128
Shunga o‘xshash boshqa chastotaviy rejalash usullari (taxminan)
simvollararo xalaqitlar sathini ta’minlaydi
hamda taxminan xuddi
o‘sha natijani beradi.
Chastotaviy kanallarning taqsimlashlarida tayinlangan
(fiksirlangan) usuldan farqli dinamik taqsimlash yo‘li ham mavjud.
Bu usuldan foydalanishdan asosiy maqsad kanallardan samarali
foydalanishdir va shu kanalning barcha sotalari band bo‘lgan holda
chaqiriqning blokirovkalash ehtimolligini ham pasaytirishdir.
Bu chog‘da, aloqa seansi vaqtida barcha kanallari band bo‘lgan
BTS larga qo‘shni sotalarning kanallari taqdim etiladi.
Kanallarni taqsimlashda gibrid usullardan ham foydalanish
mumkin. Bundan tashqari har bir BTS ga tayinlangan kanallar
to‘plami ajratiladi va dinamik taqsimlangan
kanallarning bir nechta
son biriktiriladi. Bunday tuzilishni tashkil etishda chaqiriqning
blokirovkalash ehtimolligi kanalda mavjud bo‘lgan yuklanishga
hamda tayinlangan va dinamik kanallar sonlari orasidagi nisbatga
ham bog‘liq bo‘ladi.
Dinamik va gibrid taqsimlashning muhim afzalligi shundan
iboratki, bitta kanalga to‘g‘ri keladigan TLF yuklanish zichligi
doimiy bo‘lmasa, uni bir tekis meyorga keltirish imkonini beradi.
Tayinlangan taqsimlashda esa bu yacheyka radiusini
kamaytirish
yo‘li bilan hamda trafik yuqori bo‘lgan joylarda BTS dagi kanallar
sonini oshirish hisobiga erishiladi.
Shunday prinsip asosida tizimning daslabki ishga tushirilishi
amalga oshiriladi. Ya’ni avval katta yacheykali bir nechta BTS
ishga kiritiladi, so‘ng asta-sekin sota panjarasi katagini parchalash
yo‘li bilan tizim mukammal o‘tkazish qobiliyati rejimiga o‘tadi.
KSAT ni loyihalash chog‘ida faqatgina chastota bo‘yicha
rejalashni o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmay,
shahar
ichida va shahar atrofidagi zonalarda UQT tarqalishini ham tadqiq
qilish zarurdir.
Shahar va qishloqqa oid joylarda UQT tarqalishi ustidagi ko‘p
sonli eksperimental tadqiqotlar mavjud.
Shahar va qishloqqa oid joylarda, qayerda ko‘p marotaba
129
akslanish mumkin (ko‘p nurlilik), UQT tarqalishiga doir ko‘p
marta o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
to‘lqinning so‘nishi sezilarli darajada faqat BTS antennasining
balandligi K ga bog‘liq va balandlikni oshirgan sari u kamayadi.
Bundan tashqari signalning quvvati antennalararo masofaga
bog‘liq ravishda deyarli bir xil o‘zgaradi.
KSAT ga bir tomondan o‘rindosh kanallar sotalarining o‘zaro
xalaqitlari
tufayli va boshqa tomondan, kanallarda xalaqitlar
mavjudligi sababli hosil bo‘ladigan tizim ichidagi xalaqitlar ham
mansub. O‘zaro xalaqitlar sathi tarmoqning tanlab olingan C va D
parametri bilan aniqlanadi. Bu parametrlar aniq berilgan o‘tkazish
imkoniyatida va belgilangan chastota polosasida xalaqit qiluvchi
stansiya sonini aniqlash imkonini beradi. Agar BTS larning
umumiy soni uncha katta bo‘lmasa, ya’ni L sezirarli ravishda
S
kattalikdan oshmasa, unda tizim ichida bitta yoki bir nechta
xalaqit qiluvchi stansiya bo‘lishi mumkin.
Tizim ichida o‘zaro xalaqitlarni hisoblashning har xil turdagi
uslublari mavjud. Bunday uslublar bilan hisoblash natijalari deyari
bir xil.
Bunday hisoblash tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalaqitga
bardoshlikni oshirish va spektrdan samarali foydalanish uchun
BTS dagi abonentlarni 1200 yo‘naltirilgan qilib o‘rnatish
maqsadga muvofiqdir. Bunday vaziyatda oltiburchakli sotaning
bir burchagida joylashtirilgan har bir
BTS ga uch sektorli antenna
o‘rnatiladi, natijada birdaniga uchta sotani bitta BTS qoplaydi. Har
bir sotadagi uchta BTS ning uch sektori mos kelganligi tufayli BTS
larning umumiy soni tizimdagi sotalar soniga tengdir. Yomonroq
holatda, ya’ni MS olti burchakli sotaning bir burchagida joylashib
qolgan paytda S=1 qabul qilgich kirishidagi signal/xalaqit nisbati
1,7 dB kattalikkacha oshadi.
Umuman olganda, yo‘naltirilgan nurlanish KSAT dagi o‘zaro
xalaqitlarni kamaytirishning samarali chorasidir.
AQSHda raqamli texnologiyalar rivojlanishining boshlani-
shiga
“IS-54” standarti (korporativ nomlanishi D-AMPS) asos
130
qo‘ydi. U AQSHda ishlayotgan analog AMPS
tizimlarining
sig‘imini oshirish maqsadida ishlab chiqildi va TIA assotsiatsi-
yasi tomonidan 1989-yilda tasdiqlandi. D-AMPS standartida bir
chastota kanalida (kanal ning kengligi 30kGs) 3 ta nutq kanalini
ishlatish imkoniyatini beradigan yangi texnik yechimlar kiritil-
di. Bu standart asosidagi birinchi tarmoqlar 1992-yilda ishga
tushirildi. AQSHda D-AMPS standarti (AMPS bilan birga) uzoq
vaqt asosiy tizim bo‘lib turdi. 2000-yilda
mamlakatda bu stan-
dartlar abonentlari soni 50 mln atrofida bo‘lgan [14]. Shu yer-
da aytib o‘tish lozimki, D-AMPS standartining tarqalishi faqat
Shimoliy Amerika bilan cheklanib qolmay, dunyoning boshqa
hududlarida ham, xususan, Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy
Osiyo, Yaqin Sharq mamalakatlariga ham tarqaldi.
Chunonchi,
AMPS/D-AMPS standartlari MDH davlatlarida ham, xususan,
bizning mamlakatimizda ham keng ommalashgan edi.
Sotali aloqaning raqamli texnologiyalarini rivojlantirishda Ya-
poniya ham Yevropa va AQSHdan qolishmadi va o‘zining
PDC