• 2-BOB. BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 2.1. Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    1-Bob uchun savol va topshiriqlar: 
    1.
     
    Raqamli iqtisodiyot ning mohiyati nima va u nimani o’rqanadi? 
    2.
     
    Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari va elementlari 
    nimalardan iborat? 
    3.
     
    Raqamli iqtisodiyotning ijobiy tomonlari nimalarda namoyon bo’ladi? 
    4.
     
    Raqamli iqtisodiyotning salbiy tomonlari nimalarda namoyon bo’ladi? 
    5.
     
    Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari nimalardan iborat? 
    6.
     
    Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy ko’ksatgichlari nimalardan iborat va u 
    qanday iqtisodiy samara beradi? 
    7.
     
    Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun raqamli iqtisodiyotni tadbiq 
    qilish qanday natijalarga olib keladi? 
    8.
     
    Raqamli iqtisodiyotning ishlashiga hayotiy misollar keltiring. 
    9.
     
    Kim oshdi savdolari misolida raqamli elekrton tijorat haqida ma’lumot 
    bering. 
    10.
     
    Elektron biznes va elektron tijoratning farqi haqida misollar vositasida 
    tushuntiring. 
    2-BOB. BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 
    2.1. Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi 
    Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning 
    ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish 
    sohalarini tasavvur ham qila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham ushbu o’quv 


    68 
    qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli sohalarda ishlatilishi 
    masalalari ko‘rib chiqiladi. Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga 
    mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada 
    ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan foydalangan xolda nimadir 
    qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn 
    qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun 
    esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib 
    chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin. 
    Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p mablag sarf qilmasdan turib, kam 
    miqdordagi mijozlar bilan ham startap (
    yangi loyiha
    )larni qo‘rqmasdan 
    boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham, maxsulot ham, tendensiya 
    ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u bir necha qismlardan iborat 
    bo‘lib, ularning ba’zilari birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir-
    biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar. Xuddi shuning uchun ham, 
    ya’ni, modullilik tufayli blokcheyn texnologiyasi juda ko‘p yo‘nalishlarda va 
    sohalarda ishlatilishi mumkin. Umuman aytganda, blokcheyn texnologiyasining 
    rivojlanishi juda katta novatorlik potensialiga ega. Xuddi internet iqtisodiyoti 
    singari, blokcheyn texnologiyasi ham yangi turdagi iqtisod yaratadi va xuddi 
    shuning uchun ham biz ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlarini nazardan 
    qochirishimiz kerak emas. Kriptotexnologik raqamli iqtisodiyot siyosiy nuqtai-
    nazardan ham, raqamli arxitektura nuqtai-nazaridan ham, markazlashmagan 
    ishonchga asoslangan iqtisodiyot bo‘ladi. Blokcheyn barchaga bir xildagi imkon 
    berib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini qandaydir ma’noda tenglashtiradi. Avval 
    boshdanoq internetning asosiy vazifasi ma’lumotlarni tarqatish va uning 
    almashinuvini ta’minlash bo‘lsa, blokcheynning funksiyasi qandaydir qiymatga 
    ega bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishdir. Shunday qilib, blokcheyn, perspektiv hamda 
    kelajak innovatsion texnologiyasidir. Masalan, 2015 yil oktyabr oyida 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish