126
Ya’ni u B to‘plamdagi kanallar soniga bog‘liq
emas va sota
radiusining kamayishi bilan oshib boradi. Bundan kelib chiqadiki,
qanchalik sotaning radiusi R kichik bo‘lsa, chastotalarni shuncha
tez-tez, ya’ni ularning baravar ishlatilishini (foydalanishini)
takrorlashi mumkin. Bundan tashqari chastota parametri S ning
kichikroq qiymatini tanlab olish zarur.
Sotaning shakli oltiburchakli deb
qaralganda C bilan himoya
intervali D (takrorlanuvchi chastotalarga ega sotalararo masofa)
qiymatlarining optimal bog‘lanishi quyidagichadir:
C = (D/R)
2
/3
Bundan tashqari, oltiburchak shakldagi sota MS uzatkichining
quvvati chegaralangach va chastotaviy kanallarning taqsimlanishini
muntazamlash imkoni bor tizimlarida doiraviy zonaning eng
yaxshi aproksimatsiyalanishini ta’minlaydi.
Ko‘rib chiqilgan hududiy ikki o‘lchovli qoplash sxemasi
bir chiziq bo‘yicha uzun zanjir shaklida
sotalarning joylashish
sxemasidan birmuncha farq qiladi. Chiziqli joylashtirish radial
yo‘nalishliga qaraganda, masalan avtomagistrallar bo‘ylab
tizimlar qurishda ko‘proq e’tiborga sazovordir. Bunda chastota
kanallarning minimal zarur soni C = D/2R bilan aniqlanadi.
Ishlatish (foydalanish) tajribasi va hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki,
R va D/R nisbatning kamaytirilishi KSAT da yuqori o‘tkazuvchanlik
imkoniyatini va chastotaviy samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
Ammo, sota radiusini haddan tashqari kamaytirish abonentlarning
ko‘chishida sotaning shartli chegaralarini kesib o‘tish soni
juda ko‘payib ketishiga olib keladi.
Shu tufayli qayta ishlashni
talab qiluvchi ma’lumotlar oqimi oshadi, bu esa boshqarish va
kommutatsiya quyi tizimlarining o‘ta yuklanishiga olib keladi va
natijada tizimning ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin.
Bundan
tashqari R ning kichik qiymatlarida, hududning real sharoitlarida
BTS antennasining aniq joylanishi holatidan chetlanishi mumkin.
Hisoblashlar ko‘rsatadiki, R=1,6 km bo‘lganda, BTS anten-
127
nasining geometrik markaziga nisbatan radiusning to‘rtdan bir
masofaga o‘z joyidan siljishi qabul qilgich kirishidagi signal/
xalaqit nisbatining 10% kamayishiga olib keladi.
D/R qiymati o‘zaro xalaqitlarning
belgilangan sathi bilan
aniqlanadi, D/R qiymatlari kamaygan holda, qabul qilishning
xalaqitbardoshligini yuqori darajada saqlash maqsadida maxsus
chora ko‘rish talab qilinadi.
Qabul qilishda xalaqitbardoshlikni
oshirish usullaridan biri
yo‘naltirilgan antennalaridan foydalanishdir.
Masalan, AMPS (AQSH) tizimida yo‘naltirilmagan antenna
o‘rniga 3 ta 1200 antennalarni qo‘llash natijasida qabul qilgich
kirishidagi belgilangan signal/xalaqit nisbat chastotaviy parametrni
S=7 (
S=12, yo‘naltirilmagan antennalar uchun) qiymatgacha
kamaytirish imkonini beradi (18.3-rasm).
Kanallarning taqsimlash usullaridan biri bo‘lib
ikkilangan
struktura hisoblanadi. Bu usulning eng sodda qoidasiga binoan
BTSga
k, k+l, k+lS nomerli kanallar to‘plami ajratiladi. Bu yerda
k stansiyalar guruhidagi BTS ning nomeri. Stansiyalar guruhidagi
turli xil to‘plamlar
ishlatiladi, ya’ni
k= 1,2…C
Masalan, 3 raqam bilan belgilangan l=7 sotalarda 3,10,17,24...
va h.k. kanallar ishlatiladi.
Yo‘naltirilgan antennalari bor tizimda simvollararo xalaqitlarni
yo‘qotishning yanada samarali usullaridan biri – bu qo‘shni
kanallar antennalarini kerakli fazoviy sozlab yo‘naltirishdir.