• O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
  • Raqamli iqtisodiyot




    Download 2.78 Mb.
    bet2/17
    Sana11.05.2023
    Hajmi2.78 Mb.
    #58487
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
    1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
    Ilovalar
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
    LexUZ sharhi
    Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3383-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavi 1-ilovaga muvofiq;
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ustavning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2018-yil 12-fevral,
    108-son
    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qaroriga
    1-ILOVA

    Download 2.78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2.78 Mb.