• Kontent marketingi
  • Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020




    Download 4,94 Mb.
    bet119/201
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,94 Mb.
    #232599
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   201
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    3.3.1-rasm. Yandex qidiruv tizimidagio‘quv markazlari uchun qidiruv natijasi
    Foydalanuvchilarning 95% dan ortig‘i birinchi o‘nlikda joylashgan saytlarga e’tibor berishadi (top 10).
    Agar qidirish mexanizmi kompaniyaning web - saytini to‘rtinchi va undan keyingi sahifalarda ko‘rsatib bersa, foydalanuvchilarning 2% dan kamrog‘i ushbu sahifaga kirishadi.
    Bozordagi o‘rinni yo‘qotmaslik va u erda munosib o‘rin egallash uchun kompaniyaning web-saytida qidiruv tizimini optimallashtirish kerak.
    Optimallashtirish ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.
    Tashqi optimallashtirish – bu kompaniya reklamasini boshqa manbalarga joylashtirish.
    Ichki optimallashtirish – bu qidiruv tizimlari uchun kompaniyaning web-saytini tuzatish (optimallashtirish)dir.
    Saytni optimallashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • audit (saytni tekshirish);

    • qidiruv saytlari ro‘yxatining dastlabki besh qatorida joylashgan raqobatchilarni tahlil qilish;

    • kompaniyaning web-saytida o‘sish nuqtasini, qidirish;

    • kompaniyaning web-saytining ojiz tomonlarini qidirish;

    • ichki va tashqi optimallashtirish tufayli web-sayt trafigini ko‘paytirish;

    • saytni yaxshilash bo‘yicha ishlar;

    • qidiruv algoritmlarini kuzatishni yangilash;

    • kompaniyaning web-saytini va sotish sonini yaxshilash uchun yangi g‘oyalarni izlash.

    Kontent marketingi


    Kontent marketingi – bu maqsadli auditoriyani jalb qilish va ishonchli munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgan uzoq muddatli marketing strategiyasidir.
    Maqsadlariga erishish uchun marketologlar tegishli relevantkontentni (qidiruv natijalarida saytlarning sahifalarini foydalanuvchi so‘roviga moslashtirish) yaratadib, tarqatadi.
    Kontent - marketingi maqsadli auditoriya bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. Uning yordamida ular mijozlarni jalb qilishadi va mavjudlarini saqlab qolishadi. Masalan, blogga ega kompaniyalar 55% ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb qiladilar.
    Kontent - marketingining maqsadlari:

    • maqsadli auditoriyani ko‘paytirishi;

    • mijozlarni jalb qilishni oshirish;

    • brenddan xabardorligini oshirish;

    • trafikni jalb qilish;

    • passiv mijozlarni faollashtirish va boshqalar.

    Download 4,94 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   201




    Download 4,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020

    Download 4,94 Mb.