-bob. Bank faoliyatini tashkil qilish




Download 2.78 Mb.
bet7/17
Sana11.05.2023
Hajmi2.78 Mb.
#58487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
6-bob. Bank faoliyatini tashkil qilish
22. Bank muassisga hisobot beradi.
Muassis:
Bank Ustavini, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlaydi;
Bank ustav kapitalini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Bankni tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Bank faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Bank kengashi va Bank boshqaruvi Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
24. Bank kengashi Bankning yuqori kollegial boshqaruv organi hisoblanadi, u beshta a’zodan, shu jumladan raisdan iborat bo‘ladi. Bank kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
25. Bank kengashi majlislari yiliga kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Bank kengashi majlisi, zarur hollarda, muassis tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bank kengashi raisi, Bank kengashining ikki va undan ortiq a’zolari, Bank boshqaruvi, Bankning ichki audit xizmati rahbari, shuningdek, tashqi auditori tomonidan chaqirilishi mumkin.
Bank kengashi qarorlari qatnashadigan a’zolarning kamida to‘rtdan uch qismi ovoz berganda qabul qilinadi. Bank kengashi majlisida uning har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi.
Bank kengashi majlislari uning ro‘yxatdagi tarkibidan kamida yetmish besh foiz a’zo ishtirok etganda vakolatli sanaladi. Bunda kengash raisining majlisda ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Bank kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga amal qiladi.
Bank bank kengashiga belgilangan tartibda mukofot to‘laydi, shuningdek, xizmat safari, vakillik va boshqa xarajatlarni tasdiqlangan biznes-rejaga muvofiq amalga oshiradi.
26. Bank kengashi:
Bank faoliyatini (omonatchilar, kreditorlar va muassislar manfaatlarini himoya qilish maqsadida) nazorat qiladi, kreditlash va investitsiyalashning to‘g‘riligini tekshiradi;
Bankning adekvat kapitallashuvini ta’minlaydi;
Bank siyosatini shakllantiradi;
Bank Ustavi, unga qo‘shimcha va o‘zgarishlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Bank ustav kapitalini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Bank faoliyatining yillik natijalarini tasdiqlaydi;
Bank boshqaruvi taqdimnomasiga ko‘ra foydani taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;
Bank boshqaruvi a’zolari tarkibini tasdiqlaydi, boshqaruv raisi va rais o‘rinbosarlari bundan mustasno;
kreditlash, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish, Bank mijozlariga yangi turdagi xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi Bank siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Bank boshqaruvi hisobotlarini, ichki audit xizmati rahbarining ma’ruzalarini eshitadi;
Bank bilan bog‘liq shaxslarga kredit taqdim qilish va kafolatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda Bank sof aktivlarining o‘n besh foizidan ortiqni tashkil etadigan bitimlar va bir nechta o‘zaro bog‘langan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda Bankning ko‘chmas mulkini sotish, ijaraga berish va boshqacha tarzda topshirishni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi (majburiyatlar va qarzlarni to‘lash hisobiga Bankka o‘tgan ko‘chmas mulk bundan mustasno);
majburiyat va qarzlarni to‘lash hisobiga Bank mulkiga o‘tgan mulkni sotish tartibini belgilaydi;
filiallar, vakolatxonalar, sho‘ba banklarni (shu jumladan, chet ellarda) tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, vakolatxonalar, shu’ba banklar ustav va nizomlarini tasdiqlaydi;
qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq Bank kengashi vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
27. O‘n bitta a’zodan, shu jumladan boshqaruvga rahbarlik qiladigan raisdan iborat bo‘lgan boshqaruv Bankning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Bank boshqaruvi raisi Bankning yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi. Bankning ushbu Ustavi bilan berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari bilan bir qatorda, Bankning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari boshqaruv tarkibiga kiradi.
28. Bank boshqaruvi:
Bankning operativ faoliyatini tashkil qiladi va amalga oshiradi, Ustav vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Bank kengashi qarorlari ijrosini ta’minlaydi;
mazkur Ustavga muvofiq Bank kengashida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘riladigan masalalarni dastlab o‘rganib chiqadi, ular bo‘yicha tegishli materiallar, takliflar va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Bank filiali to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
boshqaruv ko‘rib chiqishiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qiladi.
Bank boshqaruvi valyuta-moliya munosabatlari sohasida Hukumat siyosatini Bank tomonidan amalga oshirish, Bankni rivojlantirish va uning joriy faoliyatiga doir barcha masalalarni kollegiallik asosida va boshqaruv a’zolari fikrlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi.
Bank boshqaruvi qarorlari unda qatnashadigan a’zolarning kamida to‘rtdan uch qismi ular uchun ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
Bank boshqaruvi majlislari, agar unda boshqaruvning ro‘yxat bo‘yicha a’zolarining kamida yetmish besh foizi qatnashsa, vakolatli sanaladi. Majlislarda rais albatta ishtirok etishi kerak.
29. Bank boshqaruvi raisi:
Bank faoliyati masalalarini hal qiladi, mazkur Ustavga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bank kengashi va boshqaruvi vakolatiga tegishli masalalar bundan mustasno;
ishonchnomasiz Bank nomidan faoliyat yuritadi, barcha respublika tashkilotlari va organlarida Bank manfaatlarini ifodalaydi;
Bankning ko‘chmas mulkidan tashqari boshqa mulkini tasarruf etadi;
shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;
ishonchnomalar beradi;
mablag‘larni, shu jumladan xayriya maqsadlari uchun tasarruf etish huquqidan foydalanadi, xizmat safari, vakillik va Bank kengashi a’zolari va xodimlarning boshqa xarajatlari me’yorlarini belgilaydi;
Bank, uning filiali va vakolatxonalarining shtat ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
mehnat haqini, Bank xodimlarining boshqa daromadlarini to‘lash shakli va miqdorlarini mustaqil belgilaydi;
xodimlarni, tarkibiy bo‘linmalardagi xodimlarni mukofotlash, Bank xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Bankning barcha xodimlari uchun bajarish shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;
mini-banklarni tashkil qilish, shu jumladan ularni samarasiz faoliyati natijalari bo‘yicha tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Bank faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.

Download 2.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 2.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bank faoliyatini tashkil qilish

Download 2.78 Mb.