Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/72
Sana12.02.2024
Hajmi2,28 Mb.
#155309
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
Bog'liq
RAQAMLI TEXNIKAGA

 Mantiq algebrasining asosiy tushunchalariMantiq algebrasi - bu 0 va 
1 qiymatlarini qabul qilib, o`zgaruvchan kattaliklar o`rtasidagi bog‘liqlikni 
o`rganadigan analiz va sintez matematik apparatidir. Bu ikkita qiymatga har 
xil o`zaro qarama-qarshi hodisalar, shart va holatlar qo`yiladi. Masalan, 
kontaktning ulanishi-1, kontaktning ajralishi-0: signal mavjudligi-1, 
signalning yo`qligi-0: yopiq zanjir-1, ochiq zanjir-0. Bu erda shuni nazarda 
tutish kerakki, 0 va 1 raqamlari miqdoriy nisbatni anglatmaydi va son ham 
emas, balki ular simvol hisoblanadi. 
Mantiqiy o`zgaruvchi deb- faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul 
qiluvchi kattalikka aytiladi.
Mantiqiy funksiya deb argumentlari faqat 0 va 1 qiymatlarni qabul 
qiluvchi funksiyaga aytiladi. 
Mantiqiy funksiyalarda kirishdagi va o`zgaruvchi qiymatlarning turli xil 
amallari termalar deyiladi. Kirishdagi o`zgaruvchilar qiymatlari va logik 
funksiyalar qiymatlari termasi funksiyaning haqiqiylik jadvali deyiladi.
Elektromexanik qurilmalarni kontaktsiz asboblarga almashtirish 
natijasida avtomatlashtirish tizimlarining tezkorligi va ishonchliligi ortadi va 
ekspluatatsion xarajatlari ham kamayadi. Diskret ish tartabiga ega bulgan 
qurilmalar asosan tranzistorli va integral mikrosxemali elementlar asosida 
ishlab chikariladi. Ularda energiya sarfi kam bo`ladi, kichik o`lchamga ega 
bo`lib, yuqori ishonchlilikka ega. 
Uzoq vaqt davomida avtomatika sxemalarida tranzistorli «Logika - T» 
seriyasidagi mantiqiy elementlar qullanib kelindi. Kup hollarda ular yor-
damida elektromagnatli boshqaruv qurilmalari almashtirilib, tizim kontaktsiz 
sxemalarga o`tkazildi. Lyokin, «Logika - T» elementlari ma’lum 
kamchiliklarga 
ega: 
tashqi 
ta’sirlardan himoyalanganligi bo`yicha 
mustahkamligi va funksional vazifalari bo`yicha. SHuning uchun diskret 
avtomatika va telemexanika tizimlarida qo`llanuvchi «Logika - I» seriyali 
boshqaruv elementlari ishlab chiqildi. 
Hozirgi kunda bu elementlar avtomatlashtirish sxemalarida keng 
qullanilyapti. Bu element tashki ta’sirlardan yuqori darajada himoyalangan 
va yuqori tezkorlikka ega bo`lib, K511 integral mikrosxemalari, gerkon 
relelari, optronlar, tiristorlar va simistorlar asosida quriladi. Diskret mantiqiy 
elementlar standartlashtirilib, kirish va chiqish signallari, yuklama 
imkoniyati, ulchamlari bo`yicha unifikatsiyalangan bo`lib, ularni o`rnatish, 
sozlash va foydalanishni engillashtiradi.


18 
Mantiqiy elementlarning kirish qismiga datchiklardan olinadigan 
signallar uzatilib chiqish qismiga elektromexanik qurilmalar va boshqa ijro 
elementlari ulanadi. 
Murakkab avtomatlashtrish tizimlarini diskret elementlarda ishlab 
chiqish mantiq algebrasini qo`llash qulaydir. Diskret sxemalarni sintezi va 
ularni tekshirish usullari elementlarining ketma-ket ishlashi va ularning 
tavsifnomalariga bog‘liq. Ish tartibiga ko`ra sxemalar bir taktli va ko`p 
taktliga ajratiladi. 
Bir taktli sxemalarda ijro elementlarining holati har bir belgilangan vaqt 
oralig‘ida keyingi (qabul qiluvchi) elementning holati bilan aniqlanadi. 
Ularda qabul qiluvchi va ijrochi elementlarning belgilangan ketma-ketligi 
ko`zda tutilmaydi.Ko`p taktli sxemalarda qabul qiluvchi oraliq va ijro 
elementlarining belgilangan ketma-ketligi mavjud.
Diskret sxemalarning analitik ifodasini yozishda quyidagi belgilardan 
foydalaniladi: 
A, V ..., X,Y…-qabul qiluvchi, oraliq, ijrochi, elementlari (odatda 
ularning ishchi chulg‘amlari ), 
a,v, ... x, y,… - qo`shiluvchi kontaktlar; 
,
в
a
... 
,
у
х
… - ajratuvchi kontaktlari; 
a + v - kontaktlarning paralel ulanishi; 
a v - kontaktlarning ketma-ket ulanishi; 
1 – doimiy yopiq zanjir; 0-doimiy ochiq zanjir; 
f - kontaktlarning tarkibiy formulasi; 
F – sxemaning umumiy tarkibiy formulasi; 
Ushbu belgilardan foydalanib, amalda ixtiyoriy sxemaning matematik 
tarkibini topish mumkin. 
Mantiq algebrasida asosan to`rt xil qonun mavjud; 

Download 2,28 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari

Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish