133
tions) ishlab chiqildi. Kichik quvvatli nurlanishni (10–25mVt)
va abonent uskunalarining juda yuqori zichlikda joylashuvi-
ni ta’minlay olgan DECT standarti ETSI instituti tomonidan
1992-yilda tasdiqlandi. Bu texnologiyaning
keng joriy etilishi
1995-yilda birdaniga 2 millionga yaqin terminallar sotilganidan
so‘ng boshlanib ketdi [16].
U davrda bir necha yillardan keyin DECT standarti simsiz tele-
foniya bozorini deyarli to‘liq egallab olishiga ko‘pchilik ishonmas
edi. 2001-yilga kelib, raqamli simsiz telefonlar soni taxminan 50
millionni tashkil etib, analog simsiz telefonlardan (45 mln) o‘zib
ketdi.
Simsiz telefoniyaning keyingi rivojlanishi
sotali aloqa tarmoq lari
(pikosotalar va femtosotalar) bilan birikib ketish yo‘lidan boradi
va mobil aloqa tizimlarida o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi.
8.3. Yo‘ldoshli aloqa tizimlari
Yo‘ldoshli aloqa tizimlarini (YAT) boshqa HRT tizimlaridan
ajratib turadigan qator o‘ziga xos xarakteristikalari bor. Masalan,
yo‘ldoshli aloqa aniq bir joyga deyarli bog‘lanmagan va Yer sir-
ti aloqa tizimlariga taqqoslanganida juda katta xizmat ko‘rsatish
hududiga ega. U olis, borish
qiyin joylarda samarador, ba’zan esa,
yagona aloqa turi bo‘lib qolmoqda.
YAT turli belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. Vazifa-
si bo‘yicha ular harbiy, fuqaroviy, davlat yoki tijorat; Yer
usti (abonent) stansiyalari turi bo‘yicha
statsionar yoki mobil
bo‘lishlari mumkin. Taqdim etiladigan xizmatlar bo‘yicha YAT
ovoz (radiotelefon) aloqasi, ma’lumotlarni paketli uzatish yoki
obyektlarning joylashishini aniqlash xizmatlari bilan ajratiladi.
Shuningdek, YAT o‘zlarining ishchi orbitalari balandligi
bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan
YAT tizimlari quyidagilar: yuqori orbital
(yoki geostatsionar,
ingl. GEO) — 40 ming kilometr balandlikdagi
doiraviy orbitali
tizimlar, o‘rta orbital
(ingl. MEO) — 5—15 ming kilometr ba-
134
landlikdagi tizimlar va past orbital
(ingl. LEO) — 700—1500
kilometr balandlikdagi tizimlar.
YAT rivojlanishi XX asrning 70-yillaridan boshlanib,
dastlab
orbitaga Marisat geostatsionar koinot apparati (KA) chiqarilgan-
dan keyin avj oldi. Dastlabki mobil Yer stansiyalari (ES) maxsus
qo‘llanish tizimlari sifatida (dengiz, havo, avtomobil, temiryo‘l
transportlari uchun) ishlab chiqildi va foydalanuv chilarning chek-
langan soniga mo‘ljallangan edi. Aloqaning ishonchliligi yuqori
bo‘lmadi, chunki harakatdagi obyektlarning energiya ta’minoti
past edi va murakkab mahalliy relyeflarda
hamda joyning kichik
ishchi burchaklarida aloqaning barqaror ligini ta’minlash qiyin
edi. Birinchi avlod Yer stansiyalari (Inmarsat-A standarti) max-
sus va korporativ tarmoqlarni yaratish uchun mo‘ljallandi.
Harakatdagi YAT sohasida revolyusion o‘zgarishlar 90-yillar-
ning boshlarida bo‘lib o‘tdi va bunday o‘zgarishlarga quyidagi
uchta omil sabab bo‘ldi: