Radiasiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining
2000 yil 31 avgustda "Radiasiyaviy xavfsizlik to’g’risida"
gi
qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi insonlar xayoti, sog‘lig‘i va mol-
mulki,
shuningdek,
atrof-muhitni
ionlashtiruvchi
nurlanish,
radioaktiv
ifloslanishlarining zararli ta'sirlaridan muhofaza qilishni ta'minlash bilan bog‘liq
masalalarni tartibga solishdan iborat.
Radiasiyaviy holat deganda
,joylarni radioaktiv zararlanish darajasi va
o‘lchami tushunilib, bu aholining yashashiga xamda xalq xo‘jaligi ishlab chiqarish
ob'ektlarida ishlashlariga ta'sir etadi.
Qonunga radiasiyaviy xavfsizlikka doir yangi taxrirdagi tushunchalar ham
kiritilgan, jumladan:
Ionlashtiruvchi nurlanish
- radioaktiv parchalanishda , yadroviy
yemirilishlarda,
moddadagi
zaryadlangan
zarrachalar
xarakatlanishini
sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta'sir etish chog‘ida har
xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
Ionlashtiruvchi nurlanish manba i
- o‘zidan ionlashtiruvchi nurlarni
chiqaruvchi qurilma yoki radioaktiv modda;
Radiasiyaviy avariya
- uskuna nosozligi, xodimlarning
xatti-xarakatlari
tabiiy va texnologik xususiyatli FV tufayli kelib chiqqan, fu1arolarning
belgilangan me'yordan ko‘proq nurlanish olishga yoki atrof-muhitning radioaktiv
ifloslanishiga olib keluvchi yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai
ustidan boshqaruvning izdan chiqishi;
Radiasiyaviy xavfsizlik
-fuqarolarning va atrof-muhitning ionlashtiruvchi
nurlanishning zararli ta'siridan muhofazalanganlik holati;
Yadroviy xavfsizlik
-
yadroviy materialdan xavfsiz foydalanishni
ta'minlovchi chora-tadbirlar majmui;
Kuzatuv zonasi
-Radiasiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-muhofaza
zonasidan tashqaridagi xudud.
Bir qancha ilmiy-tekshirish muassasalarida va sanoat
korxonalarida xar xil
maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan foydalaniladi.
Masalan mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma
detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini
aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish
jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktiv nurlar yaxshi
natija beradi.
Er osti va yer usti yadro portlashlari natijasida radioaktiv moddalar havo va
tuproq
maxsulotlari bilan aralashadi, so‘ng havo oqimi bo‘ylab xarakatlanib,
sekin-asta yerga tushadi.Bunda ko‘zga ko‘rinmaydigan radioaktiv zararlanish izi
hosil bo‘ladi, bu iz qanchalik ko‘p bo‘lsa, insonlarning yashashlari va
ishlashlari uchun shuncha uzoq vaqt xavf tug‘diradi. Xuddi shunday holat yadro
zaryadi bilan ishlaydigan tarmoqlarda (AES, gamma nuridan foydalanadigan ilmiy
labarotoriyalarda) avariya natijasida ham kuzatilishi mumkin.Jumladan, 1986
yildagi Ukrainani Chernobil AES da ga avariya oqibatida to‘rtinchi energoblokdan
chiqqan radioaktiv moddalar 30 km .li masofagacha tarqalib, u yerdagi jamiki
ob'ektlarni (atrof-muhitni , insonlarning yashash-ishlash joylarini kiyim-
kechaklarini, moddiy resurslarni, suvni va boshqalarni) shikastlagan.
Yana bir
daxshatli holat 2011yil 11martda Yaponiyada magnitudasi 9 ga teng bo‘lgan yer
silkinishi oqibatida "sunami" bo‘lib, Fukusima shaxardagi AES da portlashlar yuz
berdi. Buni oqibatida atrof-muhitga meyoridan ortiqcha iod va seziy izotopi bir
necha yuz marotaba ko‘p tarqaldi va Tinch okeanga tarqalishi kuzatildi.Yaponiya
xalqi nafaqat yer silkinishidan, radiasiyaviy zararlanishlardan qo‘rqdi.Fukusima
AES ida 30 dan ortiq qutqaruvchilar xalqini og‘ir vaziyatidan qutqarish
maqsadida, o‘zligi bilgan xolda yillik radiasiyani kuniga oldi.
Radioaktivlilik
- atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida
boshqa bir atom yadrolarining xosil qilishidir.
Radioaktiv
nurlanishlar
ionlovchi nurlanishlar
deb ataladi, chunki bu
nurlar ta'sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil bo‘ladi.Bunday
ionlovchi nurlanishlarga
rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, alfa va beta
nurlari, shuningdek,
neytron
oqimlari kiradi.
Alfa nurlari
katta ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan , xarakat doirasi
katta bo‘lmagan geliy atom yadrosining musbat
zaryadlangan zarrachalari
hisoblanadi. Xarakat doirasi katta bo‘lmaganligi sababli inson teri qavatigagina
ta'sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.
Beta nurlari
radioaktiv moddalarning atom yadrolari tarqatadigan elektron
yoki pozitron oqimidir.Bu nurlarning xarakat doirasi ancha keng va yorib kirish
qobiliyatiga ega.Shu sababli ham inson uchun xavflidir.
Gamma nurlari
ionlash qobiliyati katta bo‘lmasa-da, katta yorib kirish
kuchiga ega bo‘lib, yadro reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida
vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari xisoblanadi.
Rentgen nurlari
moddalarni elektron oqimlari
bilan bombardimon qilganda
ajralib chiqadigan elektromagnit nurlaridir.
Ularni har qanday elektrovakum qurilmalarida xosil qilish mumkin.Bu
nurlarning ionlanish xususiyatlari oz bo‘lsa-da, yorib kirish xususiyati nihoyatda
katta.
Radiasiyaviy holatni baxolash deganda
- joylarni radioaktiv zaraganlik
tavsifnomasi va ularning fuqarolarga ,texnika, qurilish va imoratlarga hamda
xayvon va o‘simliklarga ta'siri tushuniladi.