari xam 


yordamga chaqiriladi. Bundan tashqari, avariyani tiklash ishlariga korxona ishchi 
xizmatchilarini va o‘sha atrofdagi fuqarolarni xam jalb qilish mumkin.
Avariya tiklash ishlarida qatnashadigan fuqarolar o‘zini va boshqalarni 
saqlash qoidalarini bilishlari zarur. Ulardan xar doim zaxarlangan fuqarolarni 
shikastlangan xududdan olib chiqish, gazniqoblarni kiydira bilish, sun'iy nafas 
berish, yurakni tashqi massaj qilish, zaxarlangan ko‘z, terilarni neytrallash 
ishlarini bilishlari talab etiladi.

Download 0,66 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OzR 2006 yil 28 sentyabrdagi “Havfli ishlab chiqarish ob`ektlarining

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish