-bob. Bank operatsiyalari




Download 2.78 Mb.
bet6/17
Sana11.05.2023
Hajmi2.78 Mb.
#58487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
RI-51 Mamatqulov Mehrobjon Hisobot
1-amaliy mashg\'ulot, RKT, 4-amaliy DV, 1. Статья для Джиззаха, 2-Tajriba (3), Doc1, 5-мавзу, EvaS
5-bob. Bank operatsiyalari
20. Bank qonunchilikka muvofiq kredit, moliya, hisob-kitob, kassa va boshqa bank xizmatlarini milliy va xorijiy valyutada ko‘rsatadi, shu jumladan:
boshqa davlatlar banklari, kredit va boshqa tashkilotlari bilan korrespondentlik munosabatlari o‘rnatish, eksport, import, nosavdo va boshqa operatsiyalar bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari to‘g‘risida, bank schyotlarini yuritish tartibi to‘g‘risida, loyihalarni birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida hamda mazkur Ustavda ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
xorijiy va xalqaro banklardan va boshqa tashkilotlardan xalqaro bank amaliyotida qo‘llanadigan shakllarda kredit va qarzlar oladi, shuningdek, olingan kredit va qarzlar bo‘yicha Bank veksellari, obligatsiyalari va boshqa majburiyatlari tarzida ta’minot taqdim qiladi;
Bankning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi mijozlariga eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlar uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar beradi;
banklarda, shu jumladan xorijiy banklarda pul mablag‘lari operatsiyalarini amalga oshirish va saqlash uchun korrespondentlik schyotlari ochadi;
milliy va xalqaro valyutada schyotlar va omonatlarga banklar, xalqaro va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy fuqarolardan mablag‘lar qabul qiladi va ularni qimmatli qog‘ozlar hamda badallarga joylashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi banklari, xorijiy va xalqaro banklar va boshqa moliya institutlari korrespondentlik schyotlarida bo‘lgan mablag‘larni tasarruf etish tartibini, ushbu schyotlarni ochish va yuritish tartibini hamda mablag‘larni Bank omonatlariga joylashtirish shartlarini shartnoma asosida belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida xorijiy valyutani sotish va sotib olish, boshqa valyuta qimmatliliklarini (cheklar, veksellar, akkreditivlar va shu kabilarni) xarid qilish va sotishni, shuningdek, valyuta qimmatliliklari bilan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;
xorijda xalqaro bank amaliyotiga muvofiq xorijiy valyutani sotish va sotib olish (diling) hamda boshqa valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;
pul shaklidagi majburiyatlar ijrosini ko‘zda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun topshiriq, kafolat va boshqa majburiyatlar beradi;
tovarlarni yetkazish va xizmatlar ko‘rsatishdan kelib chiqadigan talablarga huquqlarni xarid qiladi, bunday talablarni bajarish tavakkalchiligini, ushbu talablar inkassatsiyalarini (faktoringni) qabul qiladi;
uskunalar, hisob terminallari, bankomat, transport vositalari va boshqa mulkni xarid qiladi va ijaraga beradi;
mablag‘lar egasi va tasarrufchisining topshirig‘iga ko‘ra kapital qo‘yilmalarni moliyalashtiradi;
to‘lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqaradi;
davlat to‘lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi, sotadi va saqlaydi, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi;
zamonaviy texnika va texnologiyalarni, kredit va elektron kartochkalarni joriy qilish, Bankni jahon banklararo telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulash yo‘li bilan Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtiradi;
qimmatbaho metallarni schyotlarga va omonatlarga jalb qiladi va joylashtiradi, ularni sotadi, sotib oladi va ham ichki, ham xalqaro bozorda tabiiy qimmatbaho metallar va toshlar bilan boshqa operatsiyalarni bajaradi;
ishontirish operatsiyalarini amalga oshiradi: mablag‘larni jalb qiladi va joylashtiradi, qimmatli qog‘ozlar va boshqa operatsiyalarni mijoz topshirig‘iga ko‘ra boshqaradi;
mijozlar va korrespondent banklar schyotlarini yuritadi;
mijozlar bilan tuzilgan shartnoma asosida xorijiy valyuta, qimmatbaho metallar, boshqa qimmatliliklarni saqlashga qabul qiladi;
bank faoliyati bilan bog‘liq maslahat va konsalting xizmatlari ko‘rsatadi;
qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdolarda tuzilgan bitimlar natijalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
narx darajasi, qimmatli qog‘ozlarga talab va taklifni saqlash uchun market-meyker xizmatlari ko‘rsatadi;
zamonaviy, shu jumladan, bank schyotlariga masofaviy va kontaktsiz xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlaydigan bank mahsulotlari va texnologiyalarini joriy qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa bank operatsiyalarni amalga oshiradi.
21. Bankning mijozlar va boshqa hamkorlar bilan munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi.

Download 2.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.78 Mb.