24
Deshifratorning asosiy xususiyatlaridan biri selektivlik (tanlash)
xususiyati xisoblanadi. SHuning uchun tashqi ta’sirlarni kamaytira oladi.
Axborotni uzatish usuliga ko`ra ular bir kanalli va ko`p kanalli bo`ladi.
Kodlarni o`zgartiruvchilar. Tuzilgan kodlarni qayta o`zgartirishga
moslangan qurilmalarga kodlarni o`zgartiruvchilar deyiladi. Kodlarni
o`zgartirish ikki usulda amalga oshishi mumkin: 2 li kodni 10 liga,
keyinchalik 10 lini 2 liga qayta o`zgartirishga asoslangan metod va bevosita
shu o`zgartirishni amalga oshiruvchi aralash
tipdagi mantiqiy elementdan
foydalanish metodi.
Sanoqchi qurilmalar deb,
impulslar sonini hisoblash, impulslar kelish
chastotasini bo`lish, shuningdek axborotni saqlash va ikkilangan kodlar olish
uchun ishlatiladigan qurilmaga aytiladi.
Sanoq kurilmalarining asosiy parametrlari razryadlar
soni va tezkorlik
hisoblanadi.
Ulardagi
razryadlar soni EHMda olinishi mumkin bo`lgan eng katta son
bilan,
tezkorligi esa impulslar kelishi mumkin bo`lgan eng yuqori chastota
bilan aniqlanadi
Hisoblash tizimiga ko`ra sanoqchilar ikkilangan va o`nlangan sanoqchi
qurilmalar tipida ikki xil bo`lishi mumkin. Bundan tashqari ham qo`shish,
ham ayirish rejimida ishlay oladigan reversiv sanoq qurilmalari ham mavjud.
Reversiv sanoqchi qurilmalarda qo`shish yoki ayirish amalini bajarish uchun
almashtirib ulaydigan maxsus sxemalar nazarda tutilgan.
Tanlangan ish
rejimiga qarab reversiv sanoqchida qo`shish yoki ayirish amalini
xarakterlaydigan boshqaruv signallari shakllantiriladi
va shu signallarning
qiymatiga mos ravishda triggerlarning kirish nuqtalariga har bir holatga
to`g‘ri keladigan oldingi razryadning chiqishlari ulanadi.
2.4-rasm. Sanoqchi qurilmaning shartli belgilanishi