Raqamli texnikaga kirish va avtomatika




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/72
Sana12.02.2024
Hajmi2,28 Mb.
#155309
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Bog'liq
RAQAMLI TEXNIKAGA

tok o`tkazuvchi metall yo`lakchalar va maydonchalar dielektrik materialdan 
yasalgan asosga joylashtirilib, sirtiga mikroelektronika elementlari (diodlar, 
tranzistorlar, rezistorlar va boshq.) montaj qilinadi.IS larning afzalligi yuqori 
ishonchlilik, tezkorlik, og‘irligining kamligi, kam energiya talab etishi, 
bajaraetgan funksiyalarini murakkablashtirish imkoniyatining borligi va 
boshqalar hisoblanadi.


13 
1.6- rasm. Yarim o`tkazgichli kristallda turli
elementlarni joylashtirish misollari 
Hozirgi kunda tranzistorlar asosida yaratilgan mantiqiy IS lar keng 
tarqalmoqda. Bunday tipdagi IS lardan K133, K155, K511 seriyalari 
hisoblash texnikalarini va diskret sanoat qurilmalarini avtomatik boshqarish 
tizimlarini yaratishda keng foydalaniladi.
1.7-rasm. Yarim o`tkazgichli va gibridli IS lar strukturalari
Yuqori darajadagi salbiy ta’sirlarga bardoshli mantiqiy IS 511 seriyasi 
sanoat avtomatikasi va dastgohlarni raqamli-dasturli boshqarish tizimlari
shuningdek boshqa TJ larni avtomatlashtirishda qo`llaniladi. IS ning 
bardoshliligi ayniqsa vibratsiya, agressiv muhit, changlik bqori bo`lgan 
qurilish sohasida, transport vositalarida, dastgoh va elektr uskunalarda 
muhim ahamiyatga ega. 
IS lar bir nechta yo`nalishda takomillashib bormoqda. Suulardan biri 
integratsiyalanish darajasi, ya’ni bir hajmda ko`proq elementlarni 
joylashtirish, borgan sari oshib bormoqda. Hozirgi kunda bir korpusda 


14 
milliondan ko`proq mikroelementlar joylashtirilgan va murakkab mantiqiy 
qurilmalardan iborat mikroprotsessorlarda bo`lgan KIS lar mavjud. 
Integratsiya darajasini k=lgN formula orqali aniqlash mumkin. Bunda N 
IS ga joylashtirilgan element va komponentlar soni. 
IS larning shartli belgilanishi ularning qaysi sinf, guruh yoki seriyaga 
mansubligini aniqlashga yordam beradi. 
IS larning shartli belgilari quyidagi elementlardan tashkil topgan:
Birinchi element- IS guruhini bildiruvchi raqam (1, 5, 7 — yarim 
o`tkazgichli; 2, 4, 6, 8 — gibridli; 3 — plenkali, sopol (keramik) va boshq.). 
Keng iste’moldagi kurilmalarda harflar ham ishlatilishi mumkin. 
Ikkinchi element - mikrosxema seriyasini bildiruvchi uchta raqam (000 
dan 999 gacha). 
Uchinchi element — IS vazifasidan kelib chiqib, uning ko`rinishi va 
kichik guruhini anglatadi. 
To`rtinchi element — shu seriyadagi mikrosxemaning shartli raqami 
(nomeri). 
Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar – eng yangi raqamli hisob-
lash vositalari quriladigan zamonaviy elementlar bazasi hisoblanadi. 
Mikroprotsessorlarning har qanday ko`rinishlarida kattaliklar bilan ishlash, 
dastur boshqaruvi asosida hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun raqamli 
sxemalardan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, mikroprotsessor bu 
kattaliklarni qayta ishlovchi qurilmadir. 
Ma’lumotlar bilan ishlash mikroprotsessorlarning asosiy xususiyatlari-
dan biri bo`lib, u arifmetik-mantiqiy amallarni bajarish va boshqa turli 
xildagi operatsiyalarni o`z ichiga oladi. 
Sistemani boshqarish mikroprotsessorlarning ikkinchi muhim xususiyati 
hisoblanadi. Boshqaruv sxemalaridan kodlangan kattaliklarning kodlarini ochish, 
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo`ljallangan komandalar ketma-ketligi – 
Dasturni bajarish maqsadlarida foydalaniladi. 
Mikroprotsessorlarning yana bir muhim xususiyati MP ga ulangan 
tashqi, oraliq qurilmalar bilan axborot almashinuvini ta’minlash orqali 
ifodalanadi. Mikroprotsessorlarning asosiy xarakteristikasi uning razryadlari 
soni bilan belgilanuvchi – quvvati hisoblanadi. 


15 

Download 2,28 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish