27
• o`zning ketma-ket kodini parallel kodga va aksincha, o`zgartirish;
• So`z kodini o`ngga yoki chapga talab etilgan razryadga siljitish.
Ma’lumotni D kirish nuqtasi bo`yicha bir fazali kod orqali yozish
imkoniyatini berganligi uchun, registrlar qoida tariqasida D- triggerlar
asosida tuziladi.
2.6-rasm. Sonning to`g‘ri kodini teskarisiga aylantiruvchi
va ma’lumotni saqlovchi registr sxemasi
Registrga axborot kiritish parallel yoki ketma-ket shaklda amalga
oshiriladi. Birinchi holatda so`z parallel kod ko`rinishida shakllanadi.
Yozilishda va o`qilishda so`z kodining barcha razryadlari bir vaqtda, har bir
razryad o`zining kod shinasi bo`yicha uzatiladi. So`z
kodini ketma-ket
uzatishda, uning barcha razryadlari vaqt bo`yicha ketma-ket, oldinma keyin,
vaqtning qat’iy aniq belgilangan diskret momentlarida uzatiladi. Registrlar
saqlanayotgan kodni siljituvchi va ma’lumotni parallel kod orqali olib, kodni
siljitmaydigan turlarga bo`linadi.
Xotira qurilmalari. Raqamli hisoblash texnikasi tarkibiga turli
maqsadlarda ishlatiladigan komandalar va raqamlar kodlarini saqlash va
chiqarilishini ta’minlab beruvchi xotira qurilmalari kirishi mumkin.
Xotira qurilmalari dastlabki ma’lumotlarni, hisoblashlarning oraliq
qiymatlarini,
doimiy kattaliklarni, funksiyalar qiymatlarini, programmaga
tegishli komandalarni, masala natijalarini xotirada saqlash,
shuningdek
protsessor bilan tashqi manbalar ishini muvofiqlashtirish uchun xizmat
qiladi.
28
Xotira qurilmasidan o`zaro bog‘liq bir nechta ob’ekt ishini kelishtirish
uchun mo`ljallangan axborot to`plagichlar va ijrochi organlarga axborotni
kerakli vaqtda etkazib berish elementlari sifatida foydalanish mumkin. Eng
kichik hajmda apparaturani va eng yuqori ishonchlilikni ikkili hisob
sistemasida ishlaydigan xotira qurilmalari ta’minlab bera oladi.
Xotira
qurilmalarining o`z parametrlari va foydalanish doirasi bilan farq qiladigan
ko`pgina turlari ma’lum. Ular orasida axborot tashuvchining mexanik
o`zgarishiga (perfolenta, perfokarta), materiallarning magnit xossalarining
o`zgarishiga (magnit baraban, disklar, lentalar, ferrit o`zaklar),
elektrostatik
zaryadlarni yig‘ish (kondensatorli xotira elementlari) prinsipiga asoslangan
turlari keng tarqalgan.
Odatda raqamli qurilmalar o`zining texnik xarakteristika-lariga ko`ra
farq qiladigan har xil maqsadlardagi bir nechta xotira qurilmalariga ega
bo`ladi:
1) ma’lumotlarni saqlash va bevosita AMQ bilan ishlash uchun
operativ
xotira; 2) katta hajmdagi ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash uchun
tashqi
xotira; 3) hisoblash jarayonida o`zgarmas kattaliklarni saqlash uchun
doimiy
xotira; 4) alohida qurilmalar ishlash tezliklarini muvofiqlashtiruvchi
buferli
xotira qurilmalari shular jumlasidandir.
Undan tashqari xotira qurilmalari o`chirilmaydigan va o`chiriladigan
turlarga bo`linadi. O`chiriladigan xotira qurilmalarida
bitta yacheykaning
o`ziga ma’lumotni tashuvchi yaroqsiz holga kelguncha ko`p marta yozish
mumkin. O`chirilmaydigan xotira qurilmalariga axborot faqat bir martagina
kiritilishi mumkin
Umuman, har qanday xotira qurilmasi to`plagich blok, son registri,
yozuv bloki, o`qish bloki, sonlarni tanlash,
manzillar registri, boshqaruv
bloklaridan tashkil topgan.