R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana21.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#248692
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
O’tkir nur kasalligi. 
O‘tkir nur kasalligi bu organizmning umumiy kasalligi bo‘lib xisoblanadi va 
nurlanish dozasining 1 gr (100 rad) va undan yuqori darajadagi nurlanish dozasi 
ta'sirida vujudga keladi. Ionlovchi nurlarning ta'sir darajasi ularning miqdoriga, 
ya'ni tanadan qancha nur o‘tganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tirik to‘qimalarning 
nurlanish birligi qilib grey (Gr) olingan. 1 gr 100 radga teng. 
Xozirgi vaqtda o‘tkir nur kasalligining klinik ko‘rinishi va o‘tishini to‘rt 
bosqichga ajratish qabul qilingan yengil, o‘rta, og‘ir va juda og‘ir. Kasallikning 
yengil turida 1-2 Gr nurlanish sodir bo‘ladi.


O‘rta bosqichda 2-4 Gr, og‘ir bosqichda 4-6 Gr, juda og‘ir bosqichda 6 Gr 
dan yuqori miqdordagi nurlanish hollari kuzatiladi. 1-10 Gr dozadagi nurlanishda 
organizmda asosan ko‘mik shikastlanadi, shuning uchun o‘tkir nur kasalligining bu 
turi ko‘mik tur deb ataladi. Odam 20 Gr va undan yuqori dozada nurlanish olsa
qon yaratuvchi a'zolardan tashqari, ichak epiteliysi ham shikastlanadi. Ichak 
shikastlanganda qon yaratuvchi a'zolarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermasligi 
mumkin, ammo shikastlanganlar tezda o‘lib qoladilar. 
Odam juda katta dozada nurlanish olganda o‘tkir nur kasalligining toksemik 
va serebral turi rivojlanadi, bunda nurlangan odam bir necha soat, ba'zan bir 
kundan so‘ng o‘ladi. 
Nur kasalligining 1-darajasi (engil daraja) 1-2 Gr (100-200 r) miqdordagi 
radiasiya doza ta'sirida rivojlanadi. Zararlangan kishilarda 3-5 soatdan so‘ng 
ko‘ngil aynishi, qusishi kuzatiladi. Kuchsizlik, bosh og‘rishi, ishtaxa yo‘qolishi 
mumkin. 
Nur kasalligining II-darajasi (o‘rta daraja) 2-4 Gr (200-400 r) miqdordagi 
radiasiya dozasidan nurlanganda kelib chiqadi. Bunda umumiy xolsizlik, bosh 
og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va takrorlanib turuvchi qayt qilish 
simptomlari rivojlanadi. Qon tekshirilib ko‘rilganda leykositez, limfopeniya 
aniqlanadi. 
Nur kasalligining III-darajasi (og‘ir daraja) 4-6 Gr (400-600 r) miqdordagi
radiasiyadan nurlanganda kelib chiqadi. Nur ta'sir etgandan 30-60 daqiqa o‘tgach, 
zaralangan kishi ketma-ket qusadi, kuchli bosh og‘rishi paydo bo‘ladi, kuchli 
xolsizlik, adinamiya holati rivojlanadi. 
Nur kasalligining IY-darajasi (o‘ta og‘ir daraja) 6 Gr (600 r dan ortiq) dan 
ortiq nurlanish dozasining miqdori ta'sir etganda rivojlanadi. 15 daqiqadan so‘ng 
zararlanganlarda kasallikning boshlang‘ich davri kuchli ravishda rivojlanib boradi. 
Zararlangan odam beto‘xtov qusadi, adinamiya holati paydo bo‘ladi, psixomotor 
qo‘zg‘alishlar sodir bo‘ladi, kolaps rivojlanadi. Teri va shilliq qavatlar qizarib, tana 
harorati ko‘tariladi. Paydo bo‘lgan dastlabki alomatlar 3-4 kun davom etadi. 
Ikkinchi xaftaning oxiriga borib o‘lim kuzatiladi. 
Joylarda radioaktiv moddalar bilan zararlanishning radiasiya darajasi 
aniqlansa, tezlik bilan "Radioaktiv zararlanish" degan signal beriladi va aholini 
ximoyalash ishlari o‘tkaziladi.
Ular pana joylarga o‘tkaziladi. Bundan keyin ularni shu yerda bo‘lganda 
oladigan taxminiy nurlanish dozasi aniqlanadi. Masalan: joylarda radiasiya darajasi 
200 R/s ni tashkil qilsa va kishilar shu yerda 3 soat mobaynida qolib ketsa, 
ularning olgan nurlanish dozasi D = 200 x 3 = 600 rentgenni tashkil qiladi. 
Kishilarni zararlanganligini aniqlashda avvalo tananing ochiq qismi (qo‘l, 
yuz) tekshirib boriladi.


Keyin tananing boshqa qismlari – ko‘krak, qorin, orqa va oyoqlar tekshirib 
ko‘riladi. 
Radioaktiv ,kimyoviy va bakterialogik vositalar falokatlar natijasida aholi 
yashaydigan punktning territoriyasi (kuchalar, xovlilar) binolar, qurilishlar, 
tranasport va xar xil mol-mulklar zaxarlanib qoladi. Zaxarlangan joydagi kishilar 
og‘ir shikastlanishi mumkin. 
Shuning uchun radiaktiv moddalar, zaxarlovchi moddalar va kasalliklar 
tug‘diruvchi 
mikroblar 
bilan 
zaxarlangan 
xamma 
narsalar 
albatta 
zararsizlantirilishi (dezaktivasiya, degazasiya va dezinfeksiya qilinishi) lozim. 
Radioaktiv moddalar bilan zaxarlangan yuzalarni bu moddalardan tozalash 

Download 0,66 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish