-bob. HARAKATDAGI RADIOALOQA TIZIMLARI




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

8-bob. HARAKATDAGI RADIOALOQA TIZIMLARI 
RIVOJLANISHINING TAHLILI
8.1. Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining
tavsifi va tarixi
Harakatdagi radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim 
etiladigan xizmatlar sifati va hajmining kengaytirilishi hisobiga, 
ularning ommaviylashishi va foydalanuvchilarning individual 
talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin sur’atlarda rivojlan-
moqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud tarmoq-
larning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infra-
tuzilmasini yaratish bilan bog‘liq yangi texnik yechimlar 
ning 
ishlatilishi hisobiga ta’minlanadi. O‘z o‘rnida HRT tizimlari 
ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat jarayon-
larini boshdan kechirmoqda. Shu asnoda, ba’zi bir xizmat tur-
lari o‘z umrini o‘tab sahnadan ketmoqda (masalan, “peydjing” 
personal radiochaqiruv tizimlari), boshqalari o‘zining funksional 
imkoniyatlari bilan alternativ xizmatlarga yaqinlashib bormoqda 
(masalan, sotali va tranking aloqalar), uchinchi holatda esa, bir 
xizmat ikkinchisining bozorini qamrab olmoqda (masalan, sotali 
va yo‘ldosh aloqa tizimlari) va hokazo. “Xohlagan xizmatni” 
(ya’ni, nutq, ma’lumot, multimedia xizmatlari), “xohlagan joy-
da” (global ko‘lamlarda) va “xohlagan vaqtda” (ishda, uyda, 
dam olishda, yo‘lda) taqdim etishga qodir bo‘lgan ko‘p qamrovli 
aloqa tizimining konsepsiyasi bugungi kunda muayyan qirralar-
ga ega bo‘lmoqda. Lekin yangisini qurish uchun eskisini bilish 
zarur bo‘lgani kabi, bu tizimlarda bugungi kunda amalga osha-
yotgan jarayonlarni yaxshi tushunish uchun HRT tizimlarining 
tug‘ilish manbalari va rivojlanishini yodga olish ham foydadan 
xoli emas. Shu maqsadda mazkur bobda o‘z rivojlanishini davom 
ettirayotgan HRT tizimlariga qarashli professional mobil aloqa 
(tranking), sotali aloqa, yo‘ldoshli aloqa va simsiz telefoniya ra-
dioaloqa turlari bilan tanishib chiqamiz. 


120
Professional mobil radioaloqa (PMR) turi bugungi kunda tran-
king radioaloqa tizimlari sifatida ma’lum bo‘lib, HRT tarkibida 
eng “keksa” hisoblanadi. Bu aloqa turi o‘tgan asrning 30-yillari-
da paydo bo‘lib, yetmish yildan ortiq vaqt davomida insoniyat-
ga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, PMR tizimlariga jamiyat 
xavfsizligi xizmatlari va huquq tartibini muhofaza qilish uchun 
turli vakolatli tarmoqlar (tez tibbiy yordam va favqulodda vazi-
yatlar bo‘yicha, munitsipial va transport xizmatlari, yirik indus-
trial obyektlar va boshqalar) kiradi. Qabul qilingan xalqaro klassi-
fikatsiya bo‘yicha PMR tizimlarining ikki sinfi, ya’ni professional 
mobil radioaloqa tizimlari — PMR (ingl. Professional (Private) 
Mobile Radio) va umumiy foydalanish mobil radioaloqa tizim-
lari – PAMR (ingl. Public Access Mobile Radio) mavjud. Birinchi 
sinfdagi tizimlar bir foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi 
tasarrufida bo‘ladi va umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin tijoriy xizmatlarni ko‘rsatmaydi. 
PMR tizimlarining ikkinchi sinfi esa ko‘plab foydalanuvchilarga 
korparativ asosda UFTT (PSTN) tarmoqlariga chiqish imkoniya-
tini beradi va operator tomonidan yaratiladi.
Tranking rejimida ishlaydigan PMR tizimlarining farqli o‘zi-
ga xos xususiyati – bu umumiy boshqarish shinasi yordamida 
bir-birlari bilan bog‘langan bir nechta retranslyatorlardan iborat 
saytning (retranslyatsiya punktining) mavjud chastota resursidan 
umumiy foydalanish hisobiga radiochastotalarni samarali ishlatish 
qobiliyatidir. Shuningdek, PMR tizimlarida radioefirni “yengil-
latishga” abonent radiostansiyasining uzatkichi doimiy ravishda 
emas, balki faqat maxsus tugma – tangenta (ingl. Push To Talk 
– PTT) bosilganida ishlashi xizmat qiladi. 
PMR tizimlarining rivojlanishi aloqani sifati, tezkorligi va kon-
fidensialligini yaxshilashga hamda analog tizimlardan raqamli 
tizimlarga o‘tkazish yo‘naltirilgan. Raqamli PMR tizimlarining 
paydo bo‘lishi bilan ilgari analog tizimlarida to‘la me’yorda erishib 
bo‘lmaydigan ko‘plab zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoni-
yati paydo bo‘ldi. Mavjud analog PMR tizimlari (SmartTrunkII, 


121
LTR, Multi-Net, Accessnet, Smartnet, EDACS, MPT-1327) 
tarmoqlarini qurishda yetarli darajada ixcham emas, ma’lumot 
uzatishda imkoniyatlari cheklangan, bir-birlari bilan moslash-
maydigan, yuqori konfidensiallikni va sanksiyasiz ulanishdan 
ishonchli himoyani ta’minlay olmaslik kabi kamchiliklarga ega. 
Bu “nuqsonlar” esa ko‘p sonli bir-birlari bilan moslashmaydigan 
analog standartlarni almashtirish uchun yaratilgan raqamli PMR 
standartlarida bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan. Raqamli tranking 
tizimlarining ixcham arxitekturasi tufayli axborotlarni yuqori hi-
moyalash darajasini ta’minlovchi regional va milliy ko‘lamlardagi 
tarmoqlarni yaratish va ularda individual, guruhli va keng qam-
rovli chaqiruvlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Hozirgi kunda eng rivoj topgan raqamli PMR tizimlari Yev-
ropada aloqa sohasida standartlar bo‘yicha ETSI instituti ishlab 
chiqqan TETRA loyihasi hamda Amerikaning jamiyat xavfsizligi 
tashkilotlari aloqa boshqaruvchilari Assotsiatsiyasining ARSO-25 
loyihasi hisoblanadi. Bundan tashqari, raqamli PMR bozorida 
“korxonaviy” standartlar statusini olgan EADS (Fransiya) firma-
sining TETRAPOL tizimi, Motorola (AQSH) firmasining iDEN 
tizimi, Ericsson (Shvetsiya) firmasining EDACS tizimi va bosh-
qalar ishlatilmoqda.
ARSO-25 raqamli tranking aloqasi standarti “ochiq standart” 
statusiga ega bo‘lib, Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek, 
Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya davlatlarida keng qo‘llaniladi. 
ARSO-25 loyihasiga bog‘liq tadqiqotlar va standartlash ishlari 
1992-yilda tugatilgan, lekin standartning spetsifikatsiyalari bir 
necha marta qayta to‘ldirildi. ARSO-25 standarti analog va raqam li 
tarmoqlarni hamda tranking va konvensional tarmoqlar ning o‘za-
ro ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, mavjud bo‘lgan 
analog tarmoqlaridan raqamli tarmoqlarga ravon o‘tish maqsa-
dida standart ikki bosqichda amaliyotga tatbiq etilmoqda.Texnik 
nuqtayi nazardan ikkinchi bosqichga o‘tish chastotalar to‘ri qa-
damini ikki marta kamaytirish (ya’ni 6,25kGs gacha) va spektral 
jihatdan samarador bo‘lgan CQPSK modulyatsiya usulidan foy-


122
dalanish kabi yangiliklar hisobiga bo‘lmoqda [8]. Shu bilan birga, 
kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish, ya’ni TDMA texnologiyasidan 
foydalanish hisobiga APCO-25 tizimlarini TETRA standarti bilan 
birlashtirish masalasi ham ilgari surilmoqda.
GSM sotali aloqa standartining yutuqlaridan ta’sirlanib, ETSI 
instituti 1994-yilda TETRA (ingl. TransEuropean Trunked Radio) 
“Raqamli tranking aloqa transyevropa ochiq standarini” yaratdi. 
Keyinchalik standartga boshqa mintaqalarning ham katta qizi-
qishi tufayli uning ta’sir etish hududi faqat Yevropa bilan chek-
lanib qolmadi va hozirgi vaqtda TETRA qisqartmasi “Yer sirti 
tranking radioaloqasi” (ingl. Terrestrial Trunked Radio) nomi bi-
lan yoyilmoqda. TETRA standarti asosiga turli chastotalar diapa-
zonlarida va aloqa protokollari bilan farq qiladigan tarmoqlarni 
minimal xarajatlarda yaratishga imkon beradigan universal texnik 
yechimlar qo‘yilgan. TETRA tizimi chastota resursini tejash bilan 
bir qatorda (25kGs chastotalar polosasida 4 ta mantiqiy kanal) 
istiqbolda 3-avlod xizmatlarini taqdim etish va turli joriy etish 
ssenariylarini ko‘zda tutib, funksionallikni oshirish bo‘yicha kat-
ta imkoniyatlarni ta’minlaydi. TETRA standarti rivojlanishda 
davom etmoqda va uning bazasida yuqori tezlikda ma’lumotlarni 
simsiz uzatish tizimlari ishlab chiqilmoqda (standartning hozirgi 
TETRA V+D versiyasi 28,8kbit/sek maksimal ma’lumot uzatish 
tezligini ta’minlaydi). Kanallarning paketli kommutatsiyalovchi 
standartining TETRA PDO yangi versiyasida esa 32kbit/sek tez-
likka erishiladi. Bundan tashqari, standartning ishchi chastota-
lar diapazonini kengaytirish, uni dengiz va aviatsiya xizmatlari 
(vertolyotlar va uchish tezligi 500km/soat bo‘lgan yengil samo-
lyotlar), qishloq joylarida aloqani tashkil etish (100 km gacha 
masofalarda) va boshqa vazifalar uchun moslashtirish bo‘yicha 
ishlar olib borilmoqda [9].
PMR tizimlarining keyingi rivojlanishi foydalanuvchilarning 
o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun aloqa rivojlanishi-
ning zamonaviy an’analarini hisobga oluvchi yangi xizmatlarni 
o‘z spetsifikatsiyalariga kiritishga qaratilgan. Xususan, umumiy 


123
foydalaniladigan tarmoqlar (Internet) hamda korporativ tarmoq-
lar orasida tarmoqlararo o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 
IP protokoli asosida qurilgan tarmoqlardan foydalanish taklif 
etilmoqda. Bunday tarmoq qo‘llanilganda texnologiya o‘ta yuqori 
ma’lumot uzatish tezligini talab qiladigan ilovalarga mo‘ljallanadi. 
Boshlang‘ich yuqori tezlikdagi ilovalar uchun bir necha o‘nlab 
Mbit/sek tezliklardan foydalanilsa-da, keyinchalik PMR tizim-
larining yangi ishlanmalari 155Mbit/sek dan yuqori tezliklarni 
ta’minlashga qodir bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bunda to‘la mo-
billik va keng hududlarni qoplash (“rouming” imkoniyatlari) kabi 
afzalliklar saqlanadi [10].
Shuningdek, PMR tizimlarini LTE mobil aloqa texnologiyasi 
sari rivojlantirish ustida ham ishlar olib borilmoqda va shu tariqa 
4G avlodi darajasida PMR hamda sotali aloqa funksionallarining 
yanada yaqinlashishi kutilmoqda. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish