-bob. Bankning asosiy vazifa va funksiyalari




Download 2.78 Mb.
bet4/17
Sana11.05.2023
Hajmi2.78 Mb.
#58487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
2-bob. Bankning asosiy vazifa va funksiyalari
10. Quyidagilar Bankning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
chakana bank xizmatlari ko‘rsatish;
innovatsion va investitsion faoliyatni amalga oshirish.
11. Bank o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:
yetakchi xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini faol rivojlantirishni, shu jumladan, amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmining xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan usullarni joriy qilish yo‘li bilan amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik qayta qurollantirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilishni ta’minlaydi;
xalqaro miqyosda Bank imijini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar, filiallar, sho‘ba banklar ochish, xorijiy hamkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ishonchini mustahkamlash uchun bank ishini yuritish tajribasi va ilg‘or amaliyotini faol joriy qilish yo‘li bilan yanada rivojlantiradi;
eksport, import, valyuta operatsiyalari, shuningdek, boshqa xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublikaning xalqaro to‘lovlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi, loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan mexanizmlarini joriy qiladi, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantiradi;
kreditlar, depozitlar, omonatlar, qarzlar, shuningdek, qonunchilik va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq boshqa shakllarda xorijiy valyutadagi mablag‘larni jalb qiladi;
xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan valyuta-moliyaviy hamda kredit-hisob-kitob munosabatlarini takomillashtiradi, ularning samaradorligini oshiradi, kreditlash va hisob-kitoblarning eng tejamkor va ilg‘or shakllarini qo‘llaydi;
xorijiy banklar, konsern, firma va boshqa hamkorlar aybi bilan shartnomani bajarishda to‘lanmagan mablag‘larni undirish bo‘yicha Bank mijozlariga yordam ko‘rsatadi;
xorijiy banklar bilan bevosita korrespondent munosabatlarini o‘rnatadi, ular va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantiradi;
b) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida:
respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil qilish, yuritish va kengaytirishda amaliy va moliyaviy yordam ko‘rsatadi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga barcha turdagi bank xizmatlari, moliyaviy maslahat va axborot ko‘magi, shu jumladan yangi investitsion va innovatsion g‘oyalarni izlash va amalga oshirish, jahon bozorlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini moliyalashtirish masalalarida yordam ko‘rsatadi;
innovatsion tadbirkorlikni joriy qilishni, yangi tadbirkorlik tashabbuslari — startaplar — yoshlar, eng avvalo, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining loyihalarini faol qo‘llab-quvvatlaydi;
yangi investitsion va innovatsion g‘oyalarni izlash va amalga oshirish, jahon bozorlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini moliyalashtirish masalalarida amaliy, moliyaviy va axborot ko‘magi ko‘rsatadi;
v) chakana bank xizmatlari ko‘rsatish sohasida:
aholi va tadbirkorlik subyektlariga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantiradi, mavjud xizmatlarni kengaytirish va takomillashtirish, kredit, moliya, kassa va boshqa bank xizmatlarining yangi shakllarini zamonaviy axborot-kommunikatsion va innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash yo‘li bilan joriy qiladi;
yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan keng qo‘llaniladigan tadbirkorlik subyektlari uchun bank mahsulotlari va xizmatlarining yangi shakllarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
aholi va tadbirkorlar uchun xaridorgir bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni joriy qilish maqsadida respublikaning moliya institutlari bilan faol hamkorlikni amalga oshiradi;
butunjahon axborot Internet tarmog‘i imkoniyatlari vositasida onlayn tartibida va plastik kartochkalar orqali bank xizmatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtiradi;
chakana bank xizmatlarini rivojlantiradi, kengaytiradi va takomillashtiradi, shuningdek, yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan keng qo‘llaniladigan yangi turdagi bank xizmatlari va mahsulotlarini joriy qiladi;
respublika moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, butun jahon axborot Internet tarmog‘i imkoniyatlari vositasida onlayn tartibida va plastik kartochkalar orqali bank xizmatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtiradi;
g) innovatsion va investitsion faoliyat sohasida:
eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish va rivojlantirish uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar berishni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik qayta qurollantirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar va dasturlarni moliyalashtiradi;
innovatsion tadbirkorlikni joriy qilish, yoshlarning yangi tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi;
valyuta mablag‘larini to‘playdi;
ichki, xalqaro moliya bozorlariga valyuta mablag‘larini joylashtiradi.
Bank, shuningdek, qonunchilik doirasida, xalqaro bank amaliyotiga muvofiq milliy va xalqaro valyutada boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi.

Download 2.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bankning asosiy vazifa va funksiyalari

Download 2.78 Mb.