• 4-bob. Bankning mulki va kredit resurslari
  • -bob. Bankning huquqlari va javobgarligi




    Download 2.78 Mb.
    bet5/17
    Sana11.05.2023
    Hajmi2.78 Mb.
    #58487
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
    1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
    3-bob. Bankning huquqlari va javobgarligi
    12. Bank o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni, shu jumladan belgilangan tartibda xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar kiritish yo‘li bilan amalga oshirish;
    ishonchnoma asosida xo‘jalik boshqaruvi organlarida va moliya organlarida tashkilot manfaatlarini himoya qilish;
    kreditlanayotgan tashkilotlardan ularning to‘lov qobiliyatini tasdiqlovchi hisobotlar, balans va boshqa hujjatlarni olish;
    Bank kreditlari ishtirokida amalga oshiriladigan qurilish, obyektlarni texnik qayta qurollantirish va boshqa faoliyat bo‘yicha loyiha qarorlarni ekspertizadan o‘tkazishni talab qilish;
    kredit shartnomalarida ko‘zda tutilgan majburiyatlar buzilganda, noto‘g‘ri hisobotlar aniqlanganda kredit berishni to‘xtatish, berilgan kreditlarni muddatidan ilgari undirish;
    aktiv va passiv operatsiyalarni yuritish uchun shartnoma asosida foiz stavkalarini belgilash, shuningdek, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission mukofot miqdorlarini o‘rnatish;
    xorijiy mamlakatlarda — respublikaning iqtisodiy sheriklarida belgilangan tartibda vakolatxonalar, filiallar, sho‘ba banklar tashkil qilish;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘larini depozit sifatida jalb qilish;
    yosh, istiqbolli, mutaxassislar hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
    majburiyatlarni, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, moliyaviy holatidan qat’i nazar, tashkil qilingan bo‘limlar bo‘yicha majburiyatlarni to‘lash.
    Bank qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    13. Bank o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun javob beradi.
    4-bob. Bankning mulki va kredit resurslari
    14. Xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan bank mulki pul mablag‘lari va bankka tegishli bo‘lgan bino, inshoot, uskuna, transport vositalari hamda boshqa qimmatliliklardan iborat bo‘ladi.
    Bankning ko‘chmas mulki Bank kengashi qarori asosida sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.
    Bankning qolgan mulki, shu jumladan majburiyatlarni (Bank oldidagi qarzlarni) to‘lash hisobiga o‘tkazilgan mulk Bank kengashi tomonidan belgilangan tartibda sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.
    15. Bankning ustav kapitali 4.321.067.384.252,00 so‘mni (to‘rt trillion uch yuz yigirma bir milliard oltmish yetti million uch yuz sakson to‘rt ming ikki yuz ellik ikki so‘mni) tashkil qiladi.
    16. Ustav kapitali maqsadli tushumlar, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘laridan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi va tegishli qaror bilan o‘zgartirilishi mumkin.
    17. Bankda bank operatsiyalari bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan va sof foydaning olti foizi miqdorida ustav kapitalining ellik foiziga yetgunga qadar har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan zaxira fondi shakllantiriladi.
    18. Bank mulkini sotish va ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar Bank ixtiyorida qoladi va ulardan Ustavdagi faoliyatga muvofiq mustaqil foydalanilishi mumkin.
    19. Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobidan shakllanadi:
    ustav kapitali, zaxira va boshqa fondlar mablag‘lari;
    Bank schyotlaridagi mijozlar mablag‘lari, shu jumladan muddatli omonat va depozitlar;
    boshqa fond va banklarning, shu jumladan xorijiy, xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar kredit va qarzlari;
    imzolangan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq jalb qilingan tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mablag‘lari;
    qimmatli qog‘ozlar chiqarish natijasida olingan mablag‘lar;
    muddatli va talab qilib olingungacha jalb qilingan fuqarolar omonatlari;
    qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa jalb qilingan mablag‘lar.
    Bankning taqsimlanmagan foydasi kreditlash resursi sifatida ishlatilishi mumkin.

    Download 2.78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Bankning huquqlari va javobgarligi

    Download 2.78 Mb.