• II. AVTOMATIKANING RAQAMLI QURILMALARI 2.1.Mantiqiy elementlar va ularning elektr analoglari
  • Raqamli texnikaga kirish va avtomatika




    Download 2,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/72
    Sana12.02.2024
    Hajmi2,28 Mb.
    #155309
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
    Bog'liq
    RAQAMLI TEXNIKAGA

    Nazorat savollari 
     
    1. Elektron ion nazariyasining asoschilari kimlar va ular qaysi davrning 
    vakillari hisoblanadi? 
    2. 
    Atomlar modelini qurishda Tomson qanday taxminni berdi, Rezerford 
    atom modeli qanday yaratildi?
    3. 
    Alfa – zarralar deb kanday zarralarga aytiladi?
    4. Raqamli mikrosxema (mikrochip) nima? 
    5. Integral sxemalar va mikroprotsessor qurilmalarining xususiyatlari 
    6. Integral mikrosxemalar nima? 
    7. Gibridli (aralash) IS lar qanday tuzilgan? 
    8. Integratsiya darajasi nima? 
    9. IS larning shartli belgilari kanday elementlardan tashkil topgan? 
    10. Mikroprotsessorlarning asosiy xususiyatlari 
    qanday?


    16 
    II. AVTOMATIKANING RAQAMLI QURILMALARI 
     
    2.1.Mantiqiy elementlar va ularning elektr analoglari  
     
     Mantiqiy signallar va ular ustida bajariladigan asosiy oddiy amallar
    Avtomatikada murakkablik darajasidan qat’i nazar, har qanday boshqaruv 
    tizimini ma’lum ketma-ketlikdagi oddiy mantiqiy amallar (operatsiyalar) 
    ko`rinishida ifodalash mumkin. Mantiqiy amallarni bajarish uchun 
    mo`ljallangan elementlarga mantiqiy elementlar deyiladi 
    Mantiqiy elementlar turli xildagi elektr sxemalarida har xil texnik 
    vositalar: 
    rele-kontaktli 
    elektrik 
    elementlar, 
    kontaktsiz 
    elementlar, 
    pnevmatik, gidravlik asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi. 
    Mantiqiy elementlar boshqaruv ob’ektining holatini unga kelaetgan 
    signallar ko`rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret 
    (sakrab) o`zgartira oladigan moslamalar xisoblanadi. Sistema funksiyasini 
    belgilab beradigan bunday shartlar mantiqiy boshqaruv algoritmi deyiladi. 
    Mantiqiy ABS dan foydalanilgan har qanday holatda ob’ektning holati uning 
    ijrochi organlarini ulash yoki o`chirish yo`li bilan sakrab o`zgaradi. YA’ni 
    har qanday mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni bajarish barobarida 
    faqatgina ikkita holatda bo`lishi mumkin: "nol" - agarda ob’ekt tarmoqqa 
    ulanmagan bo`lsa (signal yo`q). "bir"- agar ob’ekt tarmoqqa ulangan bo`lsa 
    (signal bor).
    Agar, X mantiqiy o`zgaruvchi biror bir R relening holatini ifoda etsa, 
    unda 
    1, rele ulangan 
    X = { 
    0, rele ulanmagan. 
    Demak ABS larda boshqaruv ob’ekti, uning elementlari va signallar 
    diskret, ya’ni aniq bir holatda bo`ladi. Masalan, lampochka L yoniq yoki 
    o`chgan, knopka K bosilgan yoki bosilmagan, rele R ulangan yoki 
    ulanmagan va h.k. 
    Tuzilishi murakkabroq bo`lgan ob’ektlarni faqatgina ikkita holati 
    bo`lgan bir nechta sodda ob’ektlarni boshqarilishi kabi boshqarish mumkin. 
    Masalan. reversiv dvigatel uchta holatda ("oldinga", "orqaga" va 
    "o`chirilgan") bo`lishi mumkin. Lyokin shunday holatda ham dvigatel ikkita 
    – MP
    1
    va MP
    2
    magnit ishga tushirgich yordamida boshqariladi, ya’ni bittasi 
    "oldinga". boshqasi "orqaga" aylantiradi. 
    SHunday qilib, uchta holatli dvigatelni i k k i t a holati bo`lgan magnit 
    ishga tushirgich yordamida boshqarish mumkin.


    17 
    Avtomatik boshqaruv sistemasi element(signal)larining holati o`rtasida 
    ma’lum mantiqiy bog‘liqliklar mavjud. Bu bog‘liqliklarni ifoda etish uchun 
    maxsus simvollar - mantiqiy amal(operatsiya)lardan foydalaniladi. 

    Download 2,28 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




    Download 2,28 Mb.
    Pdf ko'rish