• 8-bob. Bank hisobi va hisoboti
  • 9-bob. Bank faoliyatini taftish qilish va tekshirish
  • 10-bob. Bank faoliyatini to‘xtatish
  • -bob. Bank foydasini taqsimlash




    Download 2.78 Mb.
    bet8/17
    Sana11.05.2023
    Hajmi2.78 Mb.
    #58487
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
    1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
    7-bob. Bank foydasini taqsimlash
    30. Bankning sof foydasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Bank ixtiyorida qoladi va Bank kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda ishlatiladi.
    8-bob. Bank hisobi va hisoboti
    31. Bankda buxgalteriya hisobi va hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Bank Markaziy bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hajmda va muddatlarda buxgalteriya balansi, hisobotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.
    32. Bank yillik balans, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotlarni, auditorlik tashkiloti ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlagandan keyin, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan shakllar va muddatlarda e’lon qiladi.
    33. Bankning operatsion yili 1-yanvarda boshlanadi va 31-dekabrda tugaydi.
    9-bob. Bank faoliyatini taftish qilish va tekshirish
    34. Bankning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish Bankning ichki audit xizmati, mustaqil auditorlik tashkilotlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    10-bob. Bank faoliyatini to‘xtatish
    35. Bank faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan to‘xtatiladi.
    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qaroriga
    2-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi
    TARKIBI

    Xolmuradov S.R.



    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi

    Bekenov S.X.



    O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisining o‘rinbosari

    Xaydarov A.Y.



    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

    Vafayev Sh.A.



    O‘zbekiston Tiklanish va taraqqi�t jamg‘armasining ijrochi direktori

    Aminov R.A.



    Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

    Izoh.Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qaroriga
    3-ILOVA

    Download 2.78 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 2.78 Mb.