|
Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M
|
bet | 5/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referatIste’mol davri (1980- yillar boshi - hozirgi vaqt)
geoaxborot texnologiyalari va xizmatlarining tijoratchi ishlab chiqaruvchilari o’rtasida kuchaygan raqobat kurashi GATlar foydalanuvchilariga afzalliklar beradi, dasturiy vositalarning hammabopligi va “ochiqligi” foydalanuvchilarga dasturlarni o’zlari sozlash, moslashtirish, qo’llash va hatto modifikastiyalash imkoniyatini beradi, foydalanuvchilar “klublari”, telekonferenstiyalar, foydalanuvchilarning hududan tarqoq, lekin yagona tematika bilan bilan bog`langan guruhlarining paydo bo’lishi, geografik ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojning o’sishi, geoaxborot infrastrukturasining sayyora miqyosida shakllana boshlashi.
GAT rivojida muhim rol o’ynagan tashkilotlar, loyihalar va tadqiqotchilar ikki ogiz so’z aytsak.
60 - yillar oxirida AQSh Aholini ro’yxatga olish byurosi GBF-DIME (Geographic Base File, Dual Independent Map Encoding) formatini ishlab chiqdi. Bu formatda ilk bor topologiya deb atalmish ob’yektlar o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash sxemasi realizastiya qilindi, u kartada chiziqli ob’yektlar o’zaro qanday bog`langanini, qaysi maydonli ob’yektlar bir-biri bilan chegaradoshligini, qaysi ob’yektlar esa o’zaro qo’shni elementlardan tashkil topganini ta’riflab berardi. Ilk bor asosiy nuqtalar raqamlab chiqildi, ilk bor chiziqlarning har tomonidagi maydonlarga identifikatorlar berildi. Keyinroq GBF-DIME formati TIGER ga transformastiyalandi. Matematik Djeyms Korbett (James Corbett), dasturchilar Donald Kuk (Donald Cooke) va Maksfild (Maxfield) ushbu jarayonning muhim shaxslari bo’lishdi. GBF-DIME formatidagi kartalar 70-yillar mobaynida Qo’shma Shtatlarning barcha shaharlari uchun shakllantirildi. Bu texnologiyani ko’p GAT lar hozirgi kungacha qo’llab kelmoqdalar.
GAT ga oid ko’p g oyalar Garvard Kompyuter grafikasi va fazoviy tahlil laboratoriyasi quchog ida tugildi. Ushbu laboratoriyadan GAT industriyasining bir nechta muhim arboblari chiqdi: bu - Govard Fisher (Howard Fisher) - laboratoriya asoschisi va mashhur Map Analysis Package - MAP, PMAP, aMAP rastrli dastur vositalari oilasini yaratib, kartografik algebraga asos solgan dasturchi Dana Tomlin (Dana Tomlin) lar edi.
Garvard laboratoriyasining eng mashhur va o’zini yaxshi ko’rsatgan dasturiy mahsulotlari quyidagilardir:
SYMAP (ko’p maqsadli kartografiyalash tizimi);
CALFORM (kartografik tasvirni plotterga chiqarish dasturi);
SYMVU (perspektiv (uch o’lchamli) tasvirlarni ko ’rib chiqish);
ODYSSEY (mashhur ARC/INFOning o’tmishdoshi).
Geografiya va fazoviy o’zaro munosabatlar sohasidagi nazariy ishlanmalar GAT-texnologiyalar rivojiga, shuningdek AQSh, Kanada, Franstiya, Angliya, Shvestiyada geografiyadagi miqdoriy uslublar rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi (U. Garrison (William Garrison), T. Xagerstrand (Torsten Hagerstrand), G. Makkarti (Harold McCarty), Ya. Makxarg (Ian McHarg) larning asarlari).
GAT tarixiga ushbu qisqa nazar tashlash yakunida 1969 yilda asos topgan, hozirgi kungacha ham GAT ishlab chiquvchilari hisoblanmish eng eski kompaniyalarni e’tirof etamiz - bu ESRI va Intergraphdir. Bu ikki kompaniya AQSh va jahonda eng mashhur geoaxborot tizimlari ishlab chiqaruvchilaridir -hozirda ularning ikkalasi AQSh da ishlatilayotgan GATlarning teng yarmini ishlab chiqarmoqda. O’tgan asrning 90-yillaridan boshlab, bu firmalar Rossiya GAT bozorini faol o’zlashtirmoqda.
|
| |