O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki




Download 2.78 Mb.
bet3/17
Sana11.05.2023
Hajmi2.78 Mb.
#58487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi o‘rinlarda Bank deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil qilish tartibi, shuningdek, uning tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bank muassisi (keyingi o‘rinlarda muassis deb ataladi) hisoblanadi.
3. Bank xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, o‘z nomidan huquqlarga egalik qiladi va majburiyatlar oladi, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladi.
Bank xo‘jalik yuritish huquqida o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni taqsimlaydi, shuningdek, qonunchilik va mazkur Ustavda belgilangan tartibda bank mulkiga kiradigan va bank faoliyatini amalga oshirish davomida olingan boshqa mulkka ham egalik qiladi.
4. Bank, uning filiallari va vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, shtampga, o‘z nomi o‘zbek, ingliz va rus tillarida yozilgan blankalarga, o‘z emblemasiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining manzili: Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi, 23.
Bankning elektron pochta manzili: info@central.nbu.uz va webmaster@central.nbu.uz.
Bankning firma nomi:
davlat tilida: to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, qisqartirilgani — “O‘zmilliybank”;
rus tilida: to‘liq — Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — “Uznatsbank”;
ingliz tilida: to‘liq — National Bank for Foreign Economic Activity of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — NBU.
5. Bank o‘z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi.
6. Bank belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarda — respublikaning iqtisodiy sheriklarida tashqi iqtisodiy faoliyat va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, buning asosida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining eksporti hajmlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida vakolatxonalar, filiallar, sho‘ba banklar tashkil qiladi.
7. Bank Hukumat topshirig‘iga binoan boshqa davlatlar banklari, xalqaro moliya institutlari va boshqa moliya-kredit tashkilotlari bilan munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi.
8. Bank o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
9. Bank O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, O‘zbekiston Respublikasi Bank majburiyatlari bo‘yicha, bunday majburiyatlarni o‘ziga qabul qilgan holatlardan tashqari, javob bermaydi.

Download 2.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Download 2.78 Mb.